Mavzu : Mustaqillik davri O’zbekiston san’ati



Download 1,01 Mb.
Sana11.04.2022
Hajmi1,01 Mb.
#542687
Bog'liq
mustaqillik davri O\'zbekiston san\'ati

Mavzu : Mustaqillik davri O’zbekiston san’ati


1.Tasviriy san’atda yuzaga kelgan yangi ijodiy imkoniyatlar.
O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojlanishiga turtki bo‘lgan omillar
2. Tasviriy san’at rivojida O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etilishining ahamiyati
Ma’lumki, inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlar bilan tirik.
Istiqlolga erishganimizdan keyin birinchi Prezidentimiz Islom Karimov inson hayotida moddiy boyliklar ham, ma’naviy boyliklar ham katta ahamiyatga ega ekanligini, ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmasligini asoslab berdi va jamiyatimizda ham ana shu mezonga amal qilish lozimligiga e’tiborni qaratdi.
Darhaqiqat, agar dunyo tarixiga nazar solsak, aynan mana shunday yo‘l – moddiy va ma’naviy boyliklardan taraqqiyot yo‘lida imkon qadar keng foydalanish yaxshi natijalar berganini ko‘ramiz. Bularning barchasi sho‘ro davrida shakllangan «moddiy boylik odamni buzadi» degan qarashning nechog‘li noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadi. Agar moddiy boylik halol mehnat bilan topilgan bo‘lsa va yuksak ma’naviyat asosida ishlatilsa, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz. Jahon tarixida o‘zining shaxsiy boyligini ma’naviyatga, o‘z xalqining ma’rifiy taraqqiyotiga sarflagan insonlar ko‘p bo‘lgan. Masalan, Rossiyada asli savdogar bo‘lgan, rus ko‘chmanchi rassomlar homiysi Pavel Tretyakov ismli kishi yoshlikdan o‘ziga xos muzey va rasmlar galereyasi tashkil etishni orzu qilgan. Shu niyatda ko‘plab badiiy asarlarni, mashhur rassom va ijodkor musavvirlarning tasviriy san’at asarlarini sotib olgan. Umrining oxirrog‘ida esa bu boylikning barchasini Moskva shahriga tortiq qilgan, Rossiyadagi mashhur Tretyakov galereyasi shu tariqa vujudga kelgan. Bugungi kunda har qanday madaniyatli odam eng noyob tasviriy san’at asarlarini to‘plagan bu muzeyni ko‘rishni orzu qiladi.
Sobiq ittifoq davrida xalqimizning ma’naviy, madaniy hayoti kommunistik mafkura iskanjasiga solindi. O‘zbek xalqining milliy, ma’naviy qadriyatlari, urf-odatlari oyoqosti qilindi, o‘zbek milliy san’ati tur va yo‘nalishlari qadrsizlandi. Millatning eng ilg‘or namoyondalari, ziyolilar qatog‘on qilinib, ijodkorlar, olimlarning erkin ijodiy faoliyatlari qattiq cheklandi. Chunki, ularning maqsadlari bizning xalqimizni mustamlaka davlatga aylantirib, Vatanimiz hududidagi barcha boyliklarga ega bo‘lish edi. Buning uchun esa, avvalo, shu yerdagi xalqning ma’naviyatidan, madaniyatidan, tilidan, dinidan, qadriyatlaridan mahrum qilish kerak edi. Ana shundagina matonatli o‘zbek xalqini va vatanini qaram bo‘lgan bir davlatga aylantirish, yoki bu millatni butunlay yo‘q qilish oson bo‘lar edi. Shu o‘rinda yurtimiz tuprog‘ini qonga belagan Rossiya imperiyasi generali Skobelovning : «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi», deb aytgan so‘zlari bekor aytilmagan, albatta.
Ildizlari olis moziyga borib taqaladigan, navqiron navdalari esa mamlakatimizning bugungi kuni va buyuk kelajagini ifodalaydigan azim daraxtni eslatuvchi O‘zbekiston san’ati davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng rivojlanish uchun sezilarli qo‘llab-quvvatlashga va bu yo‘ldagi rag‘batlantiruvchi omillarga ega bo‘ldi.
1991-yilda e’lon qilingan Mustaqillik O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi.
Qisqa tarixiy davr ichida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining mutlaqo yangi siyosiy asoslari yaratilishi bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Buyuk vatandoshlarimiz –ajdodlarimiz nomlari qayta tiklandi.
O‘tmishning buyuk mutafakkirlari, shoirlari va musavvirlari – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Ulug‘ sohibqiron Amir Temurning tariximizda tutgan o‘rni va ahamiyati ham nihoyat haqqoniy talqiniga erishdi.1»
Bu kabi katta-katta ezgu ishlar, ulkan bunyodkorliklar, yangi imkoniyatlar albatta, mustaqillik sharofati Mustaqilligimiz imkoniyatlari tufayli ulkan bunyodkorlik ishlari olib borildi, ko‘plab san’at saroylari, tasviriy san’at bo‘yicha ham o‘quv maskanlari qurildi. Masalan, Respublika bolalar ijodiyoti markazi barpo etilib, faoliyat ko‘rsata boshladi. Toshkentda va barcha viloyatlarda rassomlik kollejlari, tasviriy san’at litseylari tashkil etildi. Iqtidorli yoshlarga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute o‘z eshiklarini ochdi. Ko‘plab talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umid» jamg‘armasi ko‘magida Italiya, Yaponiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda badiiy ta’lim olib qaytdilar.
Rassomlar ijodini yuksak saviyada namoyish qilish uchun poytaxtdagi Markaziy Ko‘rgazmalar zali to‘la ta’mirlandi. Bu yerda har yili 100 dan ortiq turli badiiy, xalqaro, respublika va shaxsiy ko‘rgazmalar o‘tkazilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga estetik tarbiya maskani bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ikuo Xiroyama Madaniyat karvonsaroyi esa yosh ijodkorlar uchun sevimli maskanga aylangan. Bu yerda Buyuk Ipak Yo‘li mamlakatlari rassomlarining ko‘plab ko‘rgazmalarini muntazam o‘tkazish an’anaga aylandi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan barpo etilgan zamonaviy xalqaro andozalarga mos O‘zbekiston Tasviriy san’at galeriyasi hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’at ko‘rgazma zallarida respublika va xorijiy yosh rassomlar asarlari keng namoyish
San’atda milliy tarix bilan bog‘liq portret va kompozitsiyalar paydo bo‘ldi.
Tarixiy shaxslar sohibqiron Amir Temur, ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdilarning ikonagrafik portretlari uchun tanlovlar e’lon qilindi. Tanlovda Amir Temurning etalon portreti sifatida O‘zbekiston xalq rassomi professor Malik Nabiyevning «Amir Temur portreti» asari qabul qilindi. Malik Nabiyev tarixiy janrda samarali mehnat qilib kelayotgan rangtasvirchilardan. U Abu Rayhon Beruniyning ikonagrafik portreti uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, uning asari etalon uchun qabul qilingan edi. Deyarli 50 yildan keyin rassomning yana-yangi tanlovda g‘olib bo‘lishi uning shu soha bilimdoni ekanligini ko‘rsatadi. Bu portret ustida rassom uzoq izlanishlar olib borgan va asari uchun tarixchi Ali Yazdiyning Temur haqidagi tavsifi, Temurning vatani Shahrisabzda mahalliy tiplarni kuzatish va o‘rganish hamda antropolog olim Sergey Gerasimovning Temurning boshjjuyagi asosida yaratgan haykal portreti asos bo‘lganligini bilamiz. Portretda rassom Temurga xos shijoat, g‘ayrat, doim atrofga sinchkovlik bilan boquvchi zabardast, qoshlari katta (Ali Yazdiy uni shunday ta’riflagan), yoshi o‘ta boshlaganiga qaramay tetik bo‘lgan shaxs qiyofasini gavdalantirgan. Sohibqironning ustidagi bezakdor kiyimi, qo‘lidagi qilichi uning oliy hukmdorligidan darak beradi. »
Ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek portreti uchun o‘tkazilgan tanlov g‘olibi Akmal Ikromjonov, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdining To‘ra Kuryazov tomonidan yaratilgan ikonagrafik portretlari ham tarixiy materiallarni chuqur o‘rganish, qiyosiy taqqoslash asosida yuzaga kelgan. Bu portretlarning har biri o‘zining g‘oyaviy plastik yechimiga ega. Lekin ularda mualliflarning tasvirlanuvchi shaxsga bo‘lgan zo‘r e’tibori va faxr tuyg‘ulari yotadi. Bu portretlar keyingi milliy tarixiy-tasviriy asarlar uchun asos qilib olindi.
Tasviriy san’atda rangtasvir avvalgi yillardagidek yetakchi o‘rinni egallab, ayni shu san’atda izlanishlar olib borildi. Tarixiy mavzudagi asarlar asosan realistik talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Mustaqillik yillarida xalq qahramonlari Alpomish, Spitamen, Go‘ro‘gli siymolari birinchi bor rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika san’atida yaratildi. Temur davri malikalari qiyofasi ochildi. Bu yillarda milliy mavzuga e’tiborning ortishi tarixiy janr rivojiga katta turtki berdi. Temur va temuriylar davriga atab shu yillarda qator janrli kompozitsiyalar paydo bo‘ldi. Malik Nabiyev, Chingiz Axmarov, Ne’mat Qo‘ziboyev, Qutlug‘ Basharov, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Sa’dulla Abdullayev, Erkaboy Masharipov, Alisher Aliqulov va boshqalar shu mavzuda yirik asarlar yaratishdi. Har bir zamon o‘z zamondoshlarining qiyofasini ko‘rishni istaydi. Bu tabiiy. Chunki davr kishilarining ruhiy olami, ularning xarakteri, tabiatga bo‘lgan qiziqishlari shu san’atda o‘z ifodasini topadi. Sobir Rahmetov, Muhammad Nuriddinov, Yigitali Tursunnazarov, Chori Bekmirov, O.Bakirov, Bahodir Salomov va boshqa rassomlar ijodida shu san’atning yangi qirralarini ko‘rish mumkin. Manzara va natyurmort janrida ham shakl, nur va rangga boy salmoqli asarlar yaratildi. Rahim Ahmedov, Ne’mat Qo‘ziboyev, Akmal Ikromjonov, Anvar Mirsoatov, Yunusovlarning manzara va natyurmortlari o‘zining his-tuyg‘ularga boyligi kabi xislatlari bilan yangi davr ruhini ifodalaydi.
Mustaqillik yillari miniatura san’atining ham haqiqiy rivojlanish yo‘liga kirdi. Ayniqsa, lokli miniatura san’ati o‘zining kamolotiga erishdi. Shomahmud Muhammadjonov, G‘ayrat Kamolov, Toir Boltaboyev, Xurshid Nazirov, Alisher Yo‘ldoshev, Bahodir Yo‘ldoshev, Ubaydulla Qosimov kabi miniaturachilar ijodida shu san’atning ajoyib namunalari yaratildi. Bu san’atda Niyozali Xolmatov akademik unvoniga sazovor bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida realistik san’at yo‘nalishi bilan bir qatorda avangard san’ati yo‘nalishlari bilan o‘ziga yo‘l ochib bordi. O‘z ijodini akademik san’at yo‘nalishida boshlab katta yutuqlarga erishgan Bahodir Jalolov, Vyacheslav Oxunov, Akmal Nuriddinov, Jamol Usmonovlar avangard san’atidagi ijodi e’tiborli. Bu san’atkorlar g‘arb akademik san’ati an’analarini chuqur o‘zlashtirgan va o‘z vaqtida shu san’atning nodir namunalarini yaratgan bo‘lsalar, 90-yillardan keyin avangard san’atida e’tiborga loyiq asarlar yaratib, munozaralarga tomoshabinni chorladilar. Ularning ishlarida xayoliy tasavvurlarga burkangan, ramziy assotsiativ shakllar majmuasida sharqona ohangli, falsafiy xayollarga olib ketuvchi murakkab kompozitsiyalar gavdalanadi. Ularning keyingi yillarda yaratgan asarlarida erkin, har qanday pand-nasihat, biror-bir g‘oyani asoslash yoki targ‘ib qilish emas, balki erkin holda shoirona xayollarga berilish, dunyo va tabiat mo‘jizalaridan hayratlanish ko‘proq namoyon etiladi. Rang, shakl, ramzlar esa shu xayollarni materiallashtiradi.
Istiqlol yillarida mamlakatimiz madaniy hayotida biyennale, fotobiyennale singari yangi tushunchalar paydo bo‘ldi. Har ikki yilda o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi mustaqillik davri o‘zbek tasviriy san’ati erishayotgan yutuqlarni jahon san’atshunoslari, musavvirlari va muxlislarga havola etish, ularni yurtimizda kechayotgan ijodiy jarayon bilan tanishtirish, ijodkorlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishiga xizmat qilmoqda. Toshkent xalqaro fotobiyennalesi yurtimizda fotografiya san’ati jadal rivojlanib borayotganini, farovon hayotimiz, taraqqiyotimiz odimlari, umrboqiy qadriyatlarimizni bor jozibasi bilan namoyish etmoqda
So‘nggi yillarda Tasviriy va amaliy san’at haftaligi xalqaro festival darajasiga ko‘tarildi. Bu yil ushbu tadbirda Slovakiya, Yaponiya, Hindiston, Ozarbayjon, Iroq, Vetnam kabi o‘ndan ortiq davlatlardan musavvirlar ishtirok etdi. Ushbu festival yosh mo‘yqalam sohiblari orzularini ro‘yobga chiqarishga ham hissa qo‘shayotir. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan yoshlar xorijiy davlatlarda tashkil etilayotgan turli xalqaro ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar, biyennalelarda ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi zali, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi, Yoshlar ijod saroyi, Milliy san’at markazi singari o‘z ko‘rgazmalari mavzusi va yo‘nalishiga ega ko‘plab san’at dargohlari barpo etildi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi va boshqa bir qator ijodiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston tasviriy san’ati”, “Yangi avlod”, “Navqiron O‘zbekiston” singari festivallar, “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovi, yosh musavvirlarning ijodiy-intellektual saviyasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘g‘il-qizlarning badiiy didi, tafakkurini yuksaltirib, ijodiy mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda.
Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tasviriy san’atning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarga ta’lim berilmoqda. Mazkur oliy ta’lim dargohida jahonning ko‘plab universitetlari, ijodiy markazlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari bilan ma’rifiy-ijodiy hamkorlikda talabalarning o‘zaro fikr almashishi, ijodiy muloqot o‘rnatishi, turli ko‘rgazmalar, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishi imkoniyati yaratilgan.

Mustaqillik davrida O‘zbekiston tasviriy va milliy san’ati rivojlanishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

Ø Mustaqillikka erishish, O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy-g‘oyaviy faoliyatini amalga oshirilishi;

Ø Yangi san’atning yaralishida avval hukmronlik qilgan «sotsealizm» aqidalari tazyiqidan xalos bo‘lish;

Ø Madaniy, ma’naviy-marifiy hamda san’atshunoslik va shu kabi sohalarga e’tibor berilishi va rivojlantirilishi;

Ø San’atda mafkuraviy nazoratni bekor qilinishi, senzuraga barham berilishi;

Ø Ijod erkinligi;

Ø O‘zbekistonda yangi ma’naviy-g‘oyaviy yo‘nalishlarning shakllanishi;

Ø Fikrlar xilma-xilligi;

Ø San’atda izlanishlar, turli uslub va yo‘nalishlarning shakllanishi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida ko‘plab sohalar rivoji kabi san’at sohasida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlarning asosi omili albatta mustaqilligimiz sharofatidir

Yevropada badiiy akademiya dastlab Italiyada antik san’at, uyg‘onish davri san’atkorlarining uslublarini o‘rganish uchun to‘plangan rassomlarning erkin uyushmasi tarzida maydonga kelgan (XVI asr).


Birinchi badiiy akademiya Parijda - 1648-yili Qirollik Badiiy akademiyasi, kiyinchalik Vena (1692-yil), Berlin (1694-yil), London (1768-yil)da va Rossiyada 1757 yili tashkil etilgan.1»
Mamlakatimizda tasviriy san’atning taraqqiyotida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 1997-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi respublika madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko‘rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ‘ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan juda ahamiyatlidir albatta.
Yevropada badiiy akademiya dastlab Italiyada antik san’at, uyg‘onish davri san’atkorlarining uslublarini o‘rganish uchun to‘plangan rassomlarning erkin uyushmasi tarzida maydonga kelgan (XVI asr).
Birinchi badiiy akademiya Parijda - 1648-yili Qirollik Badiiy akademiyasi, kiyinchalik Vena (1692-yil), Berlin (1694-yil), London (1768-yil)da va Rossiyada 1757 yili tashkil etilgan.1»
Mamlakatimizda tasviriy san’atning taraqqiyotida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 1997-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi respublika madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko‘rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ‘ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan juda ahamiyatlidir albatta.
O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Kumush medali bilan milliy san’at sohasida faol xizmatlari, ko‘p millatli O‘zbekiston san’atining umuminsoniy, milliy qadriyatlarini namoyon etuvchi, vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘stiruvchi, an’anaviy va zamonaviy mavzularning yangi qirralarini kashf etuvchi, dolzarbligi bilan ajralib turadigan turkum asarlari, san’at tarixi, nazariyasi, san’at muamolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari, maqolalari uchun taqdirlanadi.
O‘zbekiston Badiiy akademiya Diplomi bilan taqdirlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish xaqining 10 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.








Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish