Mavzu : Davlat va huquq tarixi fanining predmeti va metodologiyasi



Download 16,2 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi16,2 Kb.
#91532
  1   2
Bog'liq
Dxt 1m


Mavzu : Davlat va huquq tarixi fanining predmeti va metodologiyasi

Reja: 1. Davlat va huquq tarixi fanining predmeti

2. Davlat va huquq tarixi fanining vazifalari

3. Davlat va huquq tarixi fanining metodlari

4. Davlat va huquq tarixi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi

1.Davlat va huquq tarixi fanining predmeti

Davlat va huquq ijtimoiy hodisa bo’lib, jamiyatning muhim, ajralmas tarkibiy qismini tashkil qiladi.jamiyat tarixi va unga mos holda davlat va huquq tarixi uzliksiz rivojlanish jarayonidan iborat. Davlat va huquq tarixini o’rganish dolzarb ahamiyatga ega masalalardan biridir.Ichki ishlar idoralari xodimlari avvalo inson, fuqaro sifatida o’z mamlakatining tarixi, milliy davlatchilik tarixi, huquqiy taraqqiyot bosqichlari va tajribalarini mukammal bilishi zarur. Davlat va huquq tarixi fani tarixiy-yuridik fan hisoblanadi. U alohida fan sifatida XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida shakllangan.Ilk davrlarda asosan Butundunyo huquqi tarixi, Butundunyo davlati va huquqi tarixi deb yuritilgan. Uning alohida fan sifatida rivojlanishida G’arbiy yevropa davlatlaridan Germaniya, Fransiya, Angliya va Rossiya olimlarining hissasi katta. Davlat va huquq tarixi fanining predmeti- muayyan tarixiy sharoitda davlat va huquqiy institutlarning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayoni hamda uning tarixiy- nazariy qonuniyatlaridan iborat

2. Davlat va huquq tarixi fanining vazifalari

Fanning bosh vazifasi- davlat va huquq rivojlanishining umumiy qonuniytlarini, o’zbek milliy davlatchiligining alohida siyosiy va huquqiy tizimlariga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Umuman olganda, davlat va huquq tarixi fanining vazifalari davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanishini o’rganadi, tahlil qiladi.

Davlat va huquq tarixi fanini bilish, xorijiy mamlakatlar va O’zbekiston hududida o’tmishdan mavjud bo’lib, davlatchilik va huquqiy taraqqiyotda chuqur iz qoldirgan davlat va huquq institutlarini o’rganishdan iborat

3.Davlat va huquq tarixi fanining metodlari

Davlat va huquq tarixini o’rganishda albatta ilmiy nuqtaiy nazar muhim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot jarayonida bilishning aniq shakli va usullaridan foydalanish orqali ilmiy bilimlar vujudga keladi. Fanning metodlari tizimida xususiy, umumiy ilmi va eng umumiy metodlar mavjud. Ular doimo bir-biri bilan bog’langan.

Dialektik usul- real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo’lib, u barcha fanlar uchun, jumladan tarixiy-huquqiy fanlar uchun ham metodologik ahamiyat kasb etadi. Davlat va huquq tarixini o’rganishda dialektik usul , davlat va huquqkabi ijtimoiy hodisalarning mohiyatini jamiyat moddiy shart-sharoitlari, iqtisodiy negizi bilan bog’lab o’rganishni ta’minlaydi. Dialektik usul- davlat va huquq doimo rivojlanadi, o’zgaradi, bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadi. Dialektika hodisalarni rivojlanishida, boshqa hodisalar bilan aloqadorlikda, bir-biri bilan bog’liq holda, harakatda, miqdoriy va sifat o’zgarishda, bo’ladi.

Tahlil ( analiz) usuli orqali o’rganilayotgan narsa va hodisalar mayda bo’laklarga, ya’ni elementlarga ajratilib, ular o’rtasidagi bog’lanish, o’zaro munosabati va ta’siri o’rganiladi.

Sintez usuli- o’z navbatida analiz usulining natijalariga tayanib, davlat va huquqning butun sifatini, mavjud bo’lgan davlat va huquq tizimlarining o’ziga xos xusussiyatlari asnosida muayyan jihatlarni ochib beradi. Sintez analiz natijasida fikran bo’lingan elementlarni qaytadan tiklash, ularni birlashtirish, yaxlitlikni tafakkur darajasida vujudga keltirish usulidir.

Qiyosiy usul- orqali davlat va huquqning avvalgi bosqichlaridagi va hozirgi rivojlanishdagi xususiyatlarining o’xshashligi hamda o’zaro farqlari mukammal ko’rib chiqiladi.

Tarixiylik usuli- davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanib borishi vaqtini, davrini aniqlashtirish usulidir. Har bir davlat va huquqiy hodisa tarixiy nuqtai nazardan, aniq tajribaga bo’g’lab o’rganilishi zarur.

Mantiqiylik usuli fan predmetni mushohada yordamida nazariy shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. U tadqiqot obyektining eng muhim aloqalarini bilishga imkon beradi.Qarama qarshi fikrlar va xulosalarni bartaraf etishga ko’maklashadi.

Umumiy ilmiy usullardan biri tizimli tahlil usulidir. U murakkab obyektlarni ilmiy bilishda qo’llaniladi.Davlat va huquq o’z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridanoq ancha murakkab ijtimoiy qurilmalar bo’lganligi bois, tarixiy –huquqiy izlanishlarda ularni tizimli yondashuv usuli bilan tahlil qilish samarali hisoblanadi.


Download 16,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish