Математика касбий таълим соҳаларига йўналтириш имкониятлари. Математика фанини ўҚитишда фанлараро алоқадорликнинг ахамияти



Download 289,86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi289,86 Kb.
#235870
Bog'liq
2-амалий



2-МАВЗУ.

 МАТЕМАТИКА КАСБИЙ ТАЪЛИМ СОҲАЛАРИГА ЙЎНАЛТИРИШ 



ИМКОНИЯТЛАРИ. МАТЕМАТИКА ФАНИНИ ЎҚИТИШДА ФАНЛАРАРО 

АЛОҚАДОРЛИКНИНГ АХАМИЯТИ. 

Kasbga yo‘naltirish ishini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan professiografik 

materiallarni tanlashnnig asosiy mezonlari ana shu printsiplardan kelib chiqadi. Bu 

asosiy mezonlar quyidagilardan iborat: 

 

1.  Mezonning  kompleksliligi.  Bu  mezonning  mohiyati  shundan  iboratki, 



o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmunida ijtimoiy va ilmiy-texnika taraqqiyoti 

yutuqlari,  shuningdek  faoliyatning  har  xil  turlari  uchun  sharoitlar  yaratish  hamda 

politexnik  bilimlarni  va  umummehnat  malakalarini  shakllantirish,  shaxsni  har 

tomonlama  tarbiyalash,  shaxsning  kasbiy  iste’dodlarini,  qobiliyatlarini 

rivojlanishini aks ettiradi. 

 

2.  Yuksak  ilmiy-amaliy  ahamiyatlilik  mezoni.  Ana  shu  mezonga  asoslanib, 



kasbga  yo‘naltirish  materiallari  mazmuniga  fan  va  amaliyotning  hamma  e’tirof 

qilgan yutuqlarini, ob’ektiv fanlararo aloqaga va amaliy qo’llanishga ega bo‘lgan 

politexnik yo‘nalishidagi texnikaviy ma’lumotlarni kiritish lozim. 

 

3.  Hammaboplik  mezoni.  Mazkur  mezonga  asosan  o‘quvchilarni  kasbga 



yo‘naltirish mazmuni ularni yosh xususiyatlariga hammabop bo‘lishi kerak. 

 

4.  Oqilonalik  mezoni.  Bu  mezoning  mohiyati  shuki,  kasbga  yo‘naltiruvchi 



materiallarning  hajmi  o‘quvchilarga  juda  ko‘p,  ortiqcha  ish  topshirmay,  shu 

materiallarni o‘rganish uchun ajratilgan vaqt miqdoriga mos bo‘lishi lozim. 

 

5.  Uzviy  o’zaro  bog’lik  mezoni.  Ushbu  mezonning  mohiyati  shundan 



iboratki,  professiografik  materiallar  tabiiy  ravishda  dars  va  tarbiyaviy  tadbirlar 

mazmuniga kiritilishi, bular zo’rlab qabul qildirilmasligi va puxta bo‘lishi kerak. 

 

Kasbga  yo‘naltiruvchi  o‘quv-metodik  kabinetni  tashkil  qilishda  va  uning 



ishiga yordamlashishda mehnat ta’limi o‘qituvchisi katta ro’l o’ynaydi. Ko‘pgina 


maktab,  kasb-hunar  kollejlarida  mehnat  ta’limi  o‘qituvchilari  ana  shunday 

kabinetlarning tashkilotchilari hisoblanadilar. 

Aqliy kamolotga erishish irodaviy xatti-harakatlar, uzluksiz faollik, fidoiylik, 

bilimga  chanqoqlik  kabilarning  bosqichma-bosqich,  asta-sekinlik  bilan  amalga 

oshadigan jarayondir. 

Mustaqil fikrlash bu faxmlash, anglash, fikr yuritishdan boshlanadi. Anglash 

biror-bir  g‘oyani  tub  mazmuniga  tushunib  yetish.  Mushohada  –  shu  g‘oyani 

mantiqan talqin qilish. 

Tafakkur  –  inson  ongidagi  mavjud  ilmiy  va  hayotiy  bilimlar  majmualaridan 

keragini saralab olish va amaliyotda qo‘llash. 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  yo‘nalishlar  asosida  talaba  yoshlarning  hulq 

madaniyatini  shakllantirish  muhimdir.  Chunki,  talaba  ana  shu  ma’naviy  muhitda 

o‘z  faoliyatini  amalga  oshiradi,  o‘zligini  anglaydi.  Ma’naviy  bilimi  bilan 

muloqotga  kirishadi.  Shuning  uchun  talaba  yoshlarning  hulq  madaniyatini 

shakllantirish samaradorligini ta’minlash ma’naviy muhitga bog‘liqdir. 

Talaba  yoshlarning  hulq  madaniyati,  ma’naviy  harakatlarining  samarasi 

o‘qituvchi  (rahbar)  va  talabaning  o‘z  faoliyatlariga  bo‘lgan  munosabatlari  bilan 

belgilanadi.  Shuning  uchun  ham  o‘qituvchi  yoki  rahbar  ma’naviy  merosning 

tarixiy  taraqqiyot  bosqichlarini  o‘rganishi,  amaliy  faoliyatda  ularga  tayanishi 

shaxsning  hulq  madaniyatini  shakllantirishda  beqiyosdir.  Bunday  yondashuv 

ta’lim-tarbiya  jarayonining  ishtirokchilaridan  o‘qituvchi-talabalardan  ijodkorlikni 

talab qiladi. 

Talabalarning  ma’naviy  sifatlarini  shakllantirishda  ularga  o‘tmish,  adabiyot, 

tarix, milliy urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish o‘qituvchidan doimo faollik 

bilan  munosabatda  bo‘lishni  talab  qiladi.  Talabaning  ma’naviy  ehtiyojini 

qondirish, qiziqishini o‘stirish mustaqil ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va 

boshqa) orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar o‘qituvchi va talaba faoliyatining 

uzviy bog‘langan tamonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda talaba o‘z ustida mehnat 




qiladi,  ijodiy  izlanadi,  o‘z  nuqtai  nazari,  qarashlarini  shakllantirish  bilan  birga 

dunyoqarashi  va  ma’naviy  saviyasini  namoyon  etadi.  Mustaqil  ishlash  ko‘proq 

darslik  ustida  ishlash,  manbalarning  mazmunini  tahlil  etish,  ma’ruza,  referat, 

konspekt  tayyorlash,  ijodiy  insho  yozish  (chet  tilida  ham)  kartochkalarga  yozma 

javob  berish,  turli  jadvallar,  diagrammalar  sxemalar  tuzishni  taqozo  etadi. 

Bularning  bari  izlanuvchanlikni  talab  qiladi.  Mustaqil  ishlar,  seminarlarni  tashkil 

etishda 4 xil manbaalarga asoslanadi. 

1. Darslik materiallariga. 

2. Ma’naviy  meros,  hisoblangan  xalq  og‘zaki  ijodi  diniy  manbalar,  mumtoz 

adabiyot va boshqalar. 

3. Ommaviy  axborot  vositalari  materiallariga  (jurnal,  gazetalar,  radio, 

eshittirishlar, oynai jahon ko‘rsatuvlari); 

4. Hayotiy misollarga (oilaviy-maishiy an’analar, urf-odatlar, rasm-rusmlar, 

ma’naviy qadriyatlar va h.k).  

Og‘zaki  mustaqil  ish  turlari  va  o‘rganilayotgan  mavzuning  mohiyatini 

talabalar amaliy faoliyatida mustahkamlashtirishga yo‘naltirilgan ba’zi bir yozma 

shakldagi  mustaqil  ishlar  (insho,  savollarga  yozma  javob  topish,  jadval, 

diagramma,  kartochkalarni  to‘ldirish)dan  aralash  dars  shaklida  keng  foydalanish 

yaxshi  natija  beradi.  Chet-tili,  adabiyot  darslarida,  o‘yin  holatlaridan  foydalanish 

samarali  foyda  beradi.  Masalan,  adabiyot  darslarida  "Allomalar  mehmonimiz", 

"Temuriy  ijodkorlar",  "Bugungi  davr  –  allomalar  ko‘zi  bilan"  kabi  munozaralar, 

bahslarni  tashkil  etish  mumkin.  Metodika  darslarida  esa  "Sharq  allomalarining 

tarbiya haqidagi fikrlari va ularning ma’naviy merosi haqida talabalarning o‘zaro 



fikr almashishlarni tashkil etish juda foydali.  

 

ТОПШИРИҚЛАР 

 

Масалалар тўпламидаги 13.041 дан 13.070 гача масалалар 

Download 289,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish