Mavzu : Analgetiklar. Narkomaniya va uning asoratlari. Ta’lim berish texnologiyasi



Download 100,68 Kb.
bet6/14
Sana01.01.2022
Hajmi100,68 Kb.
#290263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
12. Analgetiklar. Narkomaniya va uning asoratlari

6. Mashg‘ulot mazmuni:

6.1. Nazariy qismi

NARKOTIK VA NONARKOTIK ANALGETIKLAR.

Og’riq ko‘p kasalliklar belgisi bo‘lib, odamga azob beradi, chidab bo‘lmaydigan kuchli og‘riq, tufayli og‘riq shoki, hatto o‘lim ro‘y berishi mumkin.

Og’riq alohida reseptorlar — nosiseptorlar (lotinchada noseo-jarohatlash) orqali seziladi. Ushbu og’riqni sezuvchan reseptorlar teri, mushak, bo‘g‘imlar, suyak pardasi, ichki a’zolarda joylashgan, ularni zarba, issiq-sovuq, kimyoviy moddalar, yallig‘lanish kininlari (bradikinin, gistamin, serotonin) qo‘zg‘atadi. Nosiseptorlardan og’riq impulslari afferent nerv tolalaridan orqa miyaning orqa shoxlariga yetib boradi. Shu yerda ular orqa miyaning qo‘shimcha neyronlariga o‘tadi va ikkita o‘tkazuvchan sistema orqali markaziy nerv sistemasiga yetib keladi.



  • birinchisi — spesifik sistema: orqa miya, talamus mag‘izlari — miya po‘stlog‘ining orqa markaziy burmasi;

  • ikkinchisi — nospesifik sistema: orqa miya — retikulyar formasiya — gipotalamus — talamusning nospesifik mag‘izlari — miya po‘stlog‘ining peshana, tepa suyak burmalaridan iborat.

Og‘riq impulslari shu usullar orqali markazga yetib kelib, miyaning retikulyar formasiyasini, butun bosh miyaning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, og‘riq seziladi, og’riq sezilishi tufayli o‘ziga xos gemodinamik va vegetativ o‘zgarishlar ro‘y beradi. Shu bilan birga miyelinsiz afferent nervlarni markaz tomonidan alohida peptidlar — “og‘riq mediatorlari”, masalan, 11 peptiddan iborat P-modda va boshqa peptidlar ajralib chiqishi mumkin.

Keltirilganlar organizmni og‘riqqa sezuvchan — nosiseptiv mexanizmi hisoblanadi. Organizmda bu usulga qarshi antinosiseptiv mexanizm ham bor. Bu mexanizm og’riq impulslarini afferent tolalaridan orqa miya neyronlariga o‘tishiga qarshilik qiladi. Organizmning o‘zida og‘riq qoldiruvchi xususiyatga ega peptidlar — endorfin, enkefalinlar hosil bo‘ladi. Ular alohida opiat reseptorlar bilan bog’lanadi va og‘riqni qoldirishga olib keladi. Agar organizmning og‘riqqa qarshi ichki mexanizmi yetarli bo‘lmasa, og‘riq qoldiruvchi moddalar — analgetiklar (lotincha algos — og‘riq, an — inkor) qo‘llanadi.

Og‘riq qoldiruvchi moddalar katta ahamiyatga ega, chunki ularning ko‘pchiligi faqat og‘riqni qoldirmay, balki kasallikning sababi va kechishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ba’zi holatlarda analgetiklarni juda ehtiyot bo‘lib qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, og’riq kasallikning birdan-bir belgisi bo‘lganda analgetiklar qo‘llansa, shu belgi yo‘qolib, kasallikni aniqlash qiyin bo‘lib qoladi.



Og’riq qoldiruvchi moddalar ikki turga: narkotik analgetiklar va narkotik bo‘lmagan — nonarkotik analgetiklarga bo‘linadi.


Download 100,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish