Mavzu: Amir Temur Reja



Download 203,85 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi203,85 Kb.
#439873
TuriReferat
Bog'liq
Referat


Referat
Tarix
Bajardi: Zoidova Dilnoza

Mavzu: Amir Temur

Reja:


  1. Amir Temur hayoti

  2. Amir Temur harbiy yurishlari

  3. Amir Temurning jangdagi harakatlarda qoʻllagan taktik qoidalari va harakatlari.



1.Temurbek ibn Tarag’ay ibn Abag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning go’zal shaharlaridan biri bo’lmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi.Temurbek yoshlik chog’idan harb ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori , amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) ma’lum darajada hissasi bor.Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li-hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi.




2.Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.Dong’I butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aql-u zakovati , shijoati, shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Yasovuriy va amir Qazag’on bilan yaqinlashtirdi.Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag’ay Amir Temurni avval (1352) amir Joku barlosning qizi Turmush og’aga , so’ngra Qazag’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’aga uylantiradi. Keying nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakatlari XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi.XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, amir Qazag’on o’ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi.Xondamirning “Habib us-siyar” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo’jandda amir Boyazid jaloyir, Balxda O’ljay Bug’a sulduz, Shibirg’onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qildilar.



3.Sohibqiron yurish paytida tajribali sipohiylarga katta ishonch bildirgan. Ko’p marotabali so’qishlarda suyagi qotgan, urushni o’zining bosh mashg’uloti deb sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam qilingan, ularga kirim-chiqiqm daftariga , shuningdek davlatdan maosh ulufa, oziq-ovqat, yem-xashak oluvchilar ro’yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko’ra Temurbek armiyasi turk-mo’g’ul xalqlari uchun an’anaviy bo’lgan o’n, yuz, ming va tumanlarga taqsimlangan. Ularga o’nbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan. “Temurbek tuzuklari” da qayd etilishicha, qo’shin qo’mondonlari safiga Temurbek oliyhimmat, oqil, mard, tadbirkor, sezgir, jur’atli, sabotli, harb ishiga jon-dilini bag’ishlagan iste’dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e’tibor bergan.Amir Temur qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jeta singari yerlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi.Unda muntazam qo’shinga xos bolgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’hin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirilib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurolantirilgan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim boshi, tutgan bayroq yoki tug’I orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinniboshqarishda juda qo’l kelgan.Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.
Download 203,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish