Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi



Download 0,95 Mb.
bet22/89
Sana31.12.2021
Hajmi0,95 Mb.
#253438
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
Bog'liq
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas

Vaqt me`yorini tarkibi.

Operatsiya uchun vaqt mehyori, donabay vaqt deyiluvchi quyidagi formula orqali ifodalanishi mumkin:

Bunda: - minutda bir dona uchun operativ vaqt;

- bir dona minutga tegishli bo’lgan, tanaffus vaqti;

- bir dona minutga tegishli bo’lgan, ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti.

Operativ vaqt asosiy (texnologik) vaqt bilan yordamchi vaqtni yig’indisiga teng.



U har bir detalga ishlov berishda takrorlanishi bilan xarakterlanadi.

Asosiy (texnologik) vaqt tayyorlanma va detalni o’lchamini, shaklini, yuza qatlamining xususiyatini, materialini tuzilishini (yoki boshqa fizik-mexanik xossasini) o’zgarishiga yoki yig’ish jarayonida ularning holatini o’zgarishga sarflanadi.

Bu vaqt mashinali va qo’lli bo’lishi mumkin. Agar barcha sanoat o’tilgan tayyorlanma xususiyatidagi o’zgarishlari inson ishtirokisiz jixoz yordamida amalga oshirilsa, asosiy vaqt mashinali deb ataladi.

Agar barcha ishlar jixozlarsiz qo’lda bajarilsa asosiy vaqt qo’lli deyiladi.

Yordamchi vaqt detallarning o’lchamlari va shakl o’zgarishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan har hil turdagi uslublarga sarflanadi. Bularga: detalni o’rnatish va maxkamlash, ishlov berib bo’lingandan so’ng detalni bo’shatib yechib olish, dastgoxni yurishli va to’xtatish, o’lchovni amalga oshirish, asbobni keltirish va qaytarish ishlari kiradi.

Yordamchi vaqt asosiy mashinali vaqtni qoplaydigan vaqtga va qoplamaydigan vaqtga bo’linadi. Operativ vaqtga jixozni avtomatik ishlash vaqtida qo’lli ish vaqt sarfi qo’shilmaydi. Bundan kelib chiqadiki operativ vaqtga, faqat asosiy mashinali vaqtni qoplaydigan vaqt, yordamchi vaqt qo’shiladi.

Hizmat ko’rsatish vaqti asosan ikki qismga bo’linadi – ish joyiga texnik hizmat ko’rsatish vaqti va ish joyiga tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqti.

Bu vaqtda har qaysi detalga ishlov berishda takrorlanmaydi.

Texnik hizmat ko’rsatish vaqti, dastgox – moslama – asbob – detalg’ tizimini sozlashga, o’tmaslashgan kesuvchi asbobni almashtirishga, asbobdan qirindilarni olishga, sarflanadi.

Ish joyiga tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqti, jixozni tozalish va moylashga, dastgoxdan qirindilarni olishga, ish joyini tartibga keltirishga sarflanadi.

Dam olish uchun tanaffus vaqti faqat belgilangan ish sharoitini, masalan shiddatli mehnat talab qiladigan yoki katta jismoniy kuch sarflanadigan ishlarni o’z ichiga oladi. Mehyory ish sharoitlarida, asosan operativ vaqtni 2,5% ga teng vaqt faqat tabiiy zaruratlar uchun mehyorlashtiriladi.

Dastgoxda ishlov berishda asosiy vaqt quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.


Bunda: - hisobdagi ishlov berish uzunligi (uzatish yo’nalishi bo’yicha tayyorlanma yoki asbobni yo’li) mm.da.



- uzatish qiymati (uzatish tezligi) mm/min. da.

Berilgan formuladan foydalanib, har qanday ishlov berish usuli uchun aniqlash mumkin. Masalan: yo’nish uchun formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi.







min.




- asbobni detalga nisbatan harakatlanishidagi urilishini yo’qotish uchun zarur bo’lgan qo’shimcha masofa. DMADni deformatsiyalanishi va kinematik zanjirdagi oraliq, o’lchamlarni tebranishi natijasida urilish bo’lish extimoli bo’ladi.

- asbobni chiqishi uchun harakatlanish masofasi.

Yordamchi harakat davomiyligiga tahsir qiluvchi asosiy faktorlarni hisobga oluvchi mehyoriy xujjatlar bo’yicha yordamchi vaqt hisoblanadi. Mehyoriy xujjat mahlumotlari ish kuninixronometraj yordamida olinadi.

Yuqorida ko’rsatilganidek, tanaffus vaqti operativ vaqtdan %da aniqlanadi va odatda 2,5% qabul qilinadi. Yig’ish ishlarida dam olish va tabiiy zaruratlar uchun tanaffus vaqti operativ vaqtdan 7% hisobida qabul qilinadi.

Tashkiliy hizmat ko’rsatish vaqti ham operativ vaqtga nisbatan %da aniqlanadi va odatda dastgox ishlari uchun, dastgox o’lchami va turiga qarab yig’ish ishlari uchun qabul qilinadi.

Dastgoxda ishlov berishda texnik hizmat ko’rsatish vaqti quyidagi formula bo’yicha aniqlanishi mumkin:

Bunda: - har sozlashda sraflanadigan vaqt.

- Asbob almashtirilgunga, uni ishlash vaqtidagi sozlashlar soni;

- Asbobni har bir tahminlanishdagi sarflanadigan vaqti;

- Asbobni almashtirgunga, uni ishlash vaqtidagi tahminlashlar soni;

- O’tmaslashgan asbobni almashtirgunga sarflanadigan vaqt;

- Belgilangan asbobni almashtirilgunga qadar ishlov berilgan tayyorlanmalar soni.

Berilgan tayyorlanma partiyasiga ishlov berishda tayyorlov – yakuniy vaqt sarflari amalga oshiriladi. Tayyorlov-yakuniy vaqt, tayyorlanma partiyasiga ishlov berish uchun chizmalar va ishlar bilan tanishish, jixoz, moslama va asboblarni tayyorlash va sozlash, berilgan partiya bo’yicha ish tugagandan keyinosnastkalarni yechish va topshirish hamda ishni topshirish uchun sarflanadi.

Tayyorlov – yakuniy vaqt, ish bajaradigan jixozlar, ish xarakteriga, sozlashni murakkablik darajasiga bog’liq bo’lib, partiya xajmiga bog’liq bo’lmaydi.

SHuning uchun ham partiyalab ish bajarishda, berilgan partiyaning aniqlanadigan vaqt mehyori quyidagicha ifodalanadi:



Bunda: - tayyorlov-yakuniy vaqt mehyori;

- donabay vaqt mehyori;

- partiyadagi tayyorlanmalar soni.

U holda kalg’kulatsiyalangan vaqt mehyori deb ataluvchi donabay vaqt quyidagicha aniqlanadi:



Texnik vaqt mehyori doimo bir hil darajada turmaydi. Ishlab chiqarish jarayonining takomillashtirish, ishchi xodimlarni texnik – madaniyatini o’sish miqdorida, texnik vaqt mehyori kamayadi.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish