Mavzu: Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida ma’naviyat va ma’rifat rivoji



Download 24,08 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi24,08 Kb.
#825064
Bog'liq
Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida ma’naviyat va ma’rifat rivoji.


Mavzu: Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida ma’naviyat va ma’rifat rivoji.
Temur va temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O’rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, burilishdir. Bu davr IX-XII asrlardagi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi ko’tarilish va yuksalishning mantiqiy davomidir. Boshqacha nom bilan bu davr «Oltin asr» deb ham yuritiladi.
O’rta Osiyo xalqlari orasida etishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi huddi shu davrda shakllandi va ijod qildi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlardan Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf-shoirlardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; hattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bir Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning barchasi o’sha davr va o’zlarigacha bo’lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug’ining barcha sohalarini mukammal bilib, o’zlashtirib olgan, o’zlari tanlagan sohalarining hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho’qqilarini egallagan ulug’ siymolar, qomusiy ilm egalari bo’lganlar.
Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo’q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlari asrlardan-asrlarga o’tib, zamon sinovlariga bardosh berib bizlargacha etib keldi. 1
Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko’tarilgan musavvirlik san’ati Sharq uyg’onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o’zining takrorlanmas ijodi, go’zal miniatyura san’ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda ham o’chmas iz qoldirgandir. «Ikkinchi Moniy», «Sharq Rafaeli» deb yuksak e’zozlangan Behzod mashhur adib Jomiy, Navoiy, Bobur, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va boshqalarning siymolarini yaratgan yuksak ma’naviyat egasidir.
Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, ma’rifat rivoji Mirzo Ulug’bekning (1394-1449) nomi bilan chambarchas bog’lanib ketgan. U davlat arbobi, fan-ma’rifat homiysi, buyuk olim va munajjimdir. U o’zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini to’plab keng miqyosda ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, /iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy, Abu Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiylar zamonaning zabardast olimlaridan bo’lgan. Mirzo Ulug’bek shu asosda Samarqandda «Samarqand akademiyasi» yoki «Ulug’bek akademiyasi»ga asos solgan edi. U «Ziji jadidi Ko’ragoniy» (Ko’ragoniyning yangi astronomik jadvali) va «To’rt ulus tarixi» nomli asarlarning muallifidir. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha «Ulug’bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga o’xshardi».
Mirzo Ulug’bek fan homiysi bo’lishi bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqandda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi /ijduvondadir (1433). Hatto Buxorodagi madrasi peshtoqiga hadisdan: «Ilm olish har bir mo’min va muslima uchun farzdir» - deb yozdirib qo’ydi. Ulug’bek ko’proq buyuk olim, ilm-fan, ma’rifat bo’lgani uchun ham yanada qadrlidir.
U geometriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantiq, musiqa ilmlarini bilgan. Qur’on, hadis va fiqx ilmlaridan ham yaxshi xabardor bo’lgan allomadir. XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning rivojida Ulug’bekning xizmatlari beqiyosdir. Uning daholigi bugun ham insoniyatga xizmat qilmoqda.
Temuriylar davri ma’naviyati va ma’rifati rivoji o’zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot, san’at rivojiga bag’ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiylarning (1441-1501) nomi bilan chambarchas bog’liqdir. Abdurahmon Jomiy O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, diniy tafakkur sohasida yuksak xizmatlar qilgan mutafakkirlardan biridir.
Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bo’lmish naqshbandiylikni qabul qilgan va uning g’oyalarini targ’ib etgan. Naqshbanliychilik adolatni, o’z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma’qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g’irrom yo’llar bilan mol-mulk to’plashni qoralagan. Bu ta’limot insonparvarlik, rostgo’ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma’naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug’lagan. Uning «Dil ba yoru, dast ba kor» - «Ko’nglim Ollohdayu, qo’lim mehnatda» degan shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o’ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug’ siymo naqshbandiylik yo’lini qabul qilganlar va o’z ijodlarida uning g’oyalarini kuylaganlar.
O’zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o’zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O’rta Osiyo ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o’rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «Xamsa», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamatul-lug’atayn», «Majolisun-nafis», «Lison ut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir. Navoiy o’z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo’yadi. Navoiy sahovat va muruvattda benazir inson bo’lgan. O’zining joylardagi er-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to’laligicha xayriya ishlariga sarflagan. Birgina Xirot shahrida o’zining jamg’armasi hisobidan ko’plab binolar, inshootlar barpo etgan, kabag’al, beva-bechoralarga tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po’stik va kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib Mashhad shahriga suv keltirgan. Navoiyning bundan qariyib 550 yil avval ilgari surgan g’oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yo’qotgani yo’q. Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyati jahon stivilizastiyasi rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Bunda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos.
2.3.Temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ma’naviy merosning o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishida tutgan o’rni.
Mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma’naviy poklanish va milliy o’zlikni anglashning tugamas chashmasidir.
O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, qaramlik yillarida shunday buyuk zot dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkoniyatidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, ta’qiqlandi va soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Amir Temur nomi tarixiy sahifalaridan bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning oragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Bu ishlarning tagidagi maqsad bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».
O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz boy ma’naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug’ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrga egadir.
Amir Temurning siymosi xorijda yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko’p suvratlari ishlangan. Toshkentning markazidagi xiyobonda sohibqironga muhtasham haykal o’rnatildi, Amir Temur va temuriylar davri muzeyi barpo etildi. 1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o’tkazildi. Parijdagi YuNESKO qarorgohida o’tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra «Amir Temur» xayriya xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. Bularning barchasi Prezidentimiz boshchiligida mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.
Shu kunlarda nafaqat O‘zbekiston, balki jahonda insoniyat tarixini o‘zgartira olgan, Sharqning Ikkinchi Renessansini boshlab bergan buyuk davlat arbobi va islohotchi, ulkan sarkarda, daho bobomiz Amir Temur tavalludining 685 yilligi keng nishonlanmoqda. Amir Temur markazlashgan davlatga asos solib, uning kuchqudratini har tomonlama mustahkamlab va rivojlantirib, shonshuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanat hukmdori sifatida millatlar va xalqlarni birlashtirdi. Uning davrida iqtisodiyot va savdo, madaniyat va ilm-fan, me’morlik va tasviriy san’at, musiqa va she’riyat yuqori cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, Temuriylar davri Renessansiga asos solindi.
Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik iqtidori, faoliyati, saltanati tarixi, undagi ilm-fan va madaniyatni o‘rganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo jahon olimlari, davlat rahbarlari, siyosatchilar diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, Temuriylar tarixiga oid manbalar jahon miqyosida turli tillarda tarjima qilingan hamda ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilgan. Dunyo tarixshunosligida Amir Temur davrini o‘rganishga oid nashrlar kun sayin ortmoqda. Pirovardida jahon jamiyatshunosligida “Temurshunoslik” mustaqil ilmiy yo‘nalishi shakllandi.
Bugun Amir Temur va Temuriylar sulolasining dunyo sivilizatsiyasi rivojiga, insoniyatning ilmiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-g‘oyaviy, madaniy va tafakkur darajasi keskin ko‘tarilishiga qo‘shgan hissasi beqiyosligi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Jahon hamjamiyati Temuriylar davrini ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot taraqqiyoti hamda ulug‘ kashfiyot va ixtirolarda o‘z aksini topgan davr, xalqimizni esa shu paytgacha ikki marotaba Renessansga asos solgan el sifatida e’tirof etadi. Ya’ni xalqimiz haqli ravishda Renessans yarata olgan kam sonli xalqlar sirasiga kiritiladi.
Shu ma’noda, bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasidagi sa’y-harakatlari kutilgan natijalar berishiga to‘la asos bor, deb baholanmoqda. Uning xalqimiz oldidagi eng buyuk xizmatlaridan biri ham aynan o‘z yurtiga egalikdan mosuvo bo‘lgan, farovon va yaxshi yashashdan umidini uzgan, kelajakka ishonmay qo‘ygan elimizning qaddi va sindirilgan milliy g‘ururi tiklanishi, yangi va erkin O‘zbekistonga xos ongi shakllanishi, so‘ngan ruhining ko‘tarilishi, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan hurmat-e’tibor qaytarilishi, deb qaralmoqda.
Bu sa’y-harakatlar chingiziylarning 150 yillik istibdodi davrida toptalgan g‘ururimizni qayta ko‘targan Amir Temur bobomiz faoliyatiga mengzaladi.
O‘zbekistonda taraqqiyotning yangi bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanish va yuksalishlar bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, mamlakatimiz siyosiy-huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy hayotini barqaror izga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tarixshunoslikda ham ajdodlarimiz o‘tmishini o‘rganish, unga to‘g‘ri va xolis ilmiy baho berish, shu asosda milliy qadriyatlarimizni tiklash uchun keng yo‘l ochildi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bizning havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor”.
O‘tgan qisqa davr mobaynida ob’ektiv tariximizni yaratish yo‘lida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar qilindi. Qator muhim tarixiy qo‘lyozma manbalar nashr etildi. Natijada tarixchilar uchun yirik tadqiqotlar yaratish imkoniyatlari vujudga keldi. Xususan, ajdodlarimiz tarixining noma’lum qirralari va o‘qilmagan sahifalari hamda insoniyat o‘tmishida o‘ziga xos o‘rin egallagan tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish uchun zarur manbaviy asoslar yaratildi.
Hozirga qadar O‘zbekistonda temurshunoslik mavzusiga oid bir necha bibliografik nashrlar amalga oshirilgan. Chunonchi:
Amir Temur va temuriylar haqida Misr kutubxonasida saqlanayotgan manba va qo‘llanmalar fihristi yaratildi;
“Amir Temur dunyo fani ko‘zgusida” nomli bibliografik nashr xorijiy tillarda chop etildi;
jahon tarixshunosligida mustaqil temurshunoslik ilmiy yo‘nalishi shakllanganiga asoslanib, “Amir Temur jahon tarixida” nomli asar yaratildi;
“Amir Temur bibliografiyasi” hamda “Amir Temur saltanati tarixnavisligi” nomli bibliografik ko‘rsatkichda O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amal ga oshirilgan adabiyotlar jamlandi;
“Temuriylar davri Renessansi”, “Temuriylar davri yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi”, “O‘zbekiston tarixiga oid madaniy-ma’naviy merosning xorijga tarqalishi va ularning vatanimiz tarixida tutgan o‘rni”, “Shohruhiya qal’a shahri — Amir Temur va Temuriylar davrining noyob yodgorligi”, “Chet ellarda saqlanayotgan Temuriylar davri ashyolari katalogi”, “O‘rta Osiyoda kitobat san’ati tarixidan (Temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)”, “Amir Temur va Temuriylar davridagi harbiy san’at” kabi mavzularda turkum asarlar chop etildi.


  1. 1 Inomova M. “Oilada bolalarni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar”. T.: Fan. 1995. – 226b.




Download 24,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish