Mavzu: Axborot va signal tushunchasi. Tilshunoslikning axborot nazariyasi bilan bog'liqligi. Reja



Download 113 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2022
Hajmi113 Kb.
#582697
  1   2   3

Mavzu: Axborot va signal tushunchasi. Tilshunoslikning axborot
nazariyasi bilan bog'liqligi.

Reja:
1. Axborot va uning ko'rinishlari.
2. Signal tushunchasi haqida.
3. Tilning belgilar sistemasi ekani.
4. Lingvistik belgining 4 tomoni.

Axborot har bir kishi uchun bilimdir. Har bir kishi muayyan yangilikni turli manbaalardan oladi. Qachonlardir biz ota-onamizdan, oqituvchilarimizdan kitoblardan, shaxsiy tajribamiz orqali nimalarni bilgan, organgan bolsak, ularni hammasini xotiramizda saqlaymiz. Shuningdek, kitoblarda, jurnallarda, gazetalarda nima yozilgan bolsa, yozilgan mazkur matnlar muallifning bilimini aks ettiradi. Chunki bularni hammasi axborotdir.


Axborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha malumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio sozidan olingan bolib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi malumot manosini anglatadi.
Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi azolarimiz (koz, quloq, burun, ogiz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday malumotni tushunamiz (1.1-rasm).
Axborotni inson tomonidan qabul qilinishi
Tabiatni kuzatib, insonlar bilan muloqatda bolib, kitob va gazetalar oqib, televizion korsatuvlar korib biz axborot olamiz.
Masalan, kochada ketayotganimizda kozimiz orqali axborot yigamiz. Kozning nerv hujayralarida yigilgan axborot murakkab ravishda almashinadi va bosh miyaning korish bolimlariga uzatiladi. Bu yerda axborotga navbatdagi ishlov beriladi va ishlov natijasidan shu zahotiyoq foydalaniladi. Muskullarimizga signallar (axborotlar) yuboriladi. Buning natijasida biz svetofor chirogiga qarab yoldan otishimiz yoki toxtashimiz mumkin. Demak axborotni qabul qilish, yigish, ishlov berish, saqlash va uzatish mumkin ekan.
Axborotni 90% dan ortigini korish va eshitish orqali qabul qilamiz. Masalan, biologiya darsida osimliklarni organamiz, yani osimliklarni hayoti haqida axborot olamiz. Biror-bir issiq predmetga qolimiz tegib ketsa, darhol qolimizni tortib olamiz. Bu vaziyatda bosh miyamiz mazkur predmetning yuqori temperaturaga ega ekanligi haqida axborot oladi. Avtobusda ketayotsak matorning shovqinini eshitamiz. Shovqin biz uchun odatiy xol, lekin tajribali shofer uchun esa bu - axborot. U ushbu axborotni eshitish orqali avtobus motorini texnik holatini hamda ishlash sifatini aniqlashi mumkin.
Axborot obektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar toplamidir.Axborotlar turli-tuman korinishda bolib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
- Matnli axborot;
- Grafikli axborot;
- Tovushli axborot;
- Videolavhali axborot;
- Belgili axborot;
- Raqamli axborot.
Inson sezish azolari, texnikada turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari malumotlar deb ataladi. Malumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa - axborotga aylanadi. Demak malumotlarga u yoki bu sabablarga kora foydalanilayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu malumotlardan biror narsa togrisidagi mavxumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tugilsa, malumotlar axborotga aylanadi. Demak amaliyotda foydali deb topilgan, yani foydalanuvchining bilimlarini oshirgan malumotlarnigina axborot deb atasa boladi.
Inson oz hayotida tugilgan kunidan boshlab doimo malumotlar bilan ish koradi. Ularni ozining sezgi azolari orqali qabul qiladi.
Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bolgani uchun, axborotlarni tasnifi ham oziga xosdir. Jumladan, informatikada analog (uzluksiz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi azolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish korishga moslashgan bolsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.
Matematik olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bolgan bilimlarni ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari ham axborotni o`zlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan.

Signal (lot. signum — belgi) — 1) axborot, ma’lumot va b. ni muayyan masofaga uzatish uchun ishlatiladigan shartli belgi. Mexanik, issiqlik, yorug‘lik (mas, sfetofor Si), elektr, elektromagnit, tovush va b. turlari bo‘ladi. «Signal» tushunchasi kibernetika fanida aniq ifodalab berildi. Shunga ko‘ra, aniq bir hodisa to‘g‘risidagi axborotni eltuvchi Signal 4 tarkibiy qism birligidan iborat. Bular: S. ning fizik vositasi (eltuvchisi), S. ni ifodalash shakli (sintaksis); interpretatsiya mazmuni (semantika); ayni bir Signalga har xil ma’no berish qoidalari (pragmatika). S. larni o‘zgartirish va uzatishga oid umumiy qonuniyatlarni informatsiya nazariyasi o‘rganadi;


Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish