Ma’ruzalar matni


Figura yuzi bilan tanishtirishda interfaol metodlardan foydalanish



Download 14,54 Mb.
bet15/25
Sana06.04.2022
Hajmi14,54 Mb.
#532631
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
ДИЛСОРАГА

Figura yuzi bilan tanishtirishda interfaol metodlardan foydalanish.
Figura yuzi, yuz o‘lchov birliklari bilan tanishtirish boshlangich talimni kengroq mavzularidan biridir. Amaliyotda yuza birliklari orasidan munosabatlarga tez-tez duch kelinadi. Shuni aytish joizki kuzatish va tajribalarda yuza birliklari orasidagi munosabatlar, ayniqsa, bir ismli sonni boshqa ismga almashtirishda ko‘pchilik o‘quvchilar (ayrim o‘qituvchi va talabalar ham bundan mustasno emas) juz’iy hatolarga yo‘l qo‘yishadi.
1km =1000m ; 1m =10dm =100sm ; 1sm =10mm kabi xatolar shular jumlasidandir.
Buning sabablaridan biri o‘quvchilar tomonidan figura yuzi tushunchalarining yaxshi shakllanmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan, o‘qituvchi tomonidan mazkur mavzuning o‘quvchilarga yaxshi tushuntirishganligi, qolaversa, figura yuzi mavzusini o‘qitishda mahsuldor o‘qitish metodlaridan kam foydalanganligidir.
Figura yuzi tushungani bilan ilk tanishuv 2-sinf o‘quv dasturida o‘rin olgan bo‘lib, bu sinfda o‘quvchilar turli shakllarning yuzalarini taqqoslash (ko‘z bilan chamalab, ustma-ust, yonma-yon qo‘yib) to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi, yuz birliklaridan kvadrat santimetr, turli geometrik shakllarni yuzini santimetr modeli yordamida topish, yuzi bir hil shakllarni topish, shakllarni yuzini topish kabilar o‘rganiladi.
Bu mavzu 3-sinf matematika o‘quv dasturidan yangi chuqurlashtirilib to‘g‘ri to‘rtburchak eni, bo‘yi, yuzi orasidagi bog‘lanishlar, to‘g‘ri to‘rtburchakka ajraladigan geometrik shakllar yuzalarini topish yuza birligi kvadrat detsimetr bilan tanishtirish kabi tushunchalar o‘rganiladi, o‘quvchilar 4- sinfda figura yuzi, yuza birliklari to‘g‘risida yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lishadi.
Yuza birligi kvadrat metr, kvadrat klometr bilan tanish, turli xildagi shakllar yuzini poletka asbobi yordamida hisoblash amaliy mashgulotdan o‘quv topshiriqlarini bajarish kabi ishlar boshlangich maktab bitiruvchilar o‘zlashtiradigan tushunchalar sanaladi.
Figura yuzi, yuza birliklari bilan tanishtirishida o‘quvchilar interfaol metodlardan unumli foydalanishi ta’lim samaradorligini oshishini taminlaydi.
“Aqliy hujum”, “fikrlarni shiddatli hujumi”, “6*6*6”metodi“, “zakovatli zukko”, “Qarama qarshi munosabat”, “Zich-zich”, “Insert” kabi o‘qitish metodlardan mazkur mavzuni o‘tish jarayonida qo‘llanilsa, o‘rganiladigan bilim o‘quvchida yaxshi eslanib qolinadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar guruh-guruh (jamoa) bo‘lib ishlashni yoqtiradilar. Guruhda berilgan topshiriqni bajarishda faol ishtirok etadilar. Ayniqsa geometrik mazmundagi o‘quv topshiriqlarini, jumladan figura yuzini topishni qiziqib bajaradilar. Sinf o‘quvchilari guruhlarga ajratiladi (5-6 kishi). Har bir guruhga tegishli figura shakli beriladi. Figura yuzini topish talab qilinadi. Bu topshiriqni 2 –sinfda (to‘g‘ri to‘rtburchak) kvadratchalarga ajratilgan to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini topish 3- sinfda to‘g‘ri to‘rtburchak eni va bo‘yini o‘lchab uning yuzini hisoblash, 4- sinfda poletka asbobidan foydalanib shaklning yuzini topishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Guruh a’zolari tomonidan bajarilgan topshiriqni, dastavval guruhda so‘ngra sinf o‘quvchilari ishtirokida muhokama qilinadi.
Jamoada ishlash o‘quvchi faolligini oshiradi, mustaqil fikrlashni o‘rgatadi, o‘quvchining faoliyati qiziqishi ortadi.
“Zakovatli zukko ” metodidan foydalanib a’zolarning tavsiyasiga ko‘ra har guruhdan bittadan ishtirokchi chaqirilib, ularga figura yuzi, yuza birliklari mavzusi bo‘yicha tezkor savollarni berish mumkin.
- 4-sinf o‘quvchilari quyidagi mazmundagi savollarga javob berishlari so‘raldi.
- to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi qanday topiladi? (eni va bo‘yi ko‘paytiriladi)
- tomoni 5 sm bo‘lgan kvadrat yuzi nimaga teng? (25 kvadrat santimetr)
- 1 kvadrat metr necha kvadrat dittsimetr? (100 kvadrat detsimetr)
- 1 kvadrat detsimetr necha santimetr ? (100 kvadrat santimetr)
- eng katta yuza o‘lchov birligini ayting (kvadrat kilometr )
- yuzaning eng kichik o‘lchov birligi (kvadrat millimetr)
- gektar nima (yuza o‘lchov birligi 100 m bo‘lsa kvadrat yuzi)
- 1 kvadrat metr kattami yoki 100 detsimetrmi (taqqoslab bo‘lmaydi)
- kvadrat yuzi 16 kvadrat santimetr bo‘lsa uning peremetri nimaga teng?
- 1 kvadrat metr necha kvadrat necha kvadrat santimetr (10000 kvadrat santimetr)
Imkon qadar o‘quvchilarga beriladigan savollar takrorlanmasligi maqsadga muvofiq. O‘quvchilar tomonidan berilgan javoblarga ball qo‘yib beriladi.
Agar o‘qituvchi interfaol ta’lim mazmuni va mohiyati, uning metodlarini o‘qib o‘rganib, o‘zlashtirib o‘z pedagogik faoliyatiga joriy qo‘llasa takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlarini to‘la o‘zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.

Download 14,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish