Mavzu : Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni samarali tashkil etish masalalari


Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari



Download 130,22 Kb.
bet2/7
Sana29.04.2022
Hajmi130,22 Kb.
#592818
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu

Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari

Soliqlarni rejalashtirish korxona biznes-jarayonlarini rejalashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, moliyaviy menejmentning bir qismi hisoblanadi. Moliyaviy menejmentning ushbu qismi moliya sohasida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish, soliq to‘lovlarini kamaytirish hamda amaldagi soliq qonunchiligi doirasida korxonani barqaror rivojlantirish maqsadida xo‘jalik faoliyatini tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
Mazkur maqolada soliqni rejalashtirishning bazaviy elementlarini, uni qo‘llash sohalari va prinsiplarini ko‘rib chiqamiz hamda soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashdagi eng ko‘p uchraydigan xatolarga e'tiborni qaratamiz.Ma'lumki, soliqlarni rejalashtirishning alohida roli korxona yalpi tushumida soliqlar va majburiy to‘lovlar salmog‘ining ancha kattaligi bilan izohlanadi.
Soliq to‘lovlarining korxona xarajatlaridagi ulushi salmoqli bo‘lib, iqtisodiy natijalarni, raqobatbardoshlikni va moliyaviy barqarorlikni shakllantirishga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Soliq majburiyatlarini rejalashtirish esa korxona faoliyatini biznes-rejalashtirishning tarkibiy elementlaridan biri bo‘lib hisoblanadi hamda amaldagi qonunchilik doirasida soliq to‘lovlarini minimallashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning optimal variantini tanlash yo‘li bilan ularni shakllantirish va miqdorini aniqlash jarayonidan iborat.
Soliqlarni samarali rejalashtirish soliq xarajatlarini optimallashtirish, korxonaning foydasini oshirish hamda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha moliyaviy salohiyatini kengaytirish imkonini beradi, bu esa oxir-oqibat soliq solinadigan bazalarning ortishiga va byudjetga to‘lanadigan soliqlar summasining oshishiga olib keladi.Soliqlarni rejalashtirishning bazaviy elementlari
Soliqlarni rejalashtirishning bazaviy elementlarini qo‘llash korxonaga soliq yukini kamaytirishga yordam beradi, shu tariqa soliq xarajatlari tejalib, korxonaning ixtiyorida qoladigan moliyaviy resurslar hajmini oshiradi.Ushbu maqsadlarda korxonadan, birinchi navbatda, quyidagilar talab etiladi:
• soliq majburiyatlarini optimallashtirish strategiyasini hamda ularni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish;
• soliqni rejalashtirishning turli sxemalarini ishlab chiqish. Bunda, ular korxonaning biznes-rejasiga kiritiladi hamda bir vaqtning o‘zida soliq yukini qonuniy tarzda kamaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
• hisob siyosatini tanlash. Buxgalteriya hisobini tanlash boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun, shu jumladan soliqni rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan axborotni istalgan vaqtda olish imkonini beradi;
•soliq va boshqa majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish. Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha debitorlik qarzini uch oydan ortiq muddatga cho‘zmaslik;
• to‘langan soliq to‘lovlari dinamikasini korxonaning sof foydasi oshishi sur'atlari bilan solishtirish.
Soliqlarni kamaytirish va soliqlarni optimallashtirish - bu soliq to‘lovchining muayyan maqsadga qaratilgan harakatlari bo‘lib, korxonaga byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlarni amaldagi qonunchilik doirasida kamaytirish imkonini beradi. Biroq soliq majburiyatlarini optimallashtirish hamda soliqni rejalashtirishning turli sxemalarini ishlab chiqishdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
• ishonchli soliq hisobini tashkil qilish
• soliqlar hisoblanishining to‘g‘riligini nazorat qilish;
• amaldagi qonunchilik doirasida soliqlar va majburiy to‘lovlarni minimallashtirish.
Dastlabki ikkita band bo‘yicha ishlarni korxona o‘z kuchi bilan amalga oshirishi mumkin, ammo soliqlar va majburiy to‘lovlarni minimallashtirish, odatda, chetdan malakali mutaxassislarni jalb qilishni talab etadi.Soliqlarni rejalashtirishni qo‘llash sohasi Bunda quyidagilarni ajratish mumkin:
• shaxsiy soliqlarni rejalashtirish;
• firma soliqlarini rejalashtirish;
• firmalararo soliqlarni rejalashtirish (konsolidatsiyalangan soliq to‘lovchi (kompaniya, konsern, xolding va h.k.) doirasida;
• xalqaro soliqlarni rejalashtirish.
Shaxsiy soliq yukini rejalashtirish, asosan, jismoniy shaxslar uchun daromad, dividendlar, mol-mulk, yer soliqlari va ular bo‘yicha soliq imtiyozlarida namoyon bo‘ladi.Firma soliqlarini rejalashtirish umumbelgilangan soliqlar, ishlovchilar soni va soliq imtiyozlariga bog‘liq holdagi soddalashtirishgan soliq solish tizimini qamrab oladi.Firmalararo soliq yukini rejalashtirish daromadni tarkibiy bo‘linmalar yoki kontragent-korxonalar o‘rtasida taqsimlash afzalliklariga asoslanadi, ular bir-biriga turli chegirmalar va transfert narxlar ko‘rinishida eng katta foydani beradi.Xalqaro soliklarni rejalashtirish mahalliy soliq qonunchiligida qo‘llab bo‘lmaydigan turli soliqlarni boshqarish mexanizmlari va vositalaridan xalqaro shartnomalar va kelishuvlar doirasida foydalanish imkonini beradi.
Soliqlarni rejalashtirish tamoyillari
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
• navbatdagi yildagi soliq-byudjet siyosati doirasida soliqqa tortish shartlari o‘zgarganda, yangi soliq solish shartlari joriy etilishiga bog‘liq tavakkalchiliklarni baholash orqali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tezkorlikni ta'minlash;
• soliq to‘lovlarini minimallashtirish sxemalari va usullaridan foydalanganda uning huquqiy oqibatlarini baholash orqali soliq solish sohasida qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining optimalligini ta'minlash;
• puxta o‘ylangan va salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan soliq sxemalarini qo‘llash yo‘li bilan muqobillikni ta'minlash, ya'ni korxona menejmenti birorta harakatlarni amalga oshirayotganda ularning oqibatlarini hisoblab chiqishi va baholashi, qabul qilingan qarorlar tufayli olinishi mumkin bo‘lgan foyda bilan taqqoslashi lozim. Masalan, korxona faoliyatida shubhali va asoslanmagan choralarini qo‘llamaslik;
• soliq to‘lovlarini qonuniy asoslarda minimallashtirish imkonini beradigan sxemalar va usullarni ishlab chiqish orqali qonuniylikka rioya etish;
• muqobillik, ya'ni doim bir nechta variantlar ichidan eng yaxshisini tanlash olish uchun muqobillik bo‘lishi kerak;
• individuallik, ya'ni soliqlarni kamaytirishning u yoki bu usulidan faqat korxona faoliyatining barcha xususiyatlari o‘rganib chiqilganidan keyin foydalanish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan soliqlarni rejalashtirish tamoyillari soliqlarni qonuniy tarzda optimallashtirish va minimallashtirish maqsadida soliq tizimi bilan o‘zaro ta'sirlashuvining eng ob'yektiv vositalari va sharoitlarini o‘z ichiga oladi.
Soliqlarni rejalashtirish tamoyillariga rioya etilishi korxonaning samarali ishlashiga shart-sharoitlar yaratadi hamda xo‘jalik faoliyati sohasidagi noto‘g‘ri boshqaruv qarorlari sababli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni kamaytiradi.Soliqlarni rejalashtirishning asosiy maqsadlari va vazifalari Soliqlarni rejalashtirishning maqsadi nafaqat soliq majburiyatlarini qonuniy tarzda minimallashtirish, balki korxonaning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish, soliq yukining eng kichik miqdorini ta'minlay oladigan optimal xo‘jalik yuritish modelini qurish hamdir. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun soliqlarni rejalashtirish bir qator vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular soliq yukini optimallashtirishga qaratilgan:
• asosiy soliq to‘lovlarini qonuniy asoslarda minimallashtirish;
• prognozlanayotgan davrda soliq yuki darajasini aniqlash;
• navbatdagi moliya yilida byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga aniq to‘lovlar kesimida va ular bo‘yicha umuman to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq majburiyatlari miqdorini aniqlash;
• mahsulot ishlab chiqarishga umumiy xarajatlarni hisoblab chiqish hamda korxona biznes-rejasining moliya qismini puxta ishlab chiqish;
• soliq to‘lovlarining hisoblanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta'minlash.
Soliqlarni rejalashtirish nimalardan tashkil topadi?
Korxonada soliklarni rejalashtirish strategik va taktik (joriy) rejalashtirishdan tashkil topadi. Xo‘sh, ularning farqi nimada?
1. Soliqlarni strategik rejalashtirishda korxonaning tashkiliy huquqiy shakli, uning joylashgan joyi, tadbirkorlik faoliyati turlari va ixtisoslashuvi hamda soliqqa tortishning amaldagi rejimlari tanlanadi. Ushbu bosqichda qarorlar nafaqat soliqqa tortishning eng qulay imtiyozli rejimi nuqtai nazaridan, balki ikkiyoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik va h.k. maqsadida ham qabul qilinadi. Mazkur bosqich doirasida kapitalni joylashtirish, investitsiya siyosati, moliyalashtirish strategiyalari belgilanadi;
2.Taktik (joriy) rejalashtirishda amaldagi qonunchilik doirasida soliqlarning miqdorini optimallashtirish va minimallashtirish uchun nazarda tutilgan barcha imkoniyatlardan foydalangan holda navbatdagi hisobot davriga barcha soliqlar turlari bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Soliqlarni rejalashtirish obyektlari
Nafaqat soliq solish ob'yektlari, balki soliq solish bazasini shakllantirishga ta'sir ko‘rsatadigan boshqaruv faoliyati jarayonlari ham soliqlarni rejalashtirish ob'yektidir. Soliqlarni rejalashtirish zarurati amaldagi soliq qonunchiligidan kelib chiqadi, unda turli xil soliq rejimlari, soliq solish bazasini hisoblash usullari va soliq imtiyozlari nazarda tutilgan. Nazariy nuqtai nazardan soliqlarni rejalashtirish ob'yektlarini quyidagi tarzda guruhlash mumkin:
• mulkiy yoki nomulkiy huquqlar. Masalan, o‘z mol-mulkiga ega bo‘lish yoki boshqalarning mulkidan foydalanish;
• sub'yektning xatti-harakatlari. Masalan, tovarlarni sotishni amalga oshirish yoki ularni olib kirish;
• xo‘jalik faoliyati natijalari. Masalan, korxonaning foyda yoki daromad olishi.
Soliq va bojxona majburiyatlarini minimallashtirish
Avvalambor, maqsad birorta soliqni shunchaki kamaytirish emas, balki soliq solingandan keyin korxona foydasini oshirish bo‘lishi kerak. Soliq va bojxona majburiyatlarini minimallashtirishga quyidagi qonuniy choralar hisobiga erishish mumkin:
• amaldagi qonunchilik doirasida soliq solish bazasini kamaytirish yoki soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish (soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash yo‘li bilan);
• pastroq soliq stavkalaridan foydalanish;
• maqbul tashkiliy-huquqiy shakldan foydalanish, bu, masalan, soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash va umumbelgilangan soliqlarni to‘lamaslik imkonini beradi;
• korxona ustav kapitalini shakllantirishda norezidentlarni jalb qilish (hukumat qarori bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan xorijiy investorlarga beriladigan soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish maqsadida).
Yuqorida aytilganlarni hisobga olish va ularga qat'iy rioya etish korxonalarda soliqlarni samarali rejalashtirishning negizini hamda ularning barqaror ishlashi uchun shart-sharoitlarni yaratadi, bu esa ularga raqobat afzalliklarini beradi.
• birinchidan, soliq qonunchiligiga soliqlarni rejalashtirish doirasida kiritiladigan o‘zgarishlarga tezkor ta'sir ko‘rsatadigan korxonalar yuqori raqobatbardoshlikka ega;
• ikkinchidan, nazorat qiluvchi organlar tomonidan soliq majburiyatlari va iqtisodiy sanksiyalar kamaytirilishi mumkin;
•uchinchidan, soliqlarni rejalashtirish ham o‘z mablag‘ining, ham qarz mablag‘larining tejalishiga olib keladi;
• to‘rtinchidan, soliq to‘lovlarini minimallashtirish natijasida erishilgan tejamkorlik korxonada samarali investitsiyaviy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda qo‘llanilishi mumkin.
Soliq to‘lovlarini kamaytirishda eng muhimi - amaldagi qonunchilikka qat'iy rioya etish, bu esa buxgalteriya hisob va hisobotini to‘g‘ri va bekamu-ko‘st yuritish, soliq solish va buxgalteriya hisobi bo‘yicha barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini bajarish bilan bog‘liq.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashdagi xatolar Soliqlar va to‘lovlarni minimallashtirishda ularni hisoblashda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik muhim omildir. Ammo ba'zan shunday holatlar bo‘ladiki, ular soliq organlari tomonidan ancha katta moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi. Xatolarga yo‘l qo‘yilishi, asosan buxgalteriya va iqtisodiyot xizmatlari mutaxassislarining bilimlari yetishmasligi hamda faoliyatidagi kamchiliklar bilan bog‘liq. Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashdagi xatolar birinchi navbatda, quyidagilar oqibatida yuzaga keladi:
• oddiy arifmetik va sanoqdagi xatolar;
• birlamchi hujjatlarning noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi yoki ularning umuman bo‘lmasligi;
• amaldagi soliq qonunchiligining noto‘g‘ri talqin etilishi;
• soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni bilmaslik yoki o‘z vaqtida ta'sir ko‘rsatmaslik;
• soliq organlariga hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik;
• soliqlarni to‘lamaslik yoki o‘z vaqtida to‘lamaslik.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini, xususan, soliq yukini yengillashtirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va birxillashtirish, qo‘shimcha keng soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali qo‘llab-quvvatlash choralari muntazam ko‘rilmoqda. Shuningdek, alohida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi korxonalarga alohida soliqlar turlari bo‘yicha soliq stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish yo‘li bilan soliq yukini kamaytirish yuzasidan hukumat qarorlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, davlat tomonidan eksportyor korxonalarga, kichik biznes sub'yektlariga hamda investitsiyalar kiritadigan va yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirayotgan korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berildi.Bugungi kunda yuridik shaxslarga beriladigan soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27dan ortiq moddalarida nazarda tutilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va Hukumati tomonidan 200dan ortiq qarorlar qabul qilingan, ya'ni soliqlarni rejalashtirish sohasida ancha keng faoliyat maydoni mavjud.
Umuman respublika bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish hisobiga har yili yuridik shaxslarning YAIMning 10-12 foizi miqdoridagi moliyaviy mablag‘lari bo‘shaydi va ular investitsiyalarga hamda korxona xodimlarining ijtimoiy masalalarini hal qilishga yo‘naltiriladi.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotga soliq yuki bosqichma-bosqich kamayib bordi.
Bu iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri hamda respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xo‘jalik faoliyati sohasidagi jarayonlarni faollashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish uchun rag‘bat bo‘ldi. Soliq yukining kamaytirilishi alohida korxonalarning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, korxonalarning o‘z mablag‘i hisobiga investitsiya faoliyatini jonlantirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni amalga oshirish imkonini berdi.
Soliq va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun korxonalar maxsus soliqlar (Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i; Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (eng yuqori stavka)QQS; Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi; Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar stavkasi (eng yuqori stavka) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratma miqdori) bo‘yicha hisob-kitoblarni ichki nazorat qilish metodikasini ishlab chiqishi va unda zarur tartibotlarni o‘z vaqtida bajarish uchun korxonada hujjatlar aylanmasi va tarkibiy bo‘linmalar o‘zaro aloqalari sxemasini nazarda tutishi zarur. Mazkur metodika har qanday korxonada soliqlarni rejalashtirishning asosi bo‘ladi.
Davlat tomonidan ko‘rilayotgan choralarga qaramay, soliq sohasida bir qator muammolar ham borki, ular tezkor yechimni taqozo etadi. Bular soliq qonunchiligining tez-tez o‘zgarib turishi va buning oqibatida korxonalar imkoniyatlarining kamayishi, soliqlar sonining ko‘pligi va buning biznesda katta transaksion chiqimlarga olib kelishi, alohida tarmoqlar bo‘yicha soliq yukining yuqoriligi va buning moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga hamda ishlab chiqarishni yanada modernizatsiya qilishga to‘sqinlik qilishidir.
Bunday sharoitlarda soliqlarni rejalashtirish korxonalar faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi, ya'ni moliyaviy xizmat ishini moslashuvchan tarzda uyg‘un tashkil etishni rag‘batlantiradi, soliqlarga oid chiqimlarni qisqartirishga yordam beradi, bu esa, oxir-oqibat iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari mahsulotining narxga oid raqobatbardoshligini ta'minlashi mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bugun soliqlarda mablag‘ tejash ertaga kattagina moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.



Download 130,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish