Ma`ruza. Xalqaro savdo. To‘lov balansi va uning tarkibi Reja Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha nazariyalar


Xalqaro savdo bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega



Download 196 Kb.
bet8/11
Sana27.05.2023
Hajmi196 Kb.
#944387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
43 - Ma`ruza. Xalqaro savdo. To‘lov balansi va uning tarkibi

Xalqaro savdo bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o‘rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o‘tishi mumkin. Mamlakatlar o‘rtasidagi til va madaniy to‘siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo‘yadi.

  2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o‘rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muauyan qiyinchiliklar tug‘diradi.

3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo‘lib, bu ichki savdoga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo‘yicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o‘rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog‘liq. An’anaviy ko‘rinishdagi tovar birjalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko‘rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo‘llanmoqda:

  1. barter – tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o‘lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;

  2. eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;

  3. texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;

  4. import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;

  5. kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko‘ra, texnologik asbob- uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko‘rinishidagi) bo‘yicha to‘lovlar ana shu asbob-uskunalarda tauyorlangan tauyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;

  6. bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo‘shimcha xomashyo yetkazib berish orqali to‘lash;

  7. kliring operatsiyalari, ya’ni o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.

Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Proteksionizmning klassik va zamonaviy ko‘rinishlari farqlanadi. Klassik yoki qattiq proteksionizm siyosatining nazariy asosini merkantilizm tashkil etib, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- tovarlar importini cheklash;
- eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
- chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj to‘lovlari o‘rnatish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash;
- tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining o‘rnatilishi va h.k.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish