Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar



Download 431,63 Kb.
bet15/38
Sana03.06.2023
Hajmi431,63 Kb.
#948406
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
2 5449451507277639591

Matematika gazetasini chiqarish.
O’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishni oshirish va ularning bu fanni chuqur o’zlashtirishlarini ta’minlashda matematika gazetasi, ro’znomasini o’rni katta. Matematik gazetaga materiallar tayyorlash, uni sistemaga solish, tahlil qilish o’quvchilarni ijodiy fikrlash hamda mustaqillik qobilliyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Shu sababli har bir maktabda matematika to’garagini organi bo’lgan matematik devoriy gazeta doimiy chiqib turishi lozim. Devoriy ro’znoma maktab hayotini aks ettirish bilan birga bilim uchun va intizom uchun kurash olib boradi. Maktablarda devoriy gazeta bilan bir vaqtda bolalarning bo’sh vaqtlarini qiziqarli, zerikmaydigan qilib uyushtirish va ularda matematika faniga bo’lgan muhabbatini tarbiyalash maqsadida matematik gazeta chiqarish mumkin. Matematika gazetasini to’garak a’zolari tomonidan saylangan hamda o’qituvchi rahbarligida 3 - 5 o’quvchidan iborat redkollegiya chiqaradi. O’qituvchi redkollegiya a’zolariga ishlarni taqsimlab beradi. Bunda u redkollegiya a’zolarining istaklari va qobiliyatlarini hisobga olishi zarur. Masalan : bir o’quvchiga gazetani bezash, ikkinchi o’quvchiga matematika to’garagining hayotiga doir materiallarni yig’ish, yana boshqa bir o’quvchiga qiziqarli bo’limini uyushtirishni topshirish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar gazetani o’zlari chiqarishlari va uning muxbiri bo’lishlari kerak. Ro’znomani chiqarish uchun, sinfdagi hamma o’quvchilarni bu ishga jalb qiluvchi 3 - 4 tashabbuskor bolalar bo’lishi lozim. Redkollegiya a’zolari materiallarni ko’rib chiqadi va yig’ib qo’yadi. Ro’znomaning nomlari: ‘‘Yosh matematik’‘, ‘‘O’qi -tushun’‘, ‘‘O’qi -hisobla yech”, ‘‘Bo’sh vaqtlarda”, ‘‘Ziyraklik’‘, ‘‘Hisobla -chi’‘ va boshqalar bo’lishi mumkin. Ro’znomaning 1 -sonini qiziqarli va mazmunli qilib chiqarishga alohida e’tibor berish kerak. Bu esa gazetaning kelgusi sonlarini sifatli qilib tayyorlashga turtki bo’ladi.
Ro’znomadagi materiallarni to’g’ri ishlagan o’quvchilarning nomi, familiyasi, qaysi sinfdan ekanligi gazetani sonida yozilishi kerak. Ro’znomadagi materiallarga doir rasmlar chizish kerak. Ro’znomaning tashqi ko’rinishi va mazmuni o’quvchilarni o’ziga jalb qiladigan bo’lishi kerak. Matematika gazetasini sistemali chiqarishni ta’minlash uchun har qaysi sinfdan gazeta muxbirlarini saylash, ularga qanday mavzuda maqolalar yozish to’g’risida maslahatlar o’tkazib turish kerak.
Matematika gazetasi materiallari qiziqarli masalalar, topishmoqlar, sonli maqollar, boshqotirg’ichlar, matematikaga doir qiyinroq masalalar, qiziqarli kvadratlar va dasturdan tashqari masalalar, qiziqarli kvadratlar va dasturdan tashqari masalalar, fokuslar, har xil o’yinlar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Matematik gazeta chiqmaydigan yoki uni chiqarishga to’liq sharoit bo’lmagan joyda sinf yoki maktab gazetasida matematika bo’limi tashkil qilish mumkin. Bu bo’limning nomi ‘‘Hisobla’‘, ‘‘O’ylab top’‘, va boshqalar bo’lishi mumkin. Bu bo’limda matematik topishmoqlar, rebuslar, ajoyib misol va masalalar yoziladi. O’qituvchi gazeta muxbirlarining maktab va o’zlari o’qiydigan sinfning matematik hayoti, turmushdan olingan materiallar yordamida o’zlari tuzgan misol, masala, savollar, turli xil matematik adabiyotlardan olingan materiallar asosida yozilgan maqolalari bilan gazeta hayotida aktiv ishtirok qilib turishlariga erishmoq uchun harakat qilish kerak.
Matematika gazetasining bosh maqolasini “Ta’lim’‘ to’g’risidagi davlatimizning qarorlariga, buyuk matematiklarning yubileylariga, chorak yakunlariga, matematika to’garagi vazifalariga va shunga o’xshagan mahim voqealarga bag’ishlanadi. Ro’znomada ‘‘Bilasizmi?’‘ ‘‘Xatosini top’‘, ‘‘O’ylab ko’r!’‘ ‘‘Kim yechadi?’‘, kabi sarlavhalar ostida turli xil xabarlar, ma’lumotlar, matematik safizmlar, fikrlashga doir qiziqarli misol va masalalar, gazetaning oldingi sonida berilgan savol, misol, masalalarning javoblari beriladi. Matematika gazetalarda berilgan ba’zi materiallar quyidagicha bo’lishi mumkin.


  1. Download 431,63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish