Metallar va qotishmalar muhit ta’sirida kimyoviy jihatdan o‘zgaradi va bu o‘zgarishlar korroziya deb ataladi.
Korroziya turli metallarda turlicha ro‘y beradi: temir zang- laydi, misning ustki qismi ko‘karadi, qo‘rg‘oshin xiralashadi, aluminiy qorayadi va hokazo.
Ko‘p metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalari yuqori haroratda o‘zgaradi. Metallar oksidlanganligi sababli ham korroziyaga uchraydi.
Yuqori darajada qizdirilganda oksidlanmaydigan metallar
issiqlikka chidamli metallar deb ataladi.
Ba’zi metallar yuqori darajagacha qizdirilganda ham o‘z tuzilishini saqlaydi, yumshamaydi va og‘ir vaznlarda ham deformatsiyalanmaslik xususiyatiga ega bo‘ladi, bunday metallar o‘tga chidamli (olovbardosh) metallar deb ataladi.
Ko‘p metallar ishqorlar, kislotalar, tuzlar ta’sirida bo‘ladi. Bunday ta’sirlarga chidamli metallar kislotaga, tuzga, ishqorga chidamli metallar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |