Mavzu: Auditorlik tashkilotinig huquqlari,majburiyatlari va javobgarligi. Reja: Kirish


Auditorlik tashkilotining majburiyatlari va Auditorlik tashkilotining javobgarligi



Download 28,22 Kb.
bet4/5
Sana16.03.2022
Hajmi28,22 Kb.
#498063
1   2   3   4   5
Bog'liq
Аудит (2)

3.Auditorlik tashkilotining majburiyatlari va Auditorlik tashkilotining javobgarligi
Auditorlik tashkiloti:
- ushbu Qonun, auditorlik faoliyatining standartlari va Professional buxgalterning odob-axloqi kodeksi talablariga rioya etishi;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
- auditorlarga (auditorga) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) tegishli ulush kamida ellik bir foiz bo‘lishini ta’minlashi (bundan auditorlik tashkilotini — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho‘ba xo‘jalik jamiyatini tashkil etish hollari mustasno);
- shtatida asosiy ish joyi auditorlik tashkiloti bo‘lgan kamida to‘rt nafar auditor mavjud bo‘lishini ta’minlashi;
- auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi;
- auditorlik faoliyatini faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi;
- auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida mustaqillikni ta’minlashi;
- auditorlik xizmatlari buyurtmachisining talabiga ko‘ra auditor (auditorlar) sertifikatini, auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisini ko‘rsatishi;
- auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir auditning xalqaro standartlari talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlariga asos bo‘lgan qonunchilik hujjatlari normalari haqidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan taqdim etishi;
- auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi;
- auditorlik tekshiruvi natijalarini auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq rasmiylashtirishi va auditorlik xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi;
- o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda o‘z rasmiy veb-saytlariga yoki auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi;
- auditorlik tashkilotlari renkingini o‘tkazish uchun axborot taqdim etishi;
- buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari to‘g‘risida yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniq tasdiqlovchi faktlar haqida xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatini va korporativ boshqaruv uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni, audit qo‘mitasini yozma shaklda xabardor qilishi;
- auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini o‘rnatishi va unga rioya etishi;
- auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazishga monelik qilmasligi;
- o‘z pochta manzili va elektron manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida, auditorlik tashkilotining rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi o‘zgarganligi haqida vakolatli davlat organini besh kunlik muddatda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
- har yili 20-yanvarga qadar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart.

Auditorlik tashkilotining zimmasida qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.


Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida ularga moliyaviy hisobotlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risidagi noto‘g‘ri yakunni o‘z ichiga olgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun auditorlik tashkiloti rahbari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ma’lumotlari Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilmagan tashkilot tomonidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Xulosa
Globallashuv sharoitida O'zbekiston iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va liberallashtirish, jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirish va kapital bozorini hamda raqamli iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish, zamonaviy korporativ boshqaruv printsiplarini joriy etish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruvni yanada yaxshilash uchun auditorlik xizmatlari sifatini oshirish lozim bo'ladi. Mamlakatimizda erkin iqtisodiyotni rivojlanib borishi, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning o‘zaro va xalqaro iqtisodiy aloqalarining keng ko‘lamda jadallashib borishi, shubhasiz, yuqori saviyadagi auditorlik xizmatlariga bo‘lgan talabni taqozo etadi. Ma’lumki, har bir korxona, umuman tadbirkorlik sub’yekti o‘zining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan o‘rganib, tahlil qilib, unga baho berishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlab, kelgusi ish rejalarini belgilab olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirishda auditorlik xizmatlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti aniq va to‘g‘ri hisob-kitobni, har bir so‘mni tejab-tergab sarf qilishni talab qiladi. Auditorlik xizmati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini atroflicha tekshirib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlarni aniqlash bilan birga ularni bartaraf etish, maromiga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berib, yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatadi hamda boshqa konstalting xizmatlarini ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarga, shu jumladan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning «Auditorlik faoliyatini litsenziyalash», «Litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish», «Litsenziya amal qilishini tugatish», «Litsenziyani bekor qilish» kabi moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mamlakatimizda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi asosida moliyaviy javobgarlikning erkinlashtirilishi tadbirkorlik faoliyatini yuritishda qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit shakllanishi uchun zamin yaratadi.
Shuningdek, Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli «Auditorlik tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning javobgarligini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori va «Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risida»gi Nizom tashkil etadi.
Umuman xulosa qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda auditorlik tashkilotlari
oldiga qo‘yilgan talablarni samarali bajarish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amaldagi qonunchilikka asosan xolisona auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish xizmatlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti
shtatida bo‘lsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi.


Download 28,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish