Mavzu : Real sektor korxonalarini investitsiyalash obyektlari Reja : Real sektor korxonalari


Korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy



Download 22,18 Kb.
bet3/3
Sana13.07.2022
Hajmi22,18 Kb.
#787942
1   2   3
Bog'liq
Innovatsion Iqtisodiyot

Korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish.

Ilmiy ishning oldingi boblarida sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini


moliyalashtirishga oid nazariy va tahliliy malumotlarni o’rganib, mamlakatimiz
milliy iqtisodiyotida mahalliy investitsiyalar bilan birga xorijiy
investitsiyalarlarning ham o’rni beqiyos ekanligiga amin bo’ldik. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’z maruzalarida ta’kidlaganlaridek, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida - xorijiy investitsiyalarni birinchi galda, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etishni ko’rsatib o’tganliklari ham bu masalaning qay darajada muhimligidan dalolat beradi.
Bizga ma’lumki, davlat kafolatisiz xorij sarmoyalarini kiritish katta samara beradi. Shuning uchun imkon qadar hukumat kafolati bilan keladigan chet el investitsiyalarini chegaralab, ularning o’rniga xususiy investorlar yoki tashabbuskor investorlarning kelishini rag’batlantirishni tashkil etish zarur. Shuningdek, keyingi yillarda sanoat korxonalarida xom-ashyolarni qayta ishlashni ta`minlash va respublikada tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko’paytirish uchun xorijiy sarmoyalarni yanada ko’proq jalb qilish maqsadida xorijiy sarmoyador faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonununchilik ham uzluksiz takomillashib bormoqda.
Iqtisodiyotning yopiq turida yoki kapital oqimi chegaralangan
mamlakatlarda ichki investitsiyalar hajmi ichki jamg’armalar bilan cheklanadi. Bunday holatda xorijiy kapitalning kirib kelishi mamlakatdagi investitsiyalar darajasining o’sishiga olib keladi. O’tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda TTXI oqimi muayyan mehnat samaradorligini oshiribgina qolmay, balki ishchi kuchi bandligini ham taminlaydi. Yirik kapitalning kirib kelishi, o’z navbatida, uni qabul qiluvchi mamlakat valyutasi qadrining oshishiga ham olib kelishi mumkin. TTXIning nafaqat moliya manbai, balki ularning o’zga mamlakat iqtisodiyotidan kelib chiqqanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki TTXI nafaqat kapital va xorijiy valyuta olib keladi, balki ular yangi texnologiyalar, boshqaruv nou-xaulari, yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish uslublarining ham joriy qilinishiga olib keladi. Sanoat korxonalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy taraqqiyotni taminlaydi, inson kapitalini shakllantiradi, shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va shu tariqa mahalliy bozorda faoliyat yuritayotgan korxonalar daromadini ko’paytiradi. Demak, xorijiy investitsiyalar oqimi raqobatni oshirishda muhim vosita bo’lib, bu o’z navbatida, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategiyalarni qo’llashga rag’batlantiradi. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy o’sishga ko’rsatgan ta`siriga kelsak, xorijiy investorlar investitsiya kiritilayotgan mamlakat korxonasida boshqaruvni nazorat qilish huquqi bilan birga, odatda, 25 yoki undan ko’proq foizni tashkil etadigan uzoq muddatli majburiyatlarni ham o’z zimmasiga oladi. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotning barcha sohalarida, jumladan, sanoat tarmog’ida ham kapital, boshqaruv ko’nikmalari, jahon bozoridagi mavjud sotish kanallari kabi yetishmaydigan elementlarni taklif etish orqali eksportni rag’batlantirishi mumkin.
Tadqiqotlardan malum bo’lishicha, ichki bozorda raqobatni
rag’batlantiruvchi hukumat siyosati chet el investitsiyalarining iqtisodiy
taraqqiyotga tasirining muhim omili bo’lib hizmat qiladi.
Bizning fikrimizcha, chet el investitsiyalarining milliy itisodiyotga tasiri
va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi turlicha bo’lishi mumkin: Birinchidan, xorijiy investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. Buni biz sanoat tarmog’iga chet el investitsiyalarining kirib kelishi
natijasida mahalliy jamg’armalarga qo’shimcha ravishda investitsion faoliyat kengayib, mehnat va kapital samaradorligini oshirishga ko’maklashadigan boshqaruv, marketing va ilg’or texnologiyalarni joriy etilishida ko’rishimiz mumkin. Milliy daromadning o’sishi kirib keladigan kapital oqimi hajmi hamda kapitalga bo’lgan extiyoj o’zgaruvchanligiga bog’liq; Ikkinchidan, sanoat tarmog’idagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar milliy iqtisodiyotning taraqqiyotiga salbiy tasir ko’rsatishi ham mumkin. Bozorga kirib borish yo’lida katta to’siqlar mavjud sanoat sohalarida ish yuritayotgan xorijiy kompaniyalar bunday sharoitda o’z manfaatlarini ko’zlab, bozorning konsentratsiya darajasini yanada oshirishlari mumkin. Ular mahalliy kapital bozori va xorijiy valyuta zaxiralaridan imtiyozli ravishda foydalanish imkoniyatidan foydalanib, ichki jamg’arma va investitsiyalar darajasini pasaytirishlari mumkin.
Uchinchidan, xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotga tasirini
belgilab beruvchi asosiy omillardan biri - sanoat tarmog’ida ana shunday loyihalar amalga oshirilayotgan mahalliy bozordagi raqobat darajasidir Bizning fikrimizcha, raqobat va antimonopoliya sohasida muqobil hukumat siyosatining amalga oshirilishi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shunday sharoitdagina xorijiy investitsiyalar uni qabul qilgan mamlakat iqtisodiy rivojiga maqbul tasir ko’rsatadi. Ushbu ta`sir sabablari shuki, xorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, qo’shilgan qiymatni oshirish va ko’proq daromad olish imkoni bo’lgan sohalarga kirib keladi. xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarish va investitsiyalarning ko’payishi orqali iqtisodiy o’sishga ko’rsatadigan bevosita tasiridan tashqari mehnat samaradorligini oshirish, yangi texnologiya va nou- xaularni joriy etish, ichki jamg’arma, investitsiyalar va eksport imkoniyatlarini ko’paytirish, infratuzilmani rivojlantirish orqali iqtisodiyotga bilvosita tasir ham o’tkazadi. Shuni alohida takidlash kerakki, hech qaysi o’ziga ishongan xorijiy kompaniya yoki xususiy tadbirkor iqtisodiyotda chuqur islohotlar amalga oshirilmayotgan, sarmoya kiritishning zarur kafolat va istiqbollari hamda rivojlantirishning omillari mavjud bo’lmagan bozorga qadam bosmaydi. Sanoat korxonalariga, ayniqsa, xom ashyoni mukammal qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga berilayotgan yuqorida qayd etilgan qator imtiyoz hamda yengilliklar sanoatning imkoniyatlarini amalga oshirish va kelgusida ularning o’sishini taminlashga qaratilgan. Bizning fikrimizcha, sanoat tarmog’iga xorijiy investitsiyalarni kengroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish orqali ushbu tarmoq faoliyatini yanada jadallashtirish masalalari quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’ladi: Birinchidan, sanoat tarmog’ida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xorijiy korxonalarni ko’paytirish hisobiga bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy samaralarga erishish mumkin. Bunda mazkur tarmoqda zamonaviy texnika va texnologiyalarning kirib kelishi ishlab chiqarish darajasini oshiradi, mehnatga layoqatli aholi ish o’rinlari bilan ta’minlanadi, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati yaxshilanadi, boshqaruvning ilg’or usullari o’zlashtiriladi, soliqlar, ijara haqi va boshqa to’lovlar bilan bir qatorda davlat budjeti daromadlarining hamda mamlakat eksport salohiyati oshishi tufayli valyuta tushumining keskin ko’payishiga erishiladi. Ikkinchidan, xorijiy va ichki investitsiyalarni sanoat tarmog’iga jalb etishni kengayishi qisqa vaqt ichida xususiy mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga ko’maklashadi, O’zbekistonning xalqaro bozorga yuqori sifatli, raqobatbardosh sanoat korxonalari maxsulotlaini olib chiqishini va u yerda o’z o’rniga ega .
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirish manbalari shartli holda quyidagi guruhlarga bo’linadi:
 xo’jalik sub`ektlarining shaxsiy mablag’lari;
 davlat budjet mablag’lari;
 tijorat banklarining kredit resurslari;
 aholi mablag’lari;
 chet el investitsiyalari;
 budjetdan tashqari jamg’arma mablag’lari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda Davlat budjeti mablag’lari hisobiga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ko’lami keng bo’ladi, chunki alohida investorlarning dastlabki kapitallari kapitalga bo’lgan ehtiyojni to’liq qondira olmaydi. Respublikamizda ham markazlashgan mablag’lar yordamida
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish salmog’i dastlabki yillarda katta edi. Biroq mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat tufayli investitsiya jarayonlarida davlat budjeti mablag’lari asta-sekinlik bilan kamayib, boshqa moliyaviy manbalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini
moliyalashtirishda aholining ishtiroki hamon sezilarsiz bo’lib kelmoqda. Buning asosiy sababi aholi moliyaviy bozorning faol ishtirokchisi bo’la olmayapti. Budjet mablag’lari asosida investitsiyalarning kamayishi ham ijobiy ko’rsatkich bo’lib, iqtisodiyotning modernizatsiyalashyotganligi bilan bir qatorda, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamayib borayotganligidan dalolat beradi.
Download 22,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish