Ma’ruza XI xx asrning birinchi yarmida Sharqiy Turkiston, Tibet va Afg‘oniston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti. Reja



Download 353,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana21.02.2022
Hajmi353,89 Kb.
#461620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XX asrning birinchi yarmida Sharqiy Turkiston, Tibet va Afg‘oniston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti.

 
1-savolning bayoni:
XIX asrda Sin imperiyasi zulmiga qarshi bo‘lib o‘tgan milliy-
ozodlik kurashlari XX asrda ham to‘xtagani yo‘q. XX asrning boshlaridanoq butun Sharqiy 
Turkiston bo‘ylab qo‘zg‘olonlar keng quloch yoydi. Koshg‘ar, Yorkent va Xo‘tan shaharlarida 
uyg‘urlar
Xitoy mustamlakachi ma'murlariga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. 
1912-1913 yillarda Qumul tog‘larida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar, ayniqsa, shiddatli tus 
oldi. Qo‘zg‘olonga Temur Xalfa boshchilik qiladi. Ammo qo‘zg‘olon tez orada bostiriladi. 
Temur Xalfa va qumulliklarga qo‘shilish maqsadida bo‘lgan Turfon shahri aholisi ko‘targan 
qo‘zg‘olonga boshchilik qilgan Muhitdin va uning safdoshlari qatl ettiriladi.
Tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1931 yili uyg‘ur xalqining keng ko‘lamli milliy ozodlik 
qo‘zg‘oloni Qumul tog‘larida boshlandi. O‘lka sharqiy qismidagi Qumul shahrida ham yirik 
qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tadi. Xo‘ja Niyoz hoji boshchiligidagi bu qo‘zg‘olon g‘alabalari 


110 
kengayib, uyg‘ur davlatining boshqa hududlariga ham kuchli ta'sir ko‘rsatish bilan xalqning 
ozodlikka va mustaqillikka intilishini kuchaytirdi. Natijada Xo‘tan xalqi Muhammad Amin 
Bug‘roning rahbarligida 1933 yil fevral oyining 13 kuni qo‘zg‘olon ko‘tarib, aprel oyining 11 
kuni Xo‘tan hukumatiga asos soldi.
Turfon shahridagi qo‘zg‘olonga taniqli uyg‘ur jamoat arbobi, savdogar Maqsud Oxun 
Muxitov va uning ikki ukasi rahbarlik qiladi. Uyg‘urlarga Sharifxon boshchiligidagi Oltoy 
okrugi shimolida yashaydigan 
qozoqlar
, janubda yosh knyaz Maxavan boshliq 
Qorashahar 
mug‘ullari
, hamda 
dung‘onlar va qirg‘izlar
ham qo‘shiladilar.
Qo‘zg‘olonlar keskin tus oladi. Xitoy zulmiga bo‘lgan umumiy nafrat bu xalqlarni 
jipslashtirib, yakdil harakat qilishlarini ta'minladi. Oqibatda, 1933 yilning bahoriga kelib
qo‘zg‘olonchilar Sharqiy Turkistonning 90% ni nazorat ostilariga olishga muvaffaq bo‘ldilar.
1933 yilning aprel oyida harbiy to‘ntarish natijasida Sharqiy Turkistonda hokimiyat 
tepasiga polkovnik Shen Shitsay keldi. U o‘ziga general unvonini beradi va o‘lka gubernatori 
bo‘lib oladi. U o‘lka xalqlari olib borayotgan milliy-ozodlik kurashi shiddatini pasaytirish 
maqsadida o‘lka xalqlariga bir qancha siyosiy va iqtisodiy erkinliklar va'da qilingan dasturini 
e'lon qildi. 
1933 yilning yozida Xo‘ja Niyoz hoji va Shen Shitsay bu dasturning qabul qilinishi 
borasida bir to‘xtamga keldilar. Bunda uyg‘ur rahbarlariga katta bosim o‘tkazgan sovet 
Ittifoqining “roli” ham katta bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, ozodlik kurashining bu tariqa yakun 
topishiga Xo‘tan va Koshg‘ardagi qo‘zg‘olonchilar norozilik bildirdilar va kurashni davom 
ettirishdi. 
1932-33 yillari Turfon, Kucha, Oqsu va Koshg‘ar kabi bir qator joylarda qo‘zg‘olonlar 
ko‘tarilib, bu joylardagi Xitoy hukmronligi ag‘darilib tashlandi va hokimiyat qo‘zg‘olonchilar 
qo‘liga o‘tdi. Mana shu sharoitdan foydalanib, Sobit Domulla bir qism qo‘shin bilan Xo‘tandan 
Koshg‘arga Sharqiy Turkiston jumhuriyatini barpo qilish uchun keladi va jiddiy 
tayyorgarlikdan keyin 1933 yili 12 noyabr kuni Koshg‘ar shahrida "Sharqiy Turkiston istiqlol 
jamiyati”ni tashkil qildi. O‘sha kuni Sobit Domulla va Muhammad Amin Bug‘ro mustaqil 
“Sharqiy Turkiston islom jumhuriyati” tuzilganligini e'lon qildilar. Milliy Assambleya 
chaqirilib, respublika dasturi, deklaratsiya va konstitutsiya qabul qilindi. Davlat milliy ramzi – 
och ko‘k rangli fonda oq rangdagi yarim oy va yulduz-ko‘rinishidagi 
bayroq va milliy valyuta
qabul qilindi. 
“Sharqiy Turkiston islom jumhuriyati” uyg‘urlarning davlat qurish tomon dastlabki 
qadami va bu sohada ilk tajribasi edi. Mazkur mustaqil hokimiyat o‘z siyosiy qonuni, davlat 
dasturi, davlat bayrog‘i, gerbi kabi bir qator davlatchilik timsollariga hamda o‘n olti vazirlikka 
ega bo‘lib, Xo‘ja Niyoz hoji prezident va Sobit Domulla Bosh vazir vazifasiga tayinlandilar. 
Shunisi diqqatga sazovorki, dastlab davlatni 

Download 353,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish