Mavzu: Bemorlarni holatini tekshirish vositalari va kasallik tarixi. Reja



Download 1,91 Mb.
bet4/4
Sana01.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#629128
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mustaqil ish Buriyev Bobur

Kasallik tarixi - davolashprofilaktika muassasalarida har bir bemorga tutiladigan asosiy tibbiy hujjat. Bemordagi kasallikni aniqlash va davo uchun zarur maʼlumotlar, bemorni kuzatish davrida uning ahvolida roʻy bergan oʻzgarishlar, bemorga tavsiya etilgan maslahatlar qayd etiladi. Xotima (epikriz) da kasallik tashhisi va qilingan davo asoslab beriladi. Bemor oʻlgan taqdirda Kasallik tarixi ga patologoanatomik tekshirish bayonnomasi ilova qilinadi. Zarur hollarda kasallik tarixi sud-tibbiyot tergovini olib borish uchun muhim manba vazifasini oʻtaydi. Tugʻruqxonalarda Kasallik tarixi tugʻilish tarixi deyiladi. Ambulatoriya va sogʻliqni saklash punktlarida ambulatoriya kartasi tutilib, u yozuvlarininng ancha qisqaligi bilan Kasallik tarixidan farq qiladi.
Bemor haqida ma’lumot
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi
2. Yoshi
3. Millati –
4. Ma’lumoti
5. Kasbi
6. Ish joyi
7. Vazifasi
8. Uy adresi
9. Kasalhonaga kelgan kuni (og`ir ahvolda bo`lsa soat va minuti ko’rsatilishi shart) II. So`roq ma’lumotlari Shikoyatlari “Shikoyatlar” bo`limida faqat xozirgi vaqtdagi shikoyatlarni to`liq yoritish lozim, yani bemorning kasali boshlangan kuni qayd qilinmagan shikoyatlar ro`yhatga olinmaydi. Agar bemorning bir necha kasali bo`lsa, u xolda avval asosiy kasallikga oid shikoyatlar, undan so`ng esa xuddi shu yo`sinda qolgan (hamrox) kasallikga oid shikoyatlar so`raladi va yoritiladi. Bemorning shikoyatlari ikki guruhga ajratiladi: asosiy va ikkinchi darajali yoki qo’shimca shikoyatlar.
Asosiy shikoyatlari A’zolar tizimi bo’yicha asosiy shikoyatlari A.Nafas tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar:
1. Yo`tal: a) Quruq yoki balg`am ko’chuvchi yo’tal; b) Yo`talning paydo bo`lish vaqti: ertalab, kechki payt, kechqurun. v) Uning davomiyligi: to`xtovsiz yoki davriy; g) Yotalning xarakteri va intensivligi: baland, kuchli, sekin, ovozsiz, xurillagan va x. k.; d) Yo`talning paydo bo`lish sharoyitlari: tananing aloxida vaziyatda bo`lishligi (aynan qaysi), ovqatlanishdan so`ng va x.k.)
2. Balg`amning mavjudligi: a) Sutkaning turli vaqtidagi miqdori; b) Qanday bartaraf bo`lishi: osongina, qiyinchilik bilan, qanday sharoyitda oson bartaraf bo`lishi; 7 v) Balg`amning xidi; g) Balg`amning quyuq-suyuqligi: shilimshiq, suyuq, quyuq va x. k. d) Qatlamning miqdori va uning tarifi;
3. Qon tuflashning mavjudligi: a) Intensivligi- qon laxtalari yoki toza qon (uning miqdori); b) Qoning rangi- och yoki to`q; v) Qon tuflash davriyligi;
4. Ko`krak qafasidagi og`riq mavjudligi: a) Og`riqni xarakteri: lo`qillovchi, simillovchi, sanchuvchi va x. k. b) Og`riq joylashgan soxa; v) Og`riqni nafas olishga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish yoki yo`tal bilan bog`liqligi va x . k. g) Og`riqning tarqalishi; d) Og`riqni yengilashtiruvchi vositalarti; e) Og`riqni kuchaytiruvchi xolatlar-gavdani turli tomonlarga og`ishi, ko`krak qafasiga bosilish.
5. Nafas qisishi: a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda; b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati, jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan xamroxligi, yo’talni mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli) shu balg`amning xarakteri; bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi (aynan qaysi davoning effektivligi). B.Yurak qon aylanishi tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 1. Nafas siqishi (oldingi punktdagi ma’lumotlar so’raladi: a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda; b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati, jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan hamroxligi, yo’talni 8 mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli) shu balg`amning xarakteri; bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi (aynan qaysi davoning effektivligi). 2. Yurak soxasidagi og`riq: a) Doimiy yoki xurujli; b) Muayan sharoyitda og’riqni bartarav qilish mumkinligi (ko`krakda, yurak atrofi soxasida va x. k.) v) Og’riqni tarqalish (irradiatsiya); g) O’g’riqni xarakteri: simillovchi, sanchuvchi, siquvchi, lo`qillovchi, bosuvchi; d) O’g’riqni vaxima va qo`rquv bilan, quvvatsizlik bilan, muzdek ter bosish bilan, bosh aylanish bilan bog`liqligi; e) O’g’riqni intensivligi; j) O’g’riqni davomiyligi; z) Vaqt birligida og`riq xurujini chastotasi; i) Og`riq paydo bo`lishini sababi va xolati; k) Og`riq xuruji vaqtida bemor o`zini tutishi va xolati; l) Tibbiy yordam effektivlik darajasi qandayligi, qancha vaqtga yordam berishi va uning ta’sir qilish tezligi; 3. Yurak urishini o’zgarishi; a) Yurak urishi tezlashishining xarakteri; davriyligi, doimiyligi, xurujliligi, intensivligi, takrorlanish xossalari; b) Yurak urishini o’zgarishi paydo bo`lish sharoyitlari: jismoniy zo`riqishdan keyin, tinch xolatda, tana xolatining o`zgarishida, xayojonlanganda va x. k.). v) Yurak urishini o’zgarishi nima bilan kechishi ( nafas siqishi, yurak og`rig`i va x . k ..) 4. Yurak urushini bemor xis qilishi. 5. Chetki (periferik) qon tomirlarining torayishining belgilari; tananing qaysi qismlarida, nima tufayli, qanday chora ko’rilsa o`tib ketadi. 6. Oyoq va boshqa joylarda shishni paydo bo`lish vaqti (ertalab, kechqurun.) 7. Bosh og`rig`ishi (Og`riqning xarakteri: Obi-xavoning o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida og’rish, xayojonlanishda, tinch vaqtda xam og`riqni sezish, kunni qaysi vaqtida kuchayishi (kunduzi yoki tunda). V. Hazm tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 9 1. Ishtaxaning o’zgarishi: yaxshi, ishtaxasizlik, ishtaxa oshgan, o’zgargan, ishtaxaning butunlay yo`qligi (xamma taomlarga yoki ayrim taomlarga); 2. Ozgina taomga to`yib qolish xissi; tez ochqash yoki doimiy ochlikni sezish (to’ymaslik). 3. Ko’p chanqash, sutkada iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdorini oshganligi, og`izni ko’p qurishi. 4. Og`izdagi ta’mni o’zgarishi: nordon, achchiq, metall ta’mi, shirinroq ta’m, ta’m sezish kamayishi yoki yo`qolishi. 5. O`g`izdan xid kelishi: chirish xidi, ammiakli, achimtir, chiriyotgan olma xidi va x. k. 6. Yutinish va ovqatning yutilishini o’zgarishi: og`riq bilan yutinish, qiynalib yutinish, ovqat yutilishi qiyinligi (qanday konsistenssiyalik ovqat yutilishi qiyinligi) 7. So`lakning ajralishi (ko’p, kam). 8. Ortiqcha kekirish mavjudligi (nima sababli va qay vaqtda boshlanishi, qay darajada) 9. Jig`ildon qaynashi: ovqat istemol qilish va ovqatning turiga bog`liqligi. Jig`ildon qaynashini yengilashtiruvchi vositalar qo’llash, ularning turlari. 10. Ko`ngil aynashi: ovqat iste’mol qilishga va uni turiga bog`liqligi. 11. Qusish mavjudligi: a) Ochlikda qusish, ovqat iste’mol qilgandan so`ng qusish ( o`sha zaxoti yoki ma’lum vaqt o`tgach ), qusish qanday bezovtaliklar bilan o`tishi; qusgach bemorning axvolini o’zgarishi ; b) Qusuq moddasining xususiyatlari: yeyilgan ovqat, zardob, to`q jigarrang, toza qon laxtalari mavjudligi va x. k.; Qusuq moddasining xidi (chirigan, achimtir va x. k.), xidsiz. 12. Qorin og`rig`i mavjudligi va uning xususiyatlari: a) Og’riqni yoyilganligi yoki muayan joyda mavludligi; b) Og’riqni qachon va qanday sharoitlarda boshlanishi; ovqatlanishdan oldin, so`ng, (qancha vaqt o`tgach), tungi o`g`riqlar mavjudligi. Ovqatlanishning qorin og`rig`ini darxol to`xtatishi mavjudligi. Og`riqni yengilatishning boshqa usullaridan foydalanish (qusish; dori qabul qilish, isiq qo’yish va x. k.) v) Og’riqni iste’mol qilinadigan taom turi bilan bog`liqligi (quyuq taom, hazm bo`lishi qiyin bo`lgan taom, yog`liq, achiq va x. k. taomlar) yokiy uning miqdoriga bog’liqligi. g) Og`riqning xarakteri: kuchli, simillovchi, lo`qillovchi, xurujli, doimiy, kuchayib boruvchi. d) Og’riqni davomiyligi: g) Og’riq qanday be’zovtalik yoki symptom bilan hamrox xolda kechadi. j) Qorin og’rig’ida siydikni rangining to`qligi, og’riq xurujidan so`ng ichning rangini ocharishini kuzatilishi; 13. To’sh osti va boshqa soxalarda og`irlik va og`riq sezilishi. 10 14. Qorining shishganligi. Qorinning damlanishi va gazlarning chiqishi. Qorin bo`shlig`ining xaddan ziyod quldirashi. 15. Ich kelishini o’zgarishi: a) Ich kelishini xar kuni bir maromda, bir kunda bir necha bor turli vaqtlarda ich kelishi. Ich kelishi mustaqil, yoki qandaydir usul qo`llanilgandan keyin (klizma, ich yurg’izuvchi dorilar qo’llash). b) Ich qotishi: necha kungacha ich kelmasligi. v) Ich ketishi: nimadan keyin boshlanishi, sutka davomida ichni ketishi soni. g) Tenezmalar mavjudligi; d) Ahlat massasining xarakteri (suyuq, suvdek, quyuq, dona-dona va x. k.), ahlatning rangi va xidi; aralashmalar xususiyati: shilimshiq, qon va yiring, hazm bo`lmagan ovqat qoldiqlari , gijja va gijja tuxumlari mavjudligi. e) Qon ajralishi ich kelishi (ich kelishdan oldin, axlat aralash, yoki keyin). 16. Anus soxasini og’rishi, qizishi, qichishi,bavosir tugunlarining mavjudligi. 17. Ichakning oxirgi qismini tashqariga chiqishi mavjudligi. G. Siydik ajratish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 1. Bel soxasidagi og`riqlar mavjudligi: uning xususiyatlari (lo`qullovchi, kuchli, xurujli), og’riqning davomiyligi, nima tufayli boshlanishi yoki kuchayishi, o’g’riq bilan kuzatiladigan o’zgarishlar, nima tufayli yengilashishi. 2. Siydik chiqishi: oson, qiyinchilik bilan, odatdagi miqdorda, ingichka tizimchasimon, titilgan tizimchasimon, siydik tizimini yon tomonga yoki pastga og’shi (faqat erkaklardan so’raladi). 3. Siydik chiqarishda og`riq mavjudligi, siydik yo’lini achishishi, qizish (siydik chiqarishdan oldin, keyin, siydik chiqarilayotganda). 4. Siyish qanday muddatda takrorlanishi, ayniqsa tungi vaqtda. 5. Sutka davomidagi siydik miqdorini o’zgarishi. 6. Siydikni rangi: rangsiz, to`q, qonsimon, go’sht yuvindisiga o`xshash va x. k. 7. Siydik chiqarilayotganda siydik rangini o’zgarishi: boshlanishida, siyish jarayoni davomiyda, oxirida. 8. Siydikni tutib tura olmaslik. Doyimiy yoki tungi siydikni tutib tura olmaslik. D. Endokrin tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 1. Asabiylik, ruxiyat buzulishlari (xis- hayajon, vaxima yoki beg’amlik, uyquchanlik). 2. Bo`y va tana tuzilishi mutanosibligi buzilishi. 3. Tana vaznini o’zgarishi (semirish, ozish). 11 4. Teri xosilalari faoliyati o`zgarishi (xaddan tashqari terlash yoki teri quruqligi, uni dag’allashuvi, teri osti chandiqlari (striyalar) paydo bo`lishi; 5. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarishi, ayollarda hayiz tsikli va homiladorlik jarayonlarini o’zgarishi, erkaklarda mijos o’zgarishi (sustligi yoki to’satdan o’zgarishi, uning xususiyatlari), jinsiy faoliyatning xolati. 6. Soch o`sishining va tanadagi tuklarning joylashishi va o’sishini o`zgarishi (xaddan ortiq rivojlanishi, xos emas joyda o`sishi, sochning xaddan ziyod to`kilishi). 7. Meyyo’rdan ortiq chanqash. E. Tayanch xarakat tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 1. Suyak va bo`g`imlardagi o`g’riq (qanday muayyan sharoyitda boshlanib tarqalishi); 2. Og`riqning xarakteri: Obi-xavo o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida, xayojonlanishda, tanani tinch xolatida xam og`riqni sezish, tungi og’riqlar mavjudligi. 3. Bo`g`imlarning shishganligi, bog’im usti terisini qizarishi –giperemiyasi (aynan qaysi bo’g’imlar). 4. Xarakatning qiyinlashuvi, bo’gim karaxtligi (aynan qaysi bo`g`imlarda) ertalabki bo’g’im karaxtligi va unung davomiyligi vaqti. 5. Xarakatlanganda umurtqa pog`onasidagi og`riq va xarakatning qiyinlashuvi.
Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish