Mavzu : oilada farzand tarbiyalashda ijtimoiy pedagogik ish shakl, metod va vositalari



Download 90,6 Kb.
bet9/19
Sana28.04.2022
Hajmi90,6 Kb.
#588607
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
SLAYD OILADA FARZAND TARBIYALASHDA IJTIMOIY PEDAGOGIK ISH SHAKL

Oilada bola mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishda dastlab bolani o‘zo‘ziga xizmat qilishdan boshlamoq lozim. Qo‘l-betini toza yuvish, o‘rnini tartibga keltirish, o‘yinchoqlarini toza va ehtiyotkorlab o‘ynash hamda shu bilan birga oiladagi oddiy ishlarni uddalash, oyoq kiyimlarini tartibli qo‘yish, dasturxondagi idishlarni olishga yordamlashish, asta-sekin oila xo‘jalik yumushlariga jalb etish, gullarni parvarish qilish, xonadonni toza saqlash singari vazifalarni bajarishda ota-onaga va oila azolariga yordam berishlari lozim.

“Mehnat insonni uch balodan: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan saqlaydi”, deb ta’kidlangan hadislarning birida. Yuqoridagi manbalarning barchasi oilada bolani mehnatga o‘rgatishni va uni hayotga tayyorlashni talab qiladi. Ota-onalar oilada bolani mehnatga tayyorlashda o‘zlari yashayotgan mahalliy hudud ishlab chiqarishi bilan bog‘liq tarmoqlar bo‘yicha mehnat tayyorgarligini amalga oshirishga alohida etibor berishlari juda muhim. Bunday tadbir bolaning mahalliy ishlab chiqarish bo‘yicha kasb tanlashiga poydevor yaratadi. Ota-onalar oilada bola mehnatining ko‘p tarmoqli, uquvli bo‘lishini ta’minlashda o‘z-o‘ziga xizmat qilish ya’ni: o‘rinini yig‘ishtirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, o‘quv qurollarini, kiyimlarini joy-joyiga qo‘yish va toza kiyinish; ota-onalarga yordamlashish, oila xo‘jaligida yerga ishlov berish, ekinlarni ekish, uy parranda, hayvonlarini parvarishlash, hosil yig‘ishtirish, mahalla, maktab hashar tadbirlarida doimo mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlariga erishishlari darkor.

Asosiysi bola o‘z mehnatidan moddiy manfaat ko‘rishi, uning mehnatga bo‘lgan munosabatini tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Bolaning o‘z mehnatidan manfaat ko‘rishi, uning mazkur mehnatga bo‘lgan hohishni, intilishni, harakatni kuchaytiradi va mehnat natijalarini bilishga da’vat qiladi. Bu yo‘l bolani majburiy mehnat qilishni emas, balki ixtiyoriy ravishda mehnat bilan shug‘ullanishga o‘rgatadi va odatlantiradi.

Ota-onalar bola mehnat tarbiyasida o‘z shaxsiy manfaati bilan oila, mehnat jamoasi, o‘zgalar va mamlakat manfaatlarini uyg‘un bog‘lab o‘rgatishga erishmog‘i darkor. Chunki o‘z manfaatini oila va jamiyat manfaatidan ustun qo‘yish bolani mag‘rurlanishga ya’ni o‘zgalar mehnatini tan olmaslikka, faqat o‘zi uchun mehnat qilishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham bolaga shaxsiy va umummanfaat haqida tarbiya berish uning mehnatga munosabatini tarkib topdirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bunga bola odatlansa, u hech vaqt va hech qachon o‘z shaxsiy manfaatini tengdoshlari, oilasi va jamiyat manfaatidan ustun qo‘ymaydi. Bu oila tarbiyasida eng asosiy jihatdir. Bolani mehnatga o‘rgatishda asosiy narsa bola bajarayotgan mehnatga (ishga) oid hatti-harakat ya’ni ko‘nikmalarni mustaqil bajarishga o‘rgatishdir. Buning uchun amaliy mashqdan ya’ni bajarayotgan ishni qaytadan avval yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatib bajarishga erishishdir.


Download 90,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish