Mavzu: abdulla qahhor ijodida satira



Download 42,19 Kb.
Sana23.06.2021
Hajmi42,19 Kb.
#99871
Bog'liq
A.Qahhor


MAVZU: ABDULLA QAHHOR IJODIDA SATIRA

Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o‘zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug‘ildi. Yozuvchi bu haqda o‘z tarjimai holida shunday yozgan: «Men 1907 yil kuzda, chorshanba kuni -17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida tug‘ilganman. Otam temirchi edi».

Adib hikoyalarini shartli ravishda uch yo‘nalishga ajratish mumkin: tarixiy hikoyalar, hajviy hikoyalar, zamonaviy hikoyalar. Abdulla Qahhor «Xotinlar», «Asror bobo», «Ming bir jon», «Mahalla» hikoyalarida zamondoshlarining ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini, axloqiy pokligini, ruhiy go‘zalligini ko‘rsatishga alohida e’tibor bergan. U hikoyalarida xalq maqollari va matallaridan o‘rinli foydalangan.

Maʼlumki, barcha yomon illatlarni, kamchilik va nuqsonlarni fosh etishda va ularga qarshi kurashishda, shu bilan birga, yaxshi narsalarni ulugʻlashda satira jamiyatda gʻoyat katta rol oʻynaydi.

Satirani inkor etib boʻlmaydi. Satirani inkor etuvchilar haqida Abdulla Qahhor shunday deb yozgan edi: “Satira oʻtiga uchragan kishi, – vijdoni boʻlsa, odamlarning yuziga qarolmaydi, vijdoni boʻlmasa, ogʻzidan koʻpik sochib, yozuvchining ketidan bolta koʻtarib yuguradi”.

«O’g‘ri» hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga «Otning o‘limi itning bayrami» maqoli epigraf qilib olingan. «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi» - kabi misralar shu hikoyadan olingan. «O’g‘ri» hikoyasida «Begim deguncha belim sinadi», «Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi», «Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz», «Kuruq qoshiq og‘iz yirtadi», «O’ynashmagil arbob bilan - seni urar har bob bilan» kabi maqollar qo‘llangan

Adib dunyoga kelib, esini tanib, ilk bor ko‘nglida og‘ir taassurot qoldirgan narsa-hayotda keng tarqalgan tengsizlik, mutelik, fikrlashdan mahrumlik, qullik psixologiyasidir. Yozuvchining ilk muvaffaqiyatli chiqqan hikoyasi «Boshsiz odam»dayoq mustaqil fikrlashdan mahrum, mute bir kimsaning hajviy xarakteri yaratilgan. Shundan keyin yozuvchi butun ijodi davomida bu toifa nomustaqil, mute odamlar obraziga takror-takror murojaat etadi. Har gal bu ijtimoiy illatning qandaydir yangi bir qirrasini ochadi.

Abdulla Qahhor-mohir hikoyanavis. Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining rivojida Qahhorning o‘rni, hissasi nihoyatda katta. XX asr yangi o‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining shakllanishi va rivoji, avvalo, shu adibning nomi bilan bog‘liq. To‘g‘ri, Qahhorga qadar ham ayrim yaxshi hikoyalar yozilgan. A. Qodiriyning «Uloqda», Cho‘lponning «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz» asarlari o‘zbek adabiyotida realistik hikoyalar yaratish yo‘lidagi dadil intilishlar bo‘lgan edi. Qahhor ana shu tajribalarga tayanib, o‘zbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga ko‘tardi va o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. «Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo‘yish mumkin», -deb yozgan edi rus tanqidchisi V. Smirnova.

Abdulla Qahhorning XX asr o‘zbek adabiyotida realistik hikoya ustasi bo‘lib yetishishi, shuhrat qozonishi tasodifiy emas. Birinchidan, Qahhor ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti real hayotga keskin yuz o‘girgan, bu davrda Ovrupa zamonaviy jahon adabiyoti tajribalariga tayanayotgan, Qodiriy romanlari, Cho‘lpon lirikasi, hikoyalari, Fitrat, Hamza dramalari orqali yangi yo‘lga tushib olgan, realizm milliy adabiyotda yetakchi oqimga aylanib borayotgan bir pallada ijod maydoniga tushdi. Garchi Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, qolaversa, tengdoshlari Oybek bilan G‘afur G‘ulomlar hikoya janrida qalam tebratayotgan bo‘lsalar-da, ular iste’dodi, tabiati, badiiy tafakkur tarziga ko‘ra bu Janrning odami» emas edilar. Qahhorning «yozuvchi janrni emas, janr yozuvchini tanlaydi», degan gapi bor. Qahhor iste’dodi, badiiy tafakkur tarzi har jihatdan hayot hodisalarini hikoya shaklida ko‘rish, idrok etishga moyildir. Go‘yo u hikoya uchun tug‘ilgan edi, roman, qissa, dramalarida ham adibning hikoya shakliga xos fikrlash tarzi shundoq sezilib, ko‘rinib turadi; uning roman, qissa, dramalari o‘ziga xos alohida-alohida epizodlar, bir-biri bilan bog‘langan hikoyalar majmuasidan iboratga o‘xshaydi. Xullas, Alloh in’om etgan iste’dodi, tabiati Qahhor zimmasiga milliy adabiyotimizda realistik hikoyachilikning asoschisi bo‘lish mas’uliyatini yukladi.

«Adabiyot muallimi» hikoyasi bosh personaji Boqijon Baqoyev nodon, o‘ta madaniyatsiz bir kimsa. Hikoyada yozuvchi biron o‘rinda uni nodon, madaniyatsiz deb atamaydi, oshkora qoralamaydi. Personaj o‘zining nodon, madaniyatsizligini har qadamda xatti-harakatlari, fikrlash tarzi, gap-so‘zlari orqali o‘zi fosh etadi. Nafis, ya’ni badiiy adabiyot muallimi bo‘la turib jiyani, talaba Hamidaning Chexov va uning «Uyqu istagi» hikoyasi haqidagi oddiy savollariga tayinli javob berolmaydi, aslida u javob berishga qodir emas. Bu odamning fojiasi shundaki, aybini tan olgisi kelmaydi, o‘zini har bop bilan bilimdon qilib ko‘rsatishga urinadi, aravani quruq olib qochadi: uning xayolida, tilida bir-biriga qovushmagan nomlar, har xil atamalar, ilmiy tushunchalar... Uning fikrlash yo‘sini gap-so‘zlarida aniqlik, izchillik yo‘q, duch kelgan tomonga o‘tib ketaveradi. Yozuvchi hikoyani yakunlar ekan, savol beruvchi talaba qizning «g‘uvillab turgan boshida shundan boshqa hech narsa yo‘q edi», deb yozadi: «praktikum, minimum, maksimum, Deterding, Stending, Shelling, Mering, Demping...»

Shu tariqa ko‘z oldingizda nodon, notayin odamning nihoyatda aniq hajviy qiyofasi, ichki dunyosi, qolaversa ma’nisiz fojiali hayoti namoyon bo‘ladi.

Xullas, odamlar turmushidan olingan epizodlarda, lavhalarda ular hayotiga, qismatiga daxldor fojeiy mohiyatni ko‘rish, teran his etish, personajlar xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng muhim jihatlaridir.



E‘TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 42,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish