Mavzu: atlaslar va ularning turlari


Mavzuli tabiiy xaritalarda



Download 23,08 Kb.
bet4/5
Sana28.06.2022
Hajmi23,08 Kb.
#714713
1   2   3   4   5
Bog'liq
ATLASLAR VA ULARNING TURLARI

Mavzuli tabiiy xaritalarda geografik landshaftning ayrim elementlari boshqa elementlariga nisbatan aniq va mukammal tasvirlangan. Bunday xaritalarga VI sinf atlasidagi yer qobig’ining tuzulishi, tabiat zonalari, iqlimi va boshqa xaritalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki bir-biri bilan bog’langan bir qancha komponentlar ko’rsatilgan bo’ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalar deyiladi. Xaritalarning qo’llanilish maqsadi ularning masshtabiga, mazmuniga va jihozlash usuliga katta ta’sir ko’rsatadi. Buni bitta hududni bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko’rish mumkin. Maqsadiga ko’ra, xaritalarni: o’quv, ilmiy, turistik, targ’ibot-tashviqot kabi turlarga bo’lish mumkin.

Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari. Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo’linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning sistemali to’plamiga geografik atlas deb aytiladi.


Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xaritalar to’plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. Xaritalarning to’plami uchun “Atlas” nomi Merkator tomonidan (1595-yil) taklif etilgan. Maktab geografik atlaslari - bu o’quvchilarning mashg’ulot vaqtida mustaqil bajariladigan ishlari uchun mo’ljallangan eng muhim kartografik qo’llanmadir. Hozirgi vaqtda barcha maktab geografiya kurslari muqim geografik atlaslar bilan ta’minlangan bo’lib, ular darsliklar bilan bir qatorda bo’lishi shart hisoblangan qo’llanmalar qatoriga kiradi.
Geografik globus. GlobusYer sharining kichraytirilgan modeli bo’lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo’laklari) nisbatini eng to’g’ri va ko’rgazmali tasvir-laydi. Globusda kartografik tasvirning xatoliklari bo’lmaydi, shuning uchun undagi turli geografik obyektlarni bir-biriga taqqoslash mumkin. Globus yuzasining hamma qismida masshtab bir xil, ya’ni o’zgarmas bo’ladi.
Maktab o’quv globuslari 1:83000000, 1:50000000, 1:40000000, 1:30000000 masshtabda tayyorlanadi.
Yunon olimi Pifagor (eramizdan avvalgi VI asr) ning Yer shar shaklida degan fikriga asoslanib, yunonistonlik Krates (er.av.II asr) birinchi globusni yasagan. O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 - y.) Shimoliy yarimsharning globusini yasagan. Birinchi mukammalroq geografik globusni 1492-yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy 1886-yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at tarixi muzeyida saqlanmoqda. M.Ulug’bek nomidagi O’zMU geografiya fakultetida 1984-yilda H.Hasanov rahbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan “Relyefli globus” o’rnatilgan.
Topografik xarita - bu ko'p maqsadli geografik xarita bo'lib, u erni batafsil ko'rsatadi. Topografik xaritada geodeziya nazorati punktlari, relyef, gidrografiya, oʻsimlik qoplami, tuproqlar, xoʻjalik va madaniy obʼyektlar, yoʻllar, kommunikatsiyalar, chegaralar va boshqa relyef obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud. Topografik xaritalarning to'liqligi va aniqligi texnik muammolarni hal qilish imkonini beradi.



Download 23,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish