Matematikaning kasbiy fanlar bilan aloqadorligining o‘rni va ahamiyati


Ta’lim, gumanitar fanlar va san’at



Download 76,93 Kb.
bet4/7
Sana10.03.2022
Hajmi76,93 Kb.
#488047
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Matematikaning kasbiy fanlar bilan aloqadorligining o‘rni va aha

1. Ta’lim, gumanitar fanlar va san’at
2. Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq
3. Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari
4. Qishloq va suv xo‘jaligi
5. Soliqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
6. Xizmatlar
Har bir yo‘nalish uchun umumiy hisoblangan fanlarni ajratish mumkin. Ma’lumki, matematika mustaqil ravishda kasbga tayyorgarlikni yetarli darajada amalga oshira olmaydi, uning boshqa fanlar bilan aloqasi kasbga tayyorlashni ma’lum darajada amalga oshirish uchun sharoit yaratishga imkon beradi. Matematikaning texnika bilan aloqalari, ko‘pincha, ishlab chiqarilgan matematik nazariyaning texnikaviy masalalarni hal qilishga qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Matematikaning tatbiqlari juda turli-tumandir, uning tatbiq doirasi chegaralanmagan: olamdagi barcha hodisalar matematik yo‘l bilan o‘rganilishi mumkin. Bunda turlicha hodisalar uchun qo‘llaniladigan matematik qoidalar turlichadir. Bu shuni ko‘rsatadiki, matematikani o‘qitish jarayonida fanlararo aloqalarga va matematika kursining texnik xarakteriga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun yosh avlodni shunday o‘qitish kerakki, u o‘zgaruvchan muhitga erkin moslasha olsin, matematik, fizik, ximik, texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, ishlab chiqarishni tashkil etish qobiliyatlariga ega bo‘lsin. Ularga yangilanish va izlanish, zamonaviy mehnat qilish usullariga intilish ruhini singdirish zarur. Bu oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maktablar va uchun asosiy vazifa bo‘lib hisoblanishi kerak.
Matematika kursining asosiy kamchiliklaridan biri matematika fanini o‘rganish jarayonida o‘ziga-o‘zi «o‘ralashib» qolishi, ya’ni asosan “matematika” faninig o‘zini o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratilishidir. Boshqacha aytganda undan tashqariga chiqa olmaslikdir. Matematika fanini o‘qitishga bunday yondashuv o‘quvchilar tomonidan matematik bilimlarni egallash jarayonini sustlashtiradi va ularning matematik bilimlarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kasbiy faoliyat bilan shuullanuvchilarning deyarli barchasi uchun matematika o‘zining tatbiqisiz umuman mavjud emas.
O‘quv fanlarining umumiy tuzilmaviy elementlari o‘qitishda fanlararo aloqalarni kompleks ravishda amalga oshirishning ob’ektiv asosini yaratadi:
o‘rganishning ilmiy ob’ektlari, ma’lumotlar;
tushunchalar, qonunlar, nazariyalar;
dunyoqarash g‘oyalari;
tarixiy muammolar va fan yo‘llari;
metodologik asoslar va fan usullari;
bilishning umumlashgan yo‘llari;
o‘ziga xos ko‘nikma va malakalar;
fan tili;
bilimlarning g‘oyaviy-tarbiyaviy jihatlari.
O‘quv fanining avval ajratib ko‘rsatilgan ushbu elementlariga o‘quv dasturlari va darsliklaridagi ma’lum darajada kuchaytirilgan politexnik va amaliy bilimlarni ham qo‘shish zarur. I.Ya Lerner, M.N Skatkin va hokazolar, o‘z ishlarida zamonaviy didaktika o‘qitish mazmunida fanni to‘liq aks ettirish tamoyilidan kelib chiqishini alohida ta’kidlab o‘tishgan: nazariya va usulning birligida, bilimlar tizimi sifatida, faoliyati sifatida, hamda uning jamiyat ongi va amaliyotining boshqa shakllari bilan munosabati tizimi sifatida.
Kichik mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirishning muhim tarkibiy qismi o‘qitishning mazmuni va jarayonini fanlararo aloqalarni nazarda tutgan holda shakllantirish hisoblanadi. Fanlararo aloqalar turli fan o‘qituvchilari bilimlarining umumiy o‘quv-tarbiyaviy masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan tarzda umumlashtirilishi asosidagi yagona yondashuvni ta’minlashi kerak. Bu pedagoglar oldiga o‘quvchilarning bilimlarini yagona, yaxlit poydevor kabi shakllantirish, ularning bo‘lg‘usi muvaffaqiyati, kasbiy faoliyati uchun mustahkam asos bo‘lishini ta’minlash vazifasini qo‘yadi.
O‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida fanlararo aloqalarni amalga oshirish muammolarining mohiyatini tadqiq etish ta’limida fanlararo aloqalarni amalga oshirishning pedagogik shartlarini ifodalash imkonini berdi. Ta’limida fanlararo aloqalarni amalga oshirishning pedagogik shartlari quyidagilarni ta’minlashdan iboratdir:
o‘qitish mazmunida ilmiylik va soddalik;
umumta’lim va kasbiy tayyorgarlik fanlarining umumiyligi;
kasbiy ta’limning politexnik tashkil etuvchisi muhimligi;
turli fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarning o‘zaro muvofiqligi;
o‘quv dasturlari mazmuni, o‘qitishning usul va vositalarining o‘zaro bog‘liqligi;
ta’lim jarayoniga umumlashtiruvchi darslar, seminarlar, ekskursiyalar, anjumanlar shaklida majmuali yondashish;
fanlararo o‘quv muammolarini jamoaviy hal etish usullari, o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlariga mos keluvchi individual topshiriqlar bilan birga qo‘llash;
boshqa fanlar bo‘yicha darslarda shakllantirilgan tushunchalarni jalb etib aniq o‘quv materialini o‘rganish zarurligini nazarda tutuvchi, majmuali fanlararo aloqalar;
o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini, faolliklarini, qiziqishlarini, aqliy faoliyatlarini rivojlantirish, bilim sifatini yaxshilash.
Bu shartlar faqat fanlararo aloqalar yordami bilan hal etilishi mumkin, chunki ularning yechimi quyidagilarga tayanadi:
tabiat to‘g‘risidagi umumiy bilimlar bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy-ilmiy sikldagi fanlarning umumiyligiga;
umumiy metodologiya va bilish usullariga (dialektik, tizimli-tuzilmali usullar, fizik-kimyoviy usullar, kuzatishlar, tajriba, tabiat to‘g‘risidagi fan tizimining umumiyligi, atamalar, belgilar, formulalar tili o‘lchov birliklarining umumiyligi);
umumiy muammolar majmui (tabiat muhofazasi, uning zahiralaridan samarali foydalanish, fazoni, dunyo okeanini, energetikani va boshqalarni o‘zlashtirish);
zamonaviy ishlab chiqarishda bilimlarni texnologik qo‘llash.
Ta’lim mazmuni va usullarining o‘zaro aloqalari, quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilsa, fanlararo aloqa o‘quvchilarning bilish faoliyatlari samaradoligini yanada oshirishning muhim didaktik sharti bo‘lishi mumkin:
barcha o‘quv fanlari mazmunini yanada chuqurroq va har tomonlama o‘zaro aloqada va o‘zaro muvofiqlikda ochib berish, o‘z navbatida, o‘quv axborotini izchil va muntazam o‘zlashtirishga imkon beradi;
o‘quvchilarning bilish faolligini yangi bilimlarni boshqa o‘quv fanlaridagi bilimlarini jalb qilish yordamida mashg‘ulotda va mustaqil ishni bajarish jarayonida rivojlantirish;
o‘quvchilarda yangi bilimlarni o‘zlashtirish, har xil fanlarni bilish va amaliy faoliyatlarida ulardan tezroq qo‘llanish qobiliyatlarini shakllantirish, bu aqlning mantiqiylik, o‘zgaruvchanlik, tanqid qilish, shuningdek taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, isbotlash, rad qilish ko‘nikmalarining muvaffaqiyatli rivojlanishiga ko‘mak beradi.

Download 76,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish