Mavzu: №1 Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari haqida ma’lumot



Download 2,34 Mb.
bet34/37
Sana09.09.2021
Hajmi2,34 Mb.
#168841
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
2 5280706696098876831

Birinchi: NV o‘tishlar: Bu o‘tishlar (σσ* va ππ*) larni o‘z ichiga olib molekula hayajonlangan holatda qutblangan bo‘ladi.

Elektron o‘tishlar natijasida molekulaning dipol momenti ortadi. Molekulaning qutblanganligi ortishi bilan bo‘ladigan o‘tishlar natijasida UB-spektrda kuzatiladigan maksimumlarning jadalligi yuqori bo‘ladi. σσ* o‘tishlar molekula optik spektrning uzoq ultrabinafsha sohasida yorituvchi, to‘lqin uzunligi 200 mmk va undan kichik bo‘lgan nurlarni yutganda sodir bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ko‘p ishlatiladigan spektrfotometrlar 200 mmk dan yuqori to‘lqin uzunliklardagi yutishlarni kayd qila oladi. Undan kichik to‘lqin uzunliklar uchun maxsus murakkab spektrofotometrlar talab qilinadi. Neft va gaz mahsulotlridan olinadigan qo‘shbog‘ va getero atom tutmaydigan birikmalarda asosan σ-bog‘lar bo‘lgani uchun o‘tishlar ham faqat σσ* tipida bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ular yaqin ultrabinafsha va ko‘rinadigan sohada nur yutmaydi. SHuning uchun bu birikmalardan UB-spektrlarni olishda erituvchi sifatida (geksan, siklogeksan va hokazo) foydalaniladi. Bog‘lovchi π-molekulyar orbitaldagi elektronlar yadrolarga σ-elektronlarga nisbatan kuchsiz tortilib turadi, shuning uchun ππ* o‘tishlari amalga oshirish uchun uncha katta energiya talab qilinmaydi.

Spektrda bu o‘tishlarga muvofiq keladigan maksimumlar yuqori jadalliklikka ega bo‘ladi. ππ* o‘tishlar aksariyat hollarda qo‘shbog‘ tutgan birikmalarda uchraydi. Qo‘shbog‘lar bir-biridan ikkita yo undan ortiq oddiy bog‘lar bilan ajratilgan hollarda yutilish maksimum (λ-maks) ning spektrdagi o‘rni o‘zgarmaydi, maksimum jadalligi (ε yoki lgf) esa qo‘shbog‘lar soniga proporsional ravishda ortadi. Masalan, etilen (SN2=SN2) uchun λmaks=185 mmk. Geksadien 1,5 uchun ham yutilish maksimumi 185 mmk ga teng. Lekin etilenda ε = 1000, geksadien -1,5 uchun esa - 20000).

Qo‘shbog‘lar navbatlashib keladigan (oralatma bog‘lanishli) birikmalarda esa additivlik kuzatilmaydi. Masalan, butadien-1,3 (SN2–SN—SN=SN2) da yutilish λmaks ≈217 mmk da sodir bo‘lsa, geksatrien 1,3,5 (SN2 = SN—SN =SN—SN=SN2)uchun bu qiymat 258 mmk tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, oralatma bog‘lanishli birikmalarda qo‘shbog‘lar soni ortishi bilan ππ* o‘tishlarga muvofiq keladigan energiya kamayib boradi. Boshqacha aytganda, shu o‘tishlarni vujudga keltiruvchi UB-nurlar spektrda to‘lqin uzunligi katta bo‘lgan soha tomon siljiydi. Bu xil «batoxrom» siljish deyiladi. Agar yutilishi maksimumi to‘lqin uzunligi qisqa bo‘lgan (yuqori chastotali) soha tomon siljisa gipsoxrom siljish bo‘ladi. (YUtilish maksimumi jadalligining ortishi ginexrom, kamayishi esa ginoxrom effekt deb aytiladi. Batoxrom siljishda ginerxrom effekt kuzatiladi, ya’ni (ε) ortib boradi. Umumiy qo‘shbog‘ga ππ* o‘tish bera oladigan istalgan bir xromaforga elektronodonor guruhlar (ayniqsa o‘zida umumlashmagan juft tutuvchi) oralatma bog‘lanish bilan bog‘langan bo‘lsa, batoxrom siljish kuzatiladi. Bunday guruhlarga auksoxrom (NH2, NR2 , ON, SX, OR, SH, SR) lar misol bo‘la oladi. SHunga o‘xshash qo‘shbog‘dagi uglerod bilan bog‘langan vodorod atomlari uglevodorod radikallariga almashtirilsa yoki sistemaga auksoxromlar kiritilsa, batoxrom siljish sodir bo‘ladi. Bu to‘yingan uglevodorodlar uchun ham o‘rinlidir. Spektr qutbli erituvchilarda olinganda ham ππ* o‘tishlarda batoxrom siljish kuzatiladi. Demak, molekulada oralatma bog‘lashnishli qo‘shbog‘ (yoki boshqa xromofor)lar sonini oshirib borish bilan shu molekulani ko‘zga ko‘rinadigan nurlar yutadigan qilish, ya’ni uni rangli holga o‘tkazish mumkin, chunki ko‘zga ko‘rinadigan soha (400-800 mmk) da nur yutadigan barcha moddalar ranglidir. Haqiqatan ham butadien-1,3 (qo‘shbog‘lar ikkita, λmaks ≈127 mmk) rangsiz bo‘lgani holda pomidorda uchraydigan likopin pigmenti (S40N56 qo‘shbog‘lar o‘n beshta, λmaks ≈504 mmk ) qizil ranglidir.


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish