Masofaviy ta’lim texnologiyasi



Download 27,91 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi27,91 Kb.
#785155
Bog'liq
Masofaviy ta\'lim tezis1



Sharipova Dilorom
Farg’ona Davlat Universiteti 1-bosqich magistranti
Masofaviy ta’lim texnologiyasi
Mustaqillikka erishilgandan keyin barcha sohalardagi kabi ta`lim tizimida ham jiddiy islohatlar amalga oshirildi, ta`limning sifatini yaxshilashga kirishildi.
Shu boisdan bugungi kunda talabalarga sifatli ta’lim berishni tashkil qilishda
ilmiy-tехnika taraqqiyoti mahsuli bo`lgan zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalari va
uning mоddiy asоsi kоmpyutеrlar хizmatidan kеng fоydalanib elеktrоn darslik va
qo`llanmalar tashkil etish va internet manbalaridan hamda masofadan o`qitishning
dasturiy vositalaridan foydalanish davr talabi bo`lib qоlmоqda.
Aynan shu maqsadda aхbоrоt tехnоlоgiyalaridan fоydalanish,
mutaхassislarning umumiy ma’lumоti va kasbiy tayyorgarligining sifatini оshirish
uchun jahоn andоzalariga javоb bеruvchi aхbоrоt tехnоlоgiyalarini ta’lim
jarayoniga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizning rivojlangan davrida avvalgi metodik
qo`llanmalar bilan cheklanib qolmasdan, unga fan-texnika yangiliklari, Internet va
yuksak texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanganholda, ta`lim jarayonini
тinglovchilari uchun yanada qiziqarli va mazmunli qilib o`tish maqsadga muvofiq.
Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog`ini
rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shunga ko`ra, ta`lim tizimidagi o`quv
yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari bilan birga kasb ta`lim
yo`nalishiga tegishli fanlarining o`qitilishi ham davr talabi bo`lib qolmoqda.
Masofadan o`qitishusulida o`qituvchi bilan talaba bir-biridan masofa bilan
ajralgan bo`lsa ham, doimiy muloqot saqlanib qoladi. Bu o`qitishni nazorat
qilishning alohida usuli bo`ladigan elektron pochta va Internet texnologiyalari
yordamida amalga oshiriladi .
O‘zbekiston Respublikasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi
kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e‘tibor
qaratilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2002 yil 30 mayda qabul qilgan
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-komunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining
tegishli qarorlari va OO‘MTVning kelib chiqadigan vazifalarni ijrosi bo‘yicha
ko‘rsatmalari axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning
intellektual salohiyatiga, ya‘ni ta‘lim sohasining rivojlanishiga bog‘liq. Ta‘lim
mazmuni va sifat masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta‘limni axborotlashtirishga alohida
e‘tibor qaratilmoqda. Ta‘limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari qaralmoqda, ta‘limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Jahonda masofaviy o‘qitish ochiq ta‘lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida
keng qo‘llanishi kuzatilmoqda. Axborot texnologiyalari va INTERNETdan ta‘limda foydalanish ta‘lim sifatini yanada yuqori ko‘tarishga zamin yaratadi. Zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yoshlarni tayyorlash «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan kelib chiqadigan vazifalarning asosiy maqsadidir. Bunda yuqori malakali kadrlar tayyorlash manbai – oliy ta‘lim oldiga mas‘uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Respublikamizda «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinib, davlat standartlari asosida o‘quv dasturlari yangidan tuzilmoqda. Bularning barchasi, o‘z navbatida fanlarni o‘qitish metodikalarini qaytadan qarab chiqilishini talab yetadi.
Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o‘qitish
uchun birgina komp‘yuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Avvallari televizor,
videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor va boshqalar bajargan funktsiyalarni
komp‘yuter muvaffaqiyat bilan o‘z zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish,
saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi.
Hozirgi kunga kelib, komp‘yuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga
aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qaerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, komp‘yuter ishi, komp‘yuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz.
Shu munosabat bilan barcha o‘quv muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida o‘quv
tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chqish va
ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o‘quv tizimidagi
yangiliklar va yutuqlarni o‘rganish va ularni o‘zimizda tadbiq etish maqsadga
muvofiqdir.
Masofaviy o‘qitish — sirtqi ta‘limning o‘z rivojlanish yo‘lidagi yangi
kommunikatsion va informatsion texnologiyalarga tayangan, hamma formalari
qonunlashtirilgan o‘qitishni amalga oshirishdir. Shuning uchun «Masofaviy
o‘qitish» formasi «XXI asr ta‘limi deb xisoblanmoqda.
Keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish ning ijobiyligi isbotlangan. Bu borada
birinchilik uchun AQSHning NTU Milliy Texnologiya Universiteti va OU — Buyuk Britaniyaning ochiq Universitetlari kurashmoqda. Aslida hozirgi paytda masofaviy o‘qitish va o‘qitish muassasalari soni ularning klassifikatsiyasini keltirish uchun yetarlidir. Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, ular davlat va nodavlat guruxlariga bo‘linib, o‘zlarining o‘qitish xizmatini mamlakatlarning ta‘lim bozorlarida harakatga keltirmoqdalar va aksincha. Biroq, bunday ko‘rinishdagi o‘qitishlar ko‘pincha gumanitar yo‘nalishdagi o‘qitishlarni o‘z ichiga qamrab olmoqda. Masofaviy o‘qitish sistemasining korporativ sistemasi alohida sinf bo‘lib, tashkilotlar va ishlab chiqarish xodimlarining malakasini oshirishga va qayta tayyorlash uchun mo‘ljallangandir.
Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda
o’zaro internet orqali muloqotda bo’ladi, talaba o’zi ustida ko’proq ishlaydi va
Intеrnеtning boshqa tехnologiyalari yordamida o’qituvchi bilan doimiy muloqotda
bo’ladi. Eng muhimi masofaviy ta’lim joyga, vaqtga bog’liq emas, talabalarning
soni cheklanmagan. Masofaviy o’qitish davomida talaba mustaqil o’quv darsliklarni o’zlashtiradi, nazorat savollariga javob berib boradi. Ta’limning bu turi sirtqi, maxsus sirtqi, malaka oshirish kurslari hamda oilali, yoshi kattalar va ishlaydigan talabalar uchun juda qulay ta’lim tizimi hisoblanadi.
Masofaviy o’qitish tizimini ikkiga bo’lish munkin:
birinchisi, oliy o’quv yurtlarida an’anaviy ta’lim olish tizimi va masofaviy
o’qitish tizimini o’zaro uzviy bog’lagan holda o’qitishdir. Buning uchun ta’lim
muassasasi (inistitut, universitet) axborot texnalo’giyalari sohasi yaxshi rivojlangan bo’lishi, elektron kutubxonalar va tехnik jihozlar bilan ta’minlangan bo’lishi shart. Tехnik jihozlarga kompyutеrlar, tarmoq qo’rilmalari, yuqori tеzlikdagi Intеrnеt tarmoqlari, vidеo konfеrеntsiya jihozlari va boshqalar. An’anaviy bilan masofaviy ta’limni o’zaro boglashda universitet (institut) professor-o’qituvchilari muhim rol o’ynaydi. Ular ma’ruza, amaliyot, laboratoriya, video darsliklar, taqdimotlar va boshqalarni moodle (masofaviy ta’lim tizimining bir turi bo’lib, Web muhitida o’qitish va on-line rеjimdagi darslarni tashkil qiluvchi, vеbga yo’naltirilgan dasturiy majmua hisoblanadi.) tizimiga joylashtirishlari kerak. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki - masofaviy o`qitish bugungi kunda nafaqat o`quv maskanlari uchun zarur, balki bugungi kundagi globalizatsiyalash jarayonida katta-katta korxonalarga, muassasalarga o`zlariga mutaxassislar tayyorlashda, ularni qayta tayyorlashda, ularning bilim darajalarini va ko`nikmalarini yuqori darajada ushlab turishda muhim o`rin tutadi. Masofaviy o`qitishni qo`llagan holda aholining umumiy bilim darajasini va bu bilimning sifatini oshirish imkoni mavjud. Aholining barcha qatlamlarini bilim olishdagi ixtiyoriy talablarini qondirish mumkin bo`ladi. Bilimlarni o`z vaqtida keng aholiga tarqatish imkoni mavjud. Yagona ta`lim muhitini yaratib, unda barcha bilimlarni mujassamlashtirish imkoni mavjud. Masofadan o`qitish usulida o`quvchi va o`qituvchi bir-biridan masofa bilan ajralgan bo`lsa ham doimiy muloqot saqlanib qoladi. Bu o`qitishni nazorat qilishning alohida usuli bo`ladigan elektron pochta va internet texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.

Adabiyotlar ro’yxati


1. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик
качества и надежности программного обеспечения. EURASIAN
EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 3(10), 97-100.
2. Гулбоев, Н. А., Дуйсенов, Н. Э., Ахмедов, Б. А., & Рахманова, Г. С.
(2020). Модели систем управления электрическими сетями. Молодой
ученый, 22(312), 105-107.
3.www.ziyonet.uz





Download 27,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish