Mashg‘ulot №5 mavzu: farmasevtika muassasalari hududini obodonlashtirisii uskunalarni joylashtirish, ergonomika elementlari va xavfsizlik belgilari



Download 24,68 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi24,68 Kb.
#534392
Bog'liq
5-mavzu


MASHG‘ULOT № 5
MAVZU: FARMASEVTIKA MUASSASALARI HUDUDINI
OBODONLASHTIRISII USKUNALARNI JOYLASHTIRISH,
ERGONOMIKA ELEMENTLARI VA XAVFSIZLIK BELGILARI

Tayanch iboralar: ergonomika, obodonlashtirish, uskunalarni joylashtirish,
shamollar guldastasining ta`siri.
Mavzu maqsadi: Ergonomika elementlari, korxona hovlisini
obodonlashtirish,uskunalarni joylashtirish haqida ma`lumot berish.
Korxona hovlisini obodonlashtirish, unga daraxt gul va butular maysazorlar
ajratib qo`yish – yong`inning tarqalib ketmasligi uchun shovqin va changli
havoning tarqalib ketmasligi uchun himoya lentalari hosil qilish uchun xizmat
qiladi. Bino ichidagi ishchilarni yo`ldan o`tayotgan transport shovqinlaridan
quyosh radiatsiyasidan saqlaydi. Mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ochiq havoda
dam olish joylari tashkil qilish imkonini beradi va h.k.
Odatda fabrika oldi maydonlari magistral yo`llar chetlari qurilishdan bo`sh
barcha joylar, ayniqsa maishiy binolar atrofi oshxona, tibbiy yordam punkti dam
olish joylari, suv olish nasos stansiyalari suv havzalari toza havo olish zonalari.
Daraxt va butalarni transport vositalarining harakatiga muhandislik
tarmoqlarining o`tkazilishiga va yo`llarni yoritish uchun o`rnatiladigan chiroqlarga
halaqit bermasligini hisobga olish kerak. Ular yo`l harakatiga halaqit bermasligi
belgilar yaqqol ko`rinib turishi kerak. Mashina yo`llari, piyodalar yo`laklari, yuk
tushirish va ortish maydonlari hamda korxona hovlisidagi ish joylari yoritilishi
shart.
Ergonomika insonning ish jarayondagi harakatidir. Ergonomika ishlab
chiqarish jarayonida ishchining charchamasdan, ish qobiliyati pasaymagan va
sog`ligini yo`qotmagan maksimal ish unumdorligiga erishishda funksional
imkoniyatlarni o`rganuvchi fandir.
Ergonomika - nazariy fan bo`lib fiziologiya, psixologiya, antropometriya,
mehnat gigiyenasi va insonning ish faoliyatini kompleks ravishda qamrab oladi.
Hozirgi paytda yangi texnologik jarayon, kichik korxonalar, yangi mashina va
uskunalar albatta "mahsulot sifatiga" binoan bo`lishi zarur. Ergonomika
ko`rsatkichlar belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Ish joyda narsalarni joylashtirish, ularning shakli rangi va boshqa qator
omillar noto`g`ri joylashtirilsa ishchini charchatadi to`g`ri joylashtirilganda esa
aksincha, ish unumdorligini oshiradi. Bunda ish joylarini tashkil qilish ham katta
ahamiyat kasb etadi:asboblar to`qimalarining joylashtirilishi rangi,mashinaning
balandligi va boshqa ishlab chiqarish sharoitlari shular jumlasidandir. Bular
shunday joylashtirilishi lozimki, ishchi ortiqcha harakatsiz o`zini zo`riqtirmasdan
ulardan osonlik bilan foydalansin. Ish joyning balandligi ham muhim ahamiyatga
ega. Odatda u 1000-1600 mm oraliqda olingani maqsadga muvofiqdir. Bundan
tashqari ko`zining imkoniyat doirasini ham hisobga olish kerak.
Gorizonlal bo`yicha ko`rish burchaklari 180 ko`zining ish joyda oniy ko`rish
burchagi 300-ko`zning ish joyida samarali ko`rish burchagi, 1200- ko`zining bosh
qimirlatmay burgandagi ko`rish burchagi, 2200-ko`zining boshni burgandagi
ko`rish burchagi.
Vertikal bo`yicha yuqoriga ko`rish burchagi 55-600 ni, pastga ko`rish
burchagi esa 70-750 ni tashkil qiladi. Bunda ham samarali ko`rish burchagi 30-400
ni tashkil qiladi.
Masalan, to`qimachik korxonalarida (ayniqsa yigiruv va to`quv fabrikalarida)
mashina va dastgohlarni boshqarish juda ko`p harakat qilishni taqozo qiladi.
Masalan,ipni kalavalovchi smena davomida 10 km ga yaqin masofani yurib, 1800
marta uzilgan ipni ulash va bo`shagan g`allaklarni almashtirish uchun engashar
ekan, kalavalovchining ishini yengillashtirish maqsadida korxonalarda ularga
harakatlanuvchi o`rindiq qilib berilgan. U maxsus tepkini bosib, mashina bo`ylab
o`ngga va chapga harakatlanishi va o`rindiqda o`tirgan ycrida uzilgan iplarni ulashi
va boshqa operatsiyalarni bajarishi nuimkin. Bu ularning ishini ancha
ycngillashtiradi.
Sanoat korxonalarida ortish-tushirish va ko`tarish-tashish ishlari texnologik
jarayonning bir qismi hisoblanadi.
Bu ishlar sharoitni yengillashuvi va mehnat xavfsizligi yuklarini ortish,
tushirish va tashish ishlarini keng ko`lamda mcxanizatsiyalashtirishga bog`liq.
Yuklarni ortish-tushirish- va joylashiirish bilan bog`liq hamma ishlar, mehnat
haqidagi qonunlar asoslarida "Ortish-tushirish ishlari xavfsizlikning umumiy
talablari"ga muvofiq belgilab qo`yilgan.
Ortish-tushirish ishlari ko`tarish-tashish tizimlaridan foydalanib bajariladigan
bo`lsa korxona ma`muriyati ishlarining xavfsiz amalga oshirishga javobgar
shaxsni ta`minlaydi. Bu shaxs yukni ortish, tushirish va tashish vositalari hamda
uskunalarning to`g`ri tanlanishishni, shuningdek, mexanizatsiyalash vositalaridan
to`g`ri foydalanilishini kuzatib turishi lozim.
Ortish tushirish ishlari tajribali xodim rahbarligida olib boriladi. U xavfsizlik
yo`llari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalaridan imtihon topshirishi kerak. Yuk
ko`tarish kranlaridan foydalanilganda esa bu imtihon Davtexkonnazorat /agentligi/
tashkilotlari vakili ishtirokida o`tkazilishi zarur. Imtihondan o`tganlarga bu haqda
maxsus guvohnoma bcriladi.
Katta ish yurituvchi yuklar tushiriladigan maydonchani tayyorlaydi. Yuklarni
ortish, tushirish hamda taxlash tartibi va usullarini aniqlaydi ishlarni amalga
oshirish tcxnologiyasi hamda xavfsizlik yo`llari talablarini bajarish yuzasidan
yo`1-yo`riq beradi, ish o`rinlari soz holatdagi moslama mexanizm va kranlar bilan
ta`minlaydi.
Yangi korxona uchun joy tanlashda quyidagi prinsiplarga amal qilish kcrak:
1. Yerning relyefi. 2. Suv ta`minoti. 3. Oqava suvlarni tashlab yuborish.
Yangi qurilayotgan korxona uchun yer uchastkasi ajratishda qurilish
maydonining relyefi. gidrogeologik va geologik xaraklenstikasi seysmikligi
hisobga olinadi. Yerosti suvlari qaysi chuqurlikda o`tgani ham hisobga olinadi.
Ularning sathi eng chuqurda joylashgan muhandislik inshootlaridan ham pastda
bo`lishi kerak. U yer tekis keskin qiyaliklardan holi bo`lishi kerak.
Korxona hovlisi sanitariya talablariga javob berishi kerak, ya`ni atmosfera
suvlarining chiqib ketishi, tabiiy ravishda shamollatish havoni suvni va tuproqni
ifloslantirishning oldini olish imkom bo`lishi kerak.
Korxona hududida obyektlarini to`g`ri joylashtirishda shamollar
guldastasining yo`nalishi katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun shamollar
guldastasini qaysi tomondan esishini hisobga olib so`ngra obyektlar
zonalashtiriladi.
Qurilish zichligi (yoki zichlikkoeffilsienti) hududdagi binolar bilan maydonlar
yig`indisi shu hududning umumiy maydoniga nisbati o`lchanadigan kattalikdir.
Odatda bu ko`rsatkich 55-60% borganda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
qolgan 40-45% maydon yo`l yo`lkalar va ko`kalamzorlashtirish uchun qoldiriladi.
Zamonaviy paxta ipak to`qimachilik va yengil sanoat korxonalari ishlab
chiqarish maishiy va yordamchi xo`jalik binolandan tashkil topadi va ular turlituman belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan: portlash xavfi, yong`in xavfi, zararli gazlar va changlar ajralib chiqishi, avtomobil va temir yo`llar va h.k. lar bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish xavfsizlik texnikasi va ishlab
chiqarish sanitariyasi ishlovchilarga qulayliklar yaratish niyatida korxona hududini
alohida gruppalarga ya`ni zonalarga bo`linadi. Zonalarga ajratish har bir binoning
vazifasiga sanitariya xarakterislikasiga xom ashyoning yonuvchanligiga texnologik
jarayonga transport xizmatiga, ishlovchilar soniga va boshqa ko`plab omillarga
bog`liq.
Korxona hovlisini planlashtirishda avtomobil yo`llarning va piyodalar
yo`laklarining eng oddiy va qulay sxemasi tanlanadi. Bunda avtomobil yo`llari
bilan piyodalar yo`llari kesishmasligig`a e`tibor berish kerak. Kcsishmasligining
iloji bo`lmaganda yerosti yo`llari yoki qo`shimcha yo`llar qurish bilan xavfsizlik
ta`minlanishi kerak. Magistral avtomobil yo`llarining eni 6 yoki 3 songa
bo`linadigan qilib olinadi.
Korxonada odatda yo`llar tutash bo`lishi kerak. Ayrim hollarda tupik yo`llar
bo`lishiga ruxsat etiladi agarda ularning uzunligi 100m dan oshmasa. Piyodalar
uchun mo`ljallangan yo`lkalarning (trotuar) eni 0,75 m, dan kam bo`lmasligi
kerak.
Mashinalarni boshqarishning qulay va oddiy bo`lishi, ish joylarida sanitariyagigiyena psixofiziologik va estetik talablarni bajarishda charchatuvchi va
toliqtiruvchi holatlarni yo`qotishda. mashinalami sozlashda va tuzatishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Bu qachonki mashinalarning o`zaro joylashishida va binoning qurilish
konstruksiyalari bilan, sozlash zonalarini, boshqarish zonalarini transport yo`llari
va yo`laklarini hisobga olgan holda bo`lsagina mumkindir. Shuning uchun
mashinalami joylashtirishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
mashinalarning konstruksiyasi va gabarit o`lchamlari;
xonalarning o`lchamlari va ustunlar to`ri;
transport yo`laklari;
mashinalami texnologik boshqarish, sozlash va yarim mahsulot va tayyor
mahsulotlarni joylashtirish;
ish yo`laklari mashinalar orasidagi montaj va boshqa oraliqlar, mashina bilan
ustun va devor oraliqlari; evakuatsiya yo`laklari, markaziy va devorlar yonidan o`tgan; devorga o`rnatilgan asbob va uskunalar va boshqa moslamalar.
Mashinalarning gabarit o`lchamlari ularning texnik pasportlartda beriladi;
uzunligi eni va bo`yi.
Hozirgi paytda bir qavatli va ko`p qavatli binolar qurish dorixona,ishlab
chiqaruvchi korxona va yengil sanoat korxonalari uchun xosdir. Bir qavatli
binolarda eng qulay ustunlar to`ri 12x 18m hisoblanadi. Bunda mashinalami
boshqarish qulay bo`ladi, baxtsiz hodisalar xavfi kamayadi, sexning maydoni
iqtisod qilinadi.
Transport chizig`i kengligi quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
Lo=b+2s, m bu yerda: b - transport vositasining eni yoki yukning gabariti.
o`zi yurar transporter uchun b=l.lm;
4.Mashinalarni texnologik boshqarish zonasi - bunda ishoperatsiyalarni
xavfsiz bajarishni ta`minlaydigan, yonma-yon turgan mashinalarorasidagi yo`lak
nazardatutiladi.
Bu mashinalarni chiqargan zavod tomonidan belgilanadi.
Bu ishchining pozasiga ham bog`liq. Sozlash zonasi - bunda mashinani
montaj va demontaj qilishda, sozlashda sozlovchining xavlsizligi uchun zarur
bo`lgan mashina atrofidagi maydon tushuniladi.
Sozlash zonasi ham sozlovchining pozasiga bog`liq.
5.Ish yo`laklari. Ularning eni quyidagi formuladan topiladi:
B=a ,(m)
a - qo`shni mashinalaroing boshqarish zonasining yarim summasi. m;
am - mehnatni har xil tashkil qilishda texnologik zonalarning bir-biriga mos
kelishini hisobga oluvchi koeffitsient.
Bo`sh yo`lak eni uning uzunligiga qarab 0.5-0.7 m oralig`ida bo`ladi. Montaj
oralig`i-0.3 m.
6.Evakuatsiya yo`laklari. Bular smena va tanaffus paytlarida zarur hollarda
ishchilarni evakuatsiya qilish uchun hamda transport vositalari yurishi uchun
mo`ljallangan. Ular joylashishi bo`yicha: markaziy va devorlarga yondoshgan;
vazifasi bo`yicha: asosiy va yordamchi lurlariga bo`linadi.
Evakuatsiya chiqish eshiklari sexlarda kamida ikkita bo`lishi kerak. Ish
joyidan chiqish eshigigacha bo`lgan masofa bir qavatli binolarda 100 m gacha ko`p
qavatli binolarda 75 m gacha bo`lishi kerak. Zinapoya kataklari yonmaydigan
materialdan qo`llanilishi kerak. Zinapoya katagining kamida 50% maydoni tabiiy
yorug`lik bilan yoritilishi kerak. Sexlardan chiqiladigan chiqish eshiklar tashqariga
ochilishi kerak.
Download 24,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish