Mavzu: Abdulla Oripov lirikasi Reja



Download 23,5 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi23,5 Kb.
#551582
Bog'liq
ABDULLA ORIPOV SHE\'RIYATI TO\'G\'RISIDA


Mavzu:Abdulla Oripov lirikasi
Reja:
1.Abdulla Oripov she’riyati to’g’risida.
2.Abdulla Oripovning lirikasi haqida
Abdulla Oripov O`zbekistonning XX asrda yetishib chiqgan eng mashhur va zabardast shoirlardan biridir. Bu izzat ikromga u hozirgacha yigirmadan ortiq tilga tarjima qilinib, xalqaro miqyosda e`tirof etilgan badiy asarlari, jamoat va davlat arbobi sifatida faoliyati, istiqlol yo`lidagi fidoyiyligi va jonbozligi tufayli erishdi.
Abdulla Oripov o`zbek adabyotini ko`pdan – ko`p lirik she`rlari, “Hakim va ajal”, “Ranjkom” kabi dostonlari, “Jannatga yo`l”, dramatik dostoni, “Sohibqiron” she`riy drammasi, qator publitistik maqolalari bilan boyitdi.
Dantening “Ilohiy komediya”dek shoh asarini, Pushkin, Shevchenko Charens she`rlarini o`zbek tiliga o`girdi.
Talabalik yillarida yozgan she`rlari bilannoq katta shuhrat qozongan shoir o`tgan qirq besh yillik ijodi davomida qirqdan ortiq kitobini e`lon qildi. 2001 – yilda uning to`rt jildlik tanlangan asarlari bosilib chiqdi.
U O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbari, Oliy Majlis noibi, markaziy osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi raisi muovini sifatida el – yurt, adabyot va madaniyat xizmatiga kamarbasta bo`lib kelmoqda.
A. Oripov xalqimizning ardoqli farzandi O`zb Qahramoni

Mustaqil O`zbekiston madhiyasi matnini muallifi Abdulla Oripov. Vatan oldidagi xizmatlari uchun shoir qator orden – medallar, “O`zbekiston xalq shoiri”faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Abdulla oripov – asosan, lirik shoir. Yurtning go`zal manzaralari, tarixi, buguni, asl farzandlari, sevinchlariyu – armonlari, o`kinchi umidlar, sevgi va muhabbat kuylangan Abdulla Oripov she`rlari o`zbek lirikasini yangi bosqichlarga ko`tardi.


Umuman chuqur falsafiylik, teran purma`nolik, isyonkor dardmanlik, fikriy serqtlamlik A. Oripovning dastlabki – “Mitti yulduz” (1965 – y.) to`plamdagi she`rlaridan tortib, XXI asr tongida istiqlolni ulug`layotgan she`rlariyu dramatik dostonlari,
She`riy dramalarigacha bo`lgan asarlari uchun xos xususiyatdi.
“O`zbekman” (2000) nomli she`rida A. Oripov “Zuvalam qorilgan samimiyatdan” degan fikri alohida bir ahamyat bilan ta`kidlaydi. Elning fe`lidagi, shoirning o`z tabiatidagi mana shu samimiyat uning she`rlarida alohida bir iqlim sifatida balqib turadi va izhor etilayotgan tuyg`ulardagi tabiylik, lirik qahramon bag`rida shiddatlanayotgan ehtiros, maqsad taniqligi, fikriy teranlik bilan chirmashgan holda poetic mukammalikni yuzaga keltiradi. Poetik tahlil pishiqligi va badiylikni ta`minlovchi vositalari uyg`unligiga shoir alohida e`tabor berishini ta`kidlamoq zarur.
Va buni mana shu she`riy satr bilan ifodalaydi.
Hamma narsa o`tadi, mansab, shonu shavkat ham,
Shirindan shirin qolur, taxldan esa qolur taxl.
Bir kuni tuproq bo`lur tengsiz shamsi tal`at ham,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.
Gohida ko`zda yoshu gohida xandon bo`ldik ,
Gohida bolg`a bo`lsak, gohida sandon bo`ldik.
Axiri kulib tole, sohibi davron bo`ldik,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.
Abdulla Oripov she`rlarining intonatsiyasi, ayniqsa, betakror.
Bu intonatsiya asarning fikriy va hissiy mazmunidan kelib chiqadi va yana qaytib ularning o`zini kuchaytirishga xazmat qiladi. She`r bag`rida kechayotgan jarayonga mutanosib ravishda ohang goh shiddatli, po`rtanov tus oladi, goh lirik qahramon qalbidagi mahzum kayfiyatga evrilib, sokinlikdan osoyishtalikga o`tadi. Eng asosiysi, bu ohanglar uyg`unlashgan
holad samimiy tuyg`uni ruhning tabiy tamannolari, tug`yonlarini ifodalashga bo`ysundiriladi.
“Birinchi muhabbatim” she`ridagi ushbu parchani o`qib, bunga ishonch hosil qilish mumkin ;
Dunyo deganda shundayin anglab bo`lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
A. Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvrat-lari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekan-ligi muhimroq sanalardi. Abdulla Oripov tuyg'ulari quruqshagan o'zbek she'riyatiga o'ychil g'am va g'amchil o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi.
Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirish, baqirish noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
O'tgan asrning 60—70-yillarida Abdulla Oripov she'riyati o'zbek millatini tuyg'ularning quruqshab qolishdan saqlab qoldi. Shuning uchun ham shoirni o'zbek she'riyatida o'z davrini u yaratdi, deyish mumkin. Chunki chinakam iste'dodgina davrning to'siqlari, cheklovlarini yengib o'ta oladi. Har qanday zamon va har qanday sharoitda ham asl iste'dod davridan marhamat kutmaydi, balki unga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obraz-laridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she'r emas, balki ayrim misralarning o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi. Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini: "Asablar tuproqqa cho'kkan edi tiz" tarzida beradi. O'zining pokiza yoshlik davrini esa "Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar to-vushin tinglardim faqat", — deya ifodalaydi. O'zbek xalqining yig'ma ob-razi: "Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening o'ylarim" tarzida umumlashtiriladi. Shoirning: "qaro sochlaringda oppoq alanga" de­gan tashbihi aniqligi bilan ham, ta'sirchanligi bilan ham ko'ngilni rom etadi. Uning she'riyatida vatan timsolining chizilganiga e'tibor qiling: "Shabnam shovullaydi bog'lar qo'ynida, Salqin tuman ichra bo'zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog'dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar".
Shoir vatan manzarasini yaltiroq so'zlarsiz, hayqirig'-u da'vatlarsiz sa-mimiy aks ettiradi. Keltirilgan misralarda sun'iylik yo'qligi, yolg'on bo'lmagani uchun ham ta'sirchan va yuqumli. Bu satrlar chin insoniy sezimlarning isho-nimli ifodasi ekanligi bilan esda qoladi.
Abdulla Oripov she'riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifat-lardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni ham g'oyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta'sirli qilib o'zbekcha ifodalay bilish shoir she'rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha she'riy ifodaning aniq va tuyg'ularga ta'sir ko'rsata ola-digan bo'lishiga erishadi. Uning: "Oyoqlangan qo'ziday dovdirar yelda maysa, Ko'm-ko'k moviy osmonda kezib yurar oq bulut" kabi satrlarida qo'llanilgan tashbihlar hayotiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. Yelda silkinayotgan ko'klam ko'katining dovdirab, yiqilib-su-rinib endigina oyoqqa turayotgan qo'zichoqqa o'xshatilishi shoirning xalq tur-mushini bilibgina qolmay, uni ichdan tuyishini ham ko'rsatadi. Shu joyning o'zida ko'klam osmonini ham esda qoladigan qilib suratlantira olish uchun ulkan iste'dod talab etiladi. A. Oripov ko'z oldiga keltirish mushkul, ifodalash undan-da og'ir bo'lgan sezimlarni, mavhum tuyg'ularni tuyimli qilib chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: "Yorilmagan yaraday sevgi!" — deydi u. O'ta mavhum tuyg'uni bundan ortiq aniq tasvirlash mumkin emas.
A. Oripovning san'atkorligi shundaki, u hodisalarning boshqalar ko'rmagan yoki ko'rgan bo'lsa-da, payqamagan jihatlarini o'ziga xos tarzda aks ettira oladi. Shoirning iste'dodi nazarining o'tkirligi, tuyg'ularining nozikligi, his-siyotining teranligida ko'rinadi. Ko'klamda o'rik g'o'ralarini hamma ko'rgan, barcha bolalar, ayniqsa, qizlarning unga ishqibozligi azaldan ma'lum. Ammo faqat chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini ko'ra bi-ladi: "Dilbar kelinchakning ko'ksida g'ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko'z qirin". Sal e'tibor qilgan o'quvchi yosh kelinchaklarning ko'pincha o'rik dovuchcha-siga boshqorong'i bo'lishini esiga tushiradi. Har qanday hayotiy lavhada chin san'atga xos belgini ko'ra olish asl shoirlikning belgisidir.
Shoirning mahorati shundaki, u ko'pincha aytib o'tirmay, ishora qilish bilan ko'rsatadi. Tasvirning bunday usuli sizni fikrlashga, she'rning zamiri-dagi chiroyli ma'nolarni mustaqil kashf etishga undaydi. Ma'lumki, g'am ha­qida ko'p she'rlar yozilgan. Lekin g'amni kishining ko'z oldiga yaqqol keltirib qo'yish hamma shoirga ham nasib etavermagan. Quvonch to'g'risida ham kam yozishmagan, biroq uni tuyimli qilish oz kishiga nasib etgan. Abdulla Oripov: "Qizg'aldoq bargidek uchar dildan g'am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim" satrlarida og'irdan-og'ir ana shu ikki ishni birvarakayiga uddalagan. G'amni ko'z oldiga keltirib bo'lmaydi dedik, lekin qizg'aldoqning harir gulbargini har birimiz bilamiz. Uni yengil bir harakat uchirib yuborishi mumkin. Shoir qal-bidan "qizg'aldoq bargidek uch"gan g'am o'rniga toshqin kirmoqda. Toshqin nimaligini ham barcha biladi. She'riy misralarda quvonch tilga ham olin-gani yo'q, lekin insonga ulkan shodlik yor bo'lganda ko'ngliga toshqin kirishi sezimli. Chinakam san'atkorgina buni boshqalar ham his qiladigan tarzda bera oladi. Shoirning faqat darslikdagi emas, balki boshqa she'rlarini ham o'qish kishining ruhiyatini poklaydi, tuyg'ularini baland qiladi, sezimlarini noziklashtiradi va ma'naviy jihatdan yuksalishiga sabab bo'ladi.
SEN BAHORNI SOG’INMADINGMI?
Uygonguvchi boglarni kezdim,
Topay dedim kirdan izingni
Yonogingdan rang olgan dedim –
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo uzingni,
- Sen bahorni sog’inmadingmi?
Uzoklardan zalvorli toglar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi kancha intizor choglar,
Vasling menga bulmadi nasib,
Sensiz men xdm, baxor xam garib,
- Sen bahorni sog’inmadingmi?
Ungurlarda sakraydi oxu,
Na’matakda sa’va mittijon.
Korliklardan sipkorilgan suv.
Daralarda uradi javlon.
Nigoximdan fakat sen pinxon,
- Sen bahorni sog’inmadingmi?
Mana, bugun navruzi olam,
Dustlarimga gullar tutarman.


Download 23,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish