Mavz: Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarida ijodiy topshiriqlarni bajarish. Reja


Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish



Download 23,64 Kb.
bet3/3
Sana27.04.2022
Hajmi23,64 Kb.
#584901
1   2   3
Bog'liq
Dars va darsdan tashqari musiqiy mashg\'ulotlar

Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.

Musiqa to`garaklarida o`quvchilar asosan quyidagi yo`nalishlarda bilim va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin: Jamoa bo`lib kuylash Turli cholg`u asbobida chalish Musiqa tinglash madaniyati Ansambl va orkestr jamoasida ijro etish Turli raqs usullarini amalda bajarish Elektron asboblarda chalish. Ko`p yillik kuzatishlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi yoshlarning milliy cholg`u asboblarimizni o`rganishga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, qashqar rubobi, doira, g`ijjak, nay, dutor kabi asboblarni o`rganishga bo`lgan qiziqish ancha yuqori desak bo`ladi.Shu sababli maktab va maktabdan tashqari cholg`u to`garaklarining bugungi maqsad va vazifalari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz. To`garakni tashkil etishdan asosiy maqsad biror cholg`u asbobini o`rgatish orqali o`quvchilarning san’atga bo`lgan qiziqishini oshirish hamda ularga musiqiy-badiiy tarbiya berishdir.Buning uchun asosan quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: Cholg`u asbobi, uning tuzilishi hamda tarixi bilan tanishtirish. Cholgu` asbobini to`g`ri ushlashni o`rgatish. Cholg`u asbobida tovush hosil qilishning o`ziga xos yo`llarini o`rgatish. Mezrob yoki kamonchani to`g`ri ushlashni o`rgatish. Rubobni sozlashni o`rgatish. Musiqa savodi haqida yetarlicha ma`lumot berish. Ijroda ishlatiladigan shtrixlarni to`g`ri qo`llashni o`rgatish. Qiziqarli va maqsadli repertuar tanlash, ishlash va hokazo. To`garak repertuarini tanlashda to`garak rahbari uning bolalarning yoshiga, ijro etish imkoniyatiga, qobiliyatiga mos kelishiga alohida e’tibor berishi zarur. Shuningdek, repertuardagi asarlarning mazmuni milliy, mafkuraviy dunyoqarashimizga mos kelishi hamda ijrochilarning va tinglovchilarning estetik didini to`g`ri yo`nalishda tarbiyalash bilan bir vaqtda yoshlarni ma’naviy kamolotga undashga xizmat qilishi juda muhimdir.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish joizki hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston- Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika ”Fol`klor jamoalari ko`rik- tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqarida tashkil etilgan yakka tartibdagi musiqa mashg'ulotlari bolalarni musiqaga jalb etishning samarali vositasi sifatida xizmat qilmoqda, ularga ijodiy jarayonda faol qatnashish imkoniyatini bermoqda. Shu bilan birga mashg'ulotlarni yakka tartibda tashkil qilish o'qituvchining o'quvchiga bevosita ta'sir ko'rsatishi, uning fe'1-atvori va ayrim shaxsiy sifatlarini shakllantirish uchun qulay imkon yaratmoqda. Musiqa asboblarini chalish ijodiy faoliyatga uning barcha xususiyatlariga bog'liqligi sababli ham yakka tartibdagi mashg'ulotlar katta ahamiyatga molikdir. Musiqiy idrokning to`laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo`lib, o`z xususiyati hamda sabablariga ega. Nima uchun musiqani hamma eshitadiyu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi? Nima uchun ba’zi yevropalik tinglovchi Sharq musiqasini, ba’zi Sharq tinglovchisi esa Yevropa musiqasini har doim ham to`la tushunavermaydi? Idrok narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali ongimizda aks etishidir. Psixologiyada idrok predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik kabi o`ziga xos sifatlarga ajratiladi.
Musiqa tarixidan ma’lumki, XX asrning boshlarida O`xzbekistonda yashab ijod etgan musiqachi va etnograf Avgust Eyxgorn o`zbek musiqasini, o`zbek qo`shiqlarini tushuna olmagan va uzoq vaqt eshitishga sabri chidamagan. Boshqa bir mashhur musiqashunos olim, pedagog va kompozitor X.S.Kushnaryov esa o`zbek musiqasining milliy usullarini maqtab, doira va nog`ora usullari haqida shunday deydi: ”Har bir usul nafaqat ma’lum biro hang, balki o`ziga xos intonatsiyasi bilan ham tavsiflanadi(balandlikka ko`ra harakati bilan). Usul-ritm tomoni oldingi o`ringa olib chiqilgan va yetakchi, intonatsion hamda muayyan tus berib turuvchi.
X.S.Kushnaryovning 1943 yil O`zbekiston san’atshunoslik institutida qilga ma’ruzasi. M.., Sov.muzika. 4-sion,- 1969y. 66-68 betlar. Sezgida predmetning alohida qismlari, idrokda esa predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his etiladi. Masalan, biror musiqiy asarni eshitganimizda biz uning kuyi, ritmi, garmoniyasi, tembrini alohida qabul qilmaymiz, aksincha, biz bu musiqiy asarni obrazli, umumlashgan holda, yaxlitligicha anglab, idrok etamiz. Quyida Yevropa musiqasining Sharq tinglovchisi tomonidan tushunilishi va idrok etilishiga mashhur o`zbek shoiri Furqatning musiqiy idroki e’tiborga molik. U 1980 yilda Toshkentdagi rus musiqa jamiyati konsertida qatnasjgan va bu haqda o`zining tassurotlari bitilgan “Nag`ma va nag`magar va aning cholg`usi va ul nag`ma ta’siri xususida” she’rini yozadi. Bu she`rida u fortepiano cholg`usi hamda ijrosi haqida shunday yozadi: O`zimga tushdi bir kun bu ahvol, Bor ekan nag`ma oning oti rayol, Eshittim bir qiz anda bahri najot, Qilur nag`ma tili bilan munojot. Hazin ovoz bilan yig`lab xudog`a, Karam qilar der men bag`ri adog`a. Maqominio qilur har nav’ bunyod, Gahi qattiq fig`on, gah narmi faryod. Menga ul nag`ma andog` qildi ta’sir, Jigardin o`tdi go`yo te par tiyr.O`shal dam bo`ldi holatim digar dun, To`lub toshdi yurak monandi Jayxun. Furqat. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik, 2-jild, T.., 1958y. 9-10 betlar. Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rishimiz mumkinki, tinglovchilarning musiqani qabul qilishlarida tafovutlar mavjud bo`ladi. Bir tomondan musiqani tushunmaslik, qabul qilmaslik, boshqa tomondan esa, musiqaiy idrokning teranligi va nozikligi ko`rinib turibdi. Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san’atini tushunishga tayyorlik va bunga bo`lgan hohish bilan bog`liq bo`lgan bir qator ob’yektiv hamda sub’yektiv sabablarga ega. Ushbu tushunchalarni tahlil etish uchun ilmiy rahbarim bo`lmish Navoiy davlat pedagogika instituti Musiqa kafedrasi katta o`qituvchisi Sh. I. Jalilov bilan maslahatlashgan holda, insonning voqea-hodisalarni idrok etishi, musiqiy idrokning o`ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib, ularni tahlil qilib chiqdim. Umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi “Musiqa madaniyati” darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati darslarining tuzilishi va darsning tarkibiy qismlari bilan chambarchas bog`liqdir. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarining tuzilishi ovoz sozlash, xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga mos harakatlarni bajarish kabi faoliyat turlaridan iborat bo`lib, bu faoliyat turlarining har birida musiqa idroki yetakchi vazifani bajaradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T., “Ma’naviyat”, 2009. 176 b.

  2. Karimov I.A. Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik.-T., “O`zbekiston” 1993. 46 b.

  3. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T., “O`zbekiston”, 1994. 157 b.

  4. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida.-T., “O`zbekiston”, 1994. 78 b. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T., “O`zbekiston”, 1996. 366 b.

  5. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori .

Download 23,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish