Mavzu: Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va yoshga oid xususiyatlari. Analizatorlar gigiyenasi



Download 220,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.05.2022
Hajmi220,46 Kb.
#603650
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim anatomiya

Hid bilish analizatori. 
Turli moddalarning xid burunning yuqori chig’anoqlarining o’rta qismi va burun 
tusig’ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar yordamida bilinadi . Shilliq pardadagi usiklar 
xidlov nervini hosil qiladi. Odamda xid biluvchi nerv xo’jayralari 60 mil. ortiq. Xid sezgisi 
nihoyatda utkir va nozik hisoblanadi. Bir litr havoda 1:100000 gramm efir bo’lganda odam uning 
hidini sezadi. Yangi tug’ilgan bola ba‘zi bir noxush xidlarga nisbatan yuz mimikasini 
o’zgartirish, nafas olish va pulsning o’zgarishi bilan javob beradi. Hidlarni to’lik ajrata olish 4 
oylikdan boshlanadi.
Ko’rish analizatori. 
Ko’rish analizatori tashqi dunyodagi narsalarni rangi, shakli haqida tasavvur hosil 
qilishimizga yordam beradi. Ko’zning bevosita ta‘sirlovchisi yorug’lik bo’lib, yorug’lik ko’z 
retseptorlariga ta‘sir etib kuruv sezgisini hosil qiladi. Kuruv organi bolaning 11-12 yoshigacha 
rivojlanib boradi.
Ko’z ning tuzilishi.
Ko’z soqqasi va uni urab turgan apparatdan tashkil topgan. Ko’z 
sokqasi sharga uxshash bo’lib, ko’z kosasida joylashgan. Ko’z soqqasining devori uch qavatdan: 
tashqi oqsil parda (sklera) o’rta-tomirli parda va ichki-tur pardadan iborat. Oqsil pardaning rangi 
oq bo’lib uning bir qismi ko’rinib turadi. Skleraning orqa tomonidagi qismi teshikdir, kuruv 
nervi shu yerdan o’tadi. Skleraning oldingi qismi tiniq qavariq bo’lib shox pardani hosil qiladi. 
Shox pardada qon tomirlar bo’lmaydi. Tashqi pardaning ichki kismida tomirli parda bor. Bu 
pardada qon tomirlar va pigment ko’p. Pigment miqdori xar xil bo’ladi. Tomirli parda oldingi 
rangdor o’rta-kipriksimon tana va orka xususiy tomirli qismiga bo’linadi. Rangdor pardada 
radial va xalqa shaklidagi silliq muskullar joylashgan bo’lib, xalka mo’skullari qisqarganda ko’z 
qorachig’i torayadi, radial muskullari qisqarganda ko’z qorachig’i kengayadi. Rangdor pardaning 
o’rtasi teshik bo’lib unga ko’z korachig’i deyiladi. Ko’z soqqasining ichki pardasi ya‘ni tur parda 
murakkab tuzilgan bo’lib,
taraqqiy etish jihatidan kuruv nervi bilan bir butun xisoblanadi. Tur parda ko’zning butun 
bushlig’ini qoplab turadi. To’r pardaning retseptorlari bo’lib 130 mln. tayoqcha va 7 mln. 
kolbochka shaklidagi bir necha qavat xujayralar hisoblanadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq 
ikki tomoni qavarik linza-gavhar joylashgan. Gavxar yarim suyuk modda bo’lib, yupqa tiniq 
kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari bo’lmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning 
o’rtasida kichkina bushliq bo’lib, bunga ko’zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan 
gavxarning o’rtasida ham bo’shliq bo’lib bunga ko’zning orqadagi kamerasi deb ataladi. Har bir 
kuruv nervida 1 mln. ga yakin nerv tolalari bor. To’r pardada kuruv nervining kirish joyi - ko’r 
dog va narsalarni yaxshiroq ko’radigan sariq zor, dog’ning markazida chuqurcha bo’lib, bunga 
markaziy chuqurcha deyiladi. Ko’zning ayrim qismlari -shox parda, gavhar, ko’zning 
shishasimon qismi o’zidan o’tuvchi yorug’lik nurlarini sindira oladi. Ko’zga yorug’lik nurlari 
ta‘sir etganda radopsin va idopsin moddalari parchalanib ximiyaviy reaktsiya vujudga keladi. 
Ko’zning nur sindiruvchi qismlariga shoh parda, suvsimon suyuqlik, ko’zning oldingi kamerasi, 
gavxar va shishasimon qism kiradi. Ko’zning nur sindirish kuchi ko’prok shox parda va gavxarni 
nur sindirishiga bog’liq bo’ladi. Nur sindirish dioptriya bilan ulchanadi. Bir dioptriya deganda 
fokus oralig’i 1 m bo’lgan linzaniig nur sindirish kuchi tushiniladi. Agarda nur sindirish kuchi 
oshsa fokus oralig’i qisqaradi. 
Fokus oralig’i 50 sm bo’lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) teng 
bo’ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43 D, gavxarning nur sindirish kuchi kamrok bo’lib, 
o’zgarib, turadi. Ko’zning butun optik sistemasini nur sindirish quchi uzoqqa qaraganda 58D 
yaqin masofada esa - 70D. Shox parda, gavxar orqali sariq dor markaziga utgan chiziqqa kuruv 
o’qi deb ataladi. Narsalarning tasviri tur pardaga kichkina va teskari bo’lib tushadi. Narsa 
ko’zdan qancha narida tursa, tur pardadagi tasviri shuncha kichik bo’ladi va aksincha narsa 
ko’zga qancha yaqinroq tursa tur pardadagi tasvir ushancha katta bo’ladi. Narsalarning tabiiy 


ravishda ko’rilishi hayot tajribasiga bog’liq. 

Download 220,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish