Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


Mafkuraning turli xil ko‘rinishlari



Download 384,16 Kb.
bet55/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

Mafkuraning turli xil ko‘rinishlari.

Ma’lumki, har qanday g‘oya u amalga oshirish usul va vositalari tizimiga ega

bo‘lmasa, shunchaki aytilgan fikr tarzida qolib ketishi mumkin. Demak, har kanday g‘oya o‘zining amalga oshirish usul va vositalariga ega bo‘lgandagina u ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi va o‘zligini namoyon etadi. Bu vazifani mafkura bajaradi.

"Mafkura" arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘z bo‘lib, "fikr yuritish",



"tafakkur", "e’tiqod va maslaklar tizimi"22degan ma’nolarni anglatgan holda insonlarning kundalik hayotida jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui, degan ma’nolarni ifodalash uchun ishlatiladi. Mafkuraning kundalik hayotda ishlatiladigan oddiy - sodda tushunchasi, uning tub falsafiy mohiyatini ochib berolmasligi, tabiiydir. Shuning uchun ham mafkurashunos faylasuf olimlar unga quyidagicha ta’rif beradilar.

Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq jamiyat, davlat ehtiyoj

va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.

Shuning uchun uchun ham mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida davlat

va jamoat arbobi I.A.Karimov: "Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar Odamlarning ming yilyaar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman"23, - degan edi.

Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar bo‘lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy

kuchlarning g‘oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari, o‘zlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib, mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Mafkuralar muayyan diniy, falsafiy ta’limot asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar o‘z mohiyati va ta’sir kuchiga kura jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qaramakarshi taraflarga bo‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obro‘ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko‘tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin.

Mafkuraning tasnifideb turli davrlarda va hozirda mavjud bo‘lgan mafkuralarning

o‘ziga xos belgilari, xususiyatlari, xususan, maqsad-muddaolari, usul va vositalari, harakatlantiruvchi kuchlari va ta’sir-okibatlariga qarab turlarga, turkumlarga ajratishga aytiladi.

Insoniyat tarixida qancha ijtimoiy-siyosiy kuch, qancha millatu elat bo‘lgan esa,



shuncha xil mafkura bo‘lgan. Hozirgi davrda ham mafkuralarning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular:


Hozirgi paytda aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari umuminsoniy qadriyatlar

darajasiga ko‘tarilgan erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag‘rikenglik kabi g‘oyalarni taranum etuvchi mafkuralarga tayanmokda. Ayni paytda o‘z talabehtiyojlarini boshqa xalqdar hisobiga qondirishni, bosqinchilik va talonchilikni yoqlovchi tajovuzkor (ekstremistik) mafkuralar ham uchrab turadi. G‘arazli maqsadlarni jozibali g‘oyalar niqobiga yashirib odamlar ongi va qalbida hukmron bo‘lishga intiladigan shovinizm va irqchilik, fashizm va kommunizm, diniy aqidaparastlik kabi mafkura shakllari ham bor.




Jamiyatdagi turli sinf va guruhlar (masalan, ishchilar, dehqonlar, tadbirkorlar,

ziyolilar va h.k.)ning ham o‘z ehtiyojlari, maqsad-muddaolari bo‘lishi tabiiy. Binobarin, ularni ifoda etadigan mafkuralar ham bo‘ladi. Agar biron-bir guruhning manfaatlari boshqa qatlamlar ehtiyojlariga qarama-qarshi qo‘yilsa, jamiyatda nizo va ziddiyatlar kuchayadi, ijtimoiy hamkorlik tamoyillariga putur yetadi.

Milliy mafkura xalqning tub manfaatlarini ifoda etib, oliy janob maqsadlarni ko‘zlasa,

boshqa xalqlarni o‘zaro hurmat va hamkorlikka chorlasa, millatni taraqqiyot sari yetaklaydi, uning o‘z-ligini anglashiga va jahon hamjamiyatida munosib urin egallashiga olib boradi. Agar milliy mafkura faqat shu millatni ko‘klarga ko‘tarib, boshqa xalqlarga qarama-qarshi tursa, turli falokat, urushlarni chiqarishi bilan birga, shu millatning ham tanazzuliga sabab bo‘ladi.

Shunday qilib, mafkuralarni inson va jamiyatga ta’sir qilish xususiyatlariga ko‘ra


Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish