MatLab” amaliy dasturi va uning imkoniyatlari. “MatLab” dasturini umumiy kurinishi. Dastur uskunalari bilan ishlash


MatLab dasturini umumiy ko‘rinishi



Download 119,73 Kb.
bet3/9
Sana02.07.2022
Hajmi119,73 Kb.
#733240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi

MatLab dasturini umumiy ko‘rinishi

MatLabdasturi, ehtimol, berilganlarni qayta ishlash uchun eng kuchli dasturdir. MatLab – jadval (yoki matematik tilda, matritsa) ko‘rinishida taqdim etiladigan ko‘p o‘lchovli ma’lumotlar bilan ishlash uchun ideal muhitdan iborat. Berilganlarning huddi mana shunday sinfiga ko‘pchilik 280 moliyaviy: kotirovka63) , indikator64)lar, makroiqtisodiy statistika va sh.k. axborotlar kiradi . MatLabnio‘zlashtirish, masalan Excelni o‘zlashtirishga o‘xshash oson emas. Endi o‘rganayotganlarni buyruqli satrlar qo‘rqitib yuborishi mumkin. Aslida, ko‘p masalalar MatLabda Exceldagiga qaraganda nisbatan oson va tez yechilishi mumkin. Buni ustiga ko‘p funksiyalar uchun MatLabda odatdagi grafik interfeys mavjud, buyruqli satr esa, amaliyotda uncha qo‘rqinchli emas va balki, bir qancha vaqtlardan keyin Sizga u orqali ishlash ma’qul bo‘lar. Berilganlar bilan ishlashning umumiy vazifalari: jadval elementlarini qo‘shish va yo‘q qilish, saralash, o‘zgartirish va sh.k. Misol uchun, MatLabda funksiya yordamida kotirovkalar ustunini eskiroq berilganlar yuqorida, pastda esa – yangiroqlari joylashadigan qilib juda tez “oyog‘ini osmondan” qilib aylantirib qo‘yish mumkin. Bu aksincha yuklanadigan (yuqorida – yangilar, pastda - eskilari) kotirovkalarning ba’zi manbalari bilan ishlashda dolzarbdir. Matematik funksiyalar. Matematikani qo‘llash imkoniyatlari faqat bizning hayolimiz bo‘yicha chegaralangandir. Bu ta’kid matematik funksiyaalarga ham ta’luqlikdir. MatLab elementar funksiyalardan, masalan logarifmik funksiyalardan tortib, toki maxsus, masalan gammafunksiyagacha bo‘lgan o‘rnatilgan katta sondagi funksiyalarga ega. Bu funksiyalar qariyib barcha ixtiyoriy masalalarniechishda “g‘ishtchalar” sifatida foydalanadi. Sonli metodlar: integrallar vamaqbullashtiruvchilar. Ularga murojaat qilish zarurati odatda portfelni maqbullashtirishda, shuningdek mablag‘ va xavf - xatarni boshqarishda paydo bo‘ladi. Maqbullashtirish masalalari MatLabdafunksiyalarning Optimization Toolbox (maqbullashtirish uskunalari) maxsus to‘plami yordamida yechiladi. Foydalanuvchi portfelning boshlang‘ich og‘irligi yoki sotuv sistemasining parametrlarini, MatLab esa, maxsus algoritmlar bo‘yicha ularni maqbul kombinatsiyasiga erishgunga qadar egalaydi. Statistik funksiyalar va oldindan aytish: o‘rta arifmetik, o‘rta geometrik, standart chetlanish (volatilnost65), korrelyatsiyalar, ehtimolliklar taqsimotlari, tasoddifiy sonlar generatorlari, regressiya, omillik tahlil, klasterli tahlil va ko‘pgina boshqalar. Bu funksiyalar sotuv sistemalari va Kotirо́vka (fr. Cote, ingl. Financial quote) — sotuvchi yoki xarid qiluvchi e’lon qiladigan va shu bo‘yicha ular harid qilishga va sotishga tayyor bo‘lgan tovar bahosi (kurs, foyizli stavka). Odatda nisbatan tez o‘zgarib turadigan baho ko‘zda tutiladi, masalan birja bahosi. Indikator— o‘rganilayotgan ob’ektni tadqiqotchiga bevosita kirish mumkin bo‘lmagan uning boshqa tabiati haqida xukm chiqarish uchun kuzatish va o‘lchash mumkin bo‘lgan tabiati. Volatillik, o‘zgaruvchanlik (ingl. volatility) — gnarxni o‘zgaruvchanligini xarakterlaydigan statistik moliyaviy ko‘rsatkich. Berilgan vaqt oralig‘ida moliyaviy qurolni foydalanishning xavfxatar o‘lchovini ifodalaydigan moliyaviy xavf-xatarni boshqarishda muhim moliyaviy ko‘rsatgich va tushunchadir. portfellarni, vizuallash va kotirovkalardagi bog‘liqlarni izlashda zurur bo‘ladi. Funksiyalarning ushbu guruhiga vaqtli qatorlarning kuchli uskunasi bo‘lgan Neural Network Toolbox (neyron tarmoqning uskunalar to‘plami)ni ham kiritish mumkin. 5. Moliyaviy funksiyalarning maxsus paketlari (Toolboxes): Econometrics (ekonometriya). Volatillikni oldindan aytishda dolzarb bo‘lishi mumkin; Financial (moliyaviy): kotirovkalarni qayta ishlash, texnik tahlil, zayomli qog‘ozlar, portfelni maqbullash, opsion66)lar; Financial Derivative (moliyaviy hosilalar): unumdor uskunalar uchun ilgarilangan funksiyalar (ekzotik opsionlar, foyzli stavkalarga opsionlar va hokazo); Fixed Income (belgilangan foyda): belgilangan foydaga ega bo‘lgan uskunalar, masalan, zayom qog‘ozlar, pul bilan ta’minlangan ipotekali kreditlarni va boshqalar uchun ilgarilangan funksiyalar. Shuningdek, textahlil tarafdorlari uchun sonli filtrlar asosida Texnik Tahlil indikatorlarni ishlab chiqish uchun Filter Design Toolbox kerak bo‘lib qolishi mumkin. Bu “fanhajmli” textahlilda ancha ommalashgan yo‘nalishdir. MatLabda fuksiyalarning qulay muharriri mavjud. U yordamida ko‘plab masalalarni yechishda foydalaniladigan o‘rnatilgan funksiyalarni foydalanuvchining funksiyalarining butun bloklariga kombinatsiyalab yetarlicha avtomatlashtirish mumkin. Xatto ushbu funksiyalarga odatdagi oynali-tugmalik stildagi Windows uchun grafik interfeys yaratish imkoniyati mavjud. MatLab tili berilganlar tarkibi matritsalariga asoslangan funksiyalarning keng spektri, ishlab chiqish integrallangan muhiti, ob’ektga yo‘naltirilgan imkoniyatlar va boshqa dasturlash tilida yozilgan dasturlar uchun interfeyslarni o‘ziga qamrab olgan yuqori darajada interpretatsiyalanadigan dasturlash tilidan iborat. MatLabda yozilgan dasturlar: funksiyalar va skriptlar kabi ikki turda bo‘ladilar. Funksiyalar kirish va chiqish argumentlariga, shuningdek hisoblashlarning oraliq natijalarini va o‘zgaruvchilarni saqlash uchun shaxsiy ishchi fazoga ega. Skript67lar esa, umumiy ishchi fazodan foydalanadilar. Skriptlar ham, funksiyalar ham mashina kodiga kompilyatsiya qilinmaydilar va matnlik fayllar ko‘rinishida saqlanadilar va mashina kodiga dinamik ravishda kompilyatsiyalanadi. Shuningdek, pre-parsed dasturlar deb ataluvchi dasturlar –Opsiо́n (lot. optio — tanlash, xohish, ixtiyor) — u bo‘yicha opsion xaridori (bazaviy faolni – mol, qimmatli qog‘ozni salohiyatli xaridori yoki salohiyatli sotuvchisi), ushbu faolni shartnomada aniqlangan vaqtda kelajakda yoki aniq vaqt oralig‘i davomida avvaldan kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqini oladigan shartnoma, lekin majburiyat emas. Bunda opsion sotuvchisi mos ravishda faolni sotish yoki shartlarga mos ravishda opsion xaridoridan harid qilish majburiyatiga ega bo‘ladi. Opsion — bu unumdor moliyaviy uskunalardan biridir. Odatda sotishga opsionlar (put option), xarid kilishga opsionlar (call option) va ikki tomonlama opsionlar (double option)ni ajratishadi. Skript (ingl. Script so‘zi lotinchada «Scriptum» - yozuv, matn ) – bu odatda, internet - sayt yoki ilova zarurati uchun yozilgan katta bo‘lmagan dastur. Mashina bajarishi uchun qulay ko‘rinishga qayta ishlangan funksiyalar va skriptlar mavjud. Umumiy holda bunday dasturlar, agar funksiya grafik yasash buyrug‘iga ega bo‘lsa, u holda odatdagilarga qaraganda tezroq bajariladi. MatLabning asosiy xususiyatlaridan biri – uning yaratuvchilari “vektorli o‘yla” (ingl. Think vectorized) shiorida ifodalagan matritsalar bilan ishlashning keng imkoniyatligidir. MatLab foydalanuvchi uchun qariyib matematikaning barcha sohalarini qamrab olgan, berilganlarni tahlil qilish uchun katta sondagi (bir necha yuz) funksiyalarni taqdim etadi, xususan: matritsalar va chiziqli algebra — matritsalar algebrasi, chiziqli tenglamalar, xususiy qiymatlar va vektorlar, singulyarlik, matritsalarni faktorizatsiya qilish va hokazo; ko‘p hadlar va interpolyatsiya — ko‘p hadlarning ildizlari. Ko‘phadlar ustida amallar va ularni differensallash, egri chiziqlarni interpolyatsiyalash va ekstrapolyatsiyalash va boshqalar; matematik statistika va berilganlar tahlili— statistik funksiyalar, statistik regressiya, sonli filtratsiya, tezkor Fure o‘zgartirishlari va boshqalar; berilganlarni qayta ishlash — maxsus funksiyalar to‘plami, shu jumladan, grafiklar yasash, maqbullashtirish, nollarni izlash, sonli integrallash (kvadraturalarda) va boshqalar; differensial tenglamalar — differensial tenglamalarni va differensial-algebraik tenglamalarni, kechikuvchi argumentli differensial tenglamalarni, chegaralarga ega bo‘lgan tenglamalarni, xususiy hosilali tenglamalarni va boshqalarni yechish; xosmas (razrejennыe) matritsalar — maxsuslashtirilgan ilovalarda foydalaniladigan MatLab paketining berilganlarining maxsus sinfi. butun sonli arifmetika — MatLab muhitida butun sonli arifmetikaning amallarini bajarish.


    1. Download 119,73 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish