Matn va uning turlari



Download 36,49 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi36,49 Kb.
#771157
  1   2
Bog'liq
Microsoft Word Document (2)


Matn va uning turlari
Rejasi:

1.Matn va uning turlari


2. Matn va uni tahlil etish tamoyillari
3.Matnning sintaktik tahlili
1.Matn va uning turlari
Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.
Matn so`z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o`z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so`zining lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o`zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o`rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir.
Tilshunos I.Rasulov matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo`lib, u fikran va sintaktik jihatdan o`zaro bog`liq bo`lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to`liq bo`ladi”.
Matn hajm va mazmun belgisiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. Matn gapdan ko`ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko`rinishidir. Matn hajm belgisiga ko`ra ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag`ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Maksimal matn deyilganda keng ko`lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to`g`ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so`zboshi (muqadddima), so`ngso`z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g`oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo`shimcha izoh, sharh bo`lib keladi.
Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo`lib, “matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo`lgan qismi” hisoblanadi.
Oddiy kundalik hayotdagi so`zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko`ra turli matn turlaridan foydalanamiz. Ba'zan boshimizdan o`tgan yoki o`zimiz guvoh bo`lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Insonlar o`rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg`ularini, hayajonlarini, azob va qayg`ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni istaydi.Anna shunday hollarda ba'zan mubolag`a ba'zan o`xshash – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz.
2.
Download 36,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish