Mavzu: abdulla oripovning hayoti va ijodi bilan tanishish



Download 31 Kb.
Sana01.07.2021
Hajmi31 Kb.
#106218
Bog'liq
A.Oripov - dars ishlanma



Mavzu: Abdulla Oripovning hayoti va ijodi bilan tanishish

Maqsad:


Shoir hayoti bilan, uning she'riy asarlari bilan tanishtirish.

Shoir:


«Menga ayting, yodimdan chiqishi mumkin,

Menga ko'rsating, eslab qolishga harakat qilaman.

Meni qatnashtiring, hammasi meniki bo'ladi».
Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

O'quvchilar 2 tomonga saflangan.

Adabiyot haqida she'r o'qildi.

Bahru bayt o'tkaziladi

O'zbekiston ramzlari-madhiya, gerb, bayroq haqida DTS talablari aytib o'tildi.

Adabiyot fanining maqsadi:

Sog'lom e'tiqodli, o'zga insonning tuyg'ularini anglaydigan, o'tkir hissiyotli, yuksak didli, ahloqan barkamol, aqlan yetuk o'z xatti-harakatlariga mas'ul bo'la oladigan komil shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Adabiyot o'qitishning vazifasi:

O'quvchilarda badiiy adabiyotga mehr uyg'otish, ularni badiiy asar o'qiydigan, tushunib tahlil eta oladigan, o'z fikrlarini to'g'ri, erkin ifodalay olishdan iboratdir.

-Bugun, 9-fevral 2005 yil buyuk bobokolonimiz A. Navoiyning 564 yilligi keng nishonlanmoqda.

G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,

El anga shafiqu, mehribon bo'lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil kul bitsa,

Bulbulg'a tikondek oshyon bo'lmas emish.

14 fevral kuni buyuk vatandoshimiz Z.M. Bobur tavalludining 522 yilligi keng nishonlanadi.

Tole yo'g'i jonimga balolig' bo'ldi,

Har ishnikim ayladim, xatolig' bo'ldi,

O'z yerni qo'yib Hind sari yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.

Gullar nomi (atirgul, nastarin, boychechak, chuchmoma, lola) bilan bolalar guruhlarga bo'lib o'tqaziladi.

1. Tinchlik, 2. Tong yulduzi, 3. Yosh avlod, 4. Istiqlol, 5. Humo

Navbatchi sanani aytib, davomat aniqlanadi. O'tgan mavzu qisqacha aytib o'tiladi.

Mavzu: Odil Yoqubovning hayoti, uning «Ulug'bek xazinasi» romani haqida

Dars interfaol usulda olib boriladi.

Qoidalar Umidlar

1. Vaqtga rioya etish 1. Yangiliklar

2. O'zgarlar fikrini 2. Yangi bilim

hurmat qilish

3. Intizom 3. Tajriba

4. Tushunarli fikrlash 4. Ko'nikma

5. Rag'batlantirish 5. Yaxshi mazmunli dars

varaqlar tarqatiladi. Guruh nomlari aniqlanadi. Guruh sardorlaridan eshitilib ular rag'batlantiriladi.

Xonaning 4 tomoniga ilingan 4 yil tushunchaga bolalar diqqati tortiladi. Hamma xohlagan tushunchasi oldiga boradi.

1. Tinchlik-Bz tinchlik tushunchasini barcha tushunchalardan ustun deb dildik. Biz-tinchlik tarafdorimiz. Tinchlik-buyuk ne'mat. Uning qadrini bilshimiz, uni asrashga harakat qilishimiz lozim.

2. Vatan-Biz 4 tushunchadan Vatan tushunchasini afzal deb bildik. Vatan-bizga ota-bobolarimizdan qolgan buyuk merosdir. «Ona bitta-vatan-yagona»

Derlar shirin so'zning gadolari ko'p

Yonib turgan ko'zning adolari ko'p

Yurtlar bor hattoki xudolari ko'p

Vatan yagonadir, vatan bittadir.

3. Ozodlik-Biz hammamiz bu tushunchalardan ozodlik tushunchasini afzal bildik. Biz O'zbekiston yoshlari ozodlik uchun kurashishga harakat qilishimiz lozim.

Humo qushi etganda parvoz

Ozodlik uchun beramiz ovoz

4. Ona-Ona so'zini eshitgan har bir kishi mehr-muhabbatga to'ladi. Bizni oq yuvib, oq taragan, mehribon insondir. Ona haqida she'r yozagan, hikoya yozmagan shoir yoki yozuvchini topish mumkinmi?

Tushunchalar izohlab darsga bog'lanadi.

Mavzu: A. Oripovning hayoti va ijodi.

O'quvchilar daftarlariga mavzuni yozadilar. Guruh sardorlariga savol tarqatib, taqdimotda tayyorlanish aytiladi.

Ungacha o'quvchilar A. Oripov she'rlaridan yoddan o'qib beradilar.

1-savol: A. Oripovning bolaligi haqida gapiring.

Taniqli shoir A. Oripov 1941 yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Neko'z qishlog'ida tug'ilgan. Uningotasi Orif ota o'g'lining bog'bon bo'lishini xohlagan edi.

Shoir orzusini amalga oshirish uchun Toshkentga boradi.

60-yillarda G'ofur G'ulom «yozaver o'g'lim» deya uning yelkasiga qoqqan bo'lsa, A. Qahhor uning kichik she'rlarini o'zining hikoyalariga epigraf qilib tanlaydi.


2. Shoirning hozirgi kundagi faoliyati haqida.

A. Oripov hozirgi kunda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, oliy majlis noibi, O'rta Osiyo xalqlari Assambleyasining muovuni sifatida ed yurt madaniyati sohasida kamarbasta bo'lib kelmoqda. Vatan oldidagi xizmatlari uchun shoirga «O'zbekiston xalq shoiri» «O'zbekiston xalq qahramoni» unvonlari berilgan.

3. «Madaniyat faxrim mening» mavzusida gapiring.

O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. Uni O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov musiqasi M. Burxonov. Madhiyaga A. Oripov olmos qadab she'r yozgan bo'lsa, M. Burxanov shu olmoslarga sayqal bergan.

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt najot,

Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon.

Yashnagay to abad ilmu fan ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon.


4. «Genetika» she'ri haqida gapiring?

Buyuk shoirimiz bu she'rida tarixda yashab o'tgan bobolarimizning qonlari bizning tomirimizda oqayotganligini, buyuk bobolarimizning merosini asrab-avaylashimiz, hamda kelajak avlodga yetkazishimiz kerakligini uqtirganlar.

Men ham yashayapman o'z zamonimda

Davrimdan hayga ham tushardim yiroq.

Va lekin bilmadim, mening qonimga,

Qaysi bir bobomning xislati ko'proq.

5. A. Oripov she'rlarida yurt jamoli haqida gapiring?

Yana dalalarga boshlaydi havas,

Bog'larda xazonlar yonadi lov-lov

Do'stlarim, bu kuzning barglari emas,

Mening yuragimdan to'kilgan olov...

Bunday misralarni o'qigan odam hayajonlanib, to'lqinlanib ketmasligi mumkin emas.

Kuzgi barglarni lovullab, sizni ham rom etmaganmi, mobodo bunga e'tibor bermaganmimiz? Kuzgi bog'larni bir kuzating-chi, A. Oripov o'z shu'rlarida hur O'zbekistonimizni go'zal maskanlarini, baland-baland qorli tog'larini tasvirlaydi. U yurt ko'rkisidir.

Taqdimotdagi fikrlar o'qituvchi tomonidan jamlanadi. Fikrlar xulosalanadi.

O'quvchilarga tarqatilgan rag'bat qog'ozchalari yig'ib, g'olib guruh aniqlanadi.

O'quvchilar baholanadi.



Uyga vazifa: A. Oripov she'rlaridan yod olish.






Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish