Mavzu: bozor va uning tuzilishi


Bozor ning tarkibiy tuzilishi, bozor ko’lami



Download 83,41 Kb.
bet5/9
Sana02.06.2022
Hajmi83,41 Kb.
#629760
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
31-Mavzu Bozor va uning tuzilishi.

Bozor ning tarkibiy tuzilishi, bozor ko’lami

Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir.
Bozor ning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozor ning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozor ning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor , klassik (erkin) bozor , hozirgi zamon rivojlangan bozor larga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’proq, tasodifiy xarakterga ega bo’lib, unda tovarga – tovar ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Bozor ning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor -tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalashadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozor i — bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin.
Bular mahalliy bozor lar, milliy bozor lar, hududiy bozor lar va nihoyat jahon bozor i.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozor lar quyidagi turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozor i, valyuta bozor i va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozor i.
Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdo to’g’risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Tashkilot va muassasalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa fermerlar, shaxsiy, kooperativ va davlat xo’jaliklaridir.
Shuningdek, davlat va kooperativ savdo, dehqon bozor i ham farqlanadi. Davlat savdosini davlat, kooperativ savdoni matlubot kooperatsiyalari amalga oshiradi. Dehqon bozor ida savdoni, alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo’jaliklari hamda boshqa kooperativlar amalga oshiradi.
Tovar va xizmatlar bozor i bozor ning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bozor da xo’jalik sub’ektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo’jaliklari) davlat va korxonalar qatnashadi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozor ining maxsus turi intellektual tovarlar bozor idir. Bu bozor da aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar - ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ayirboshlash katta o’rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo’lib, bu bozor da asosan innovatsiya firmalari ish ko’radi. Mazkur firmalar yangiliklarni topish, bozor da sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha xizmat ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozor ida tovar sifatidagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozor da mashina, asbob-uskuna, xom ashyo, yoqilg’i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda ko’tarasiga (ulgurji) sotiladi. Resurslar bozor idagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozor ning barcha sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari va resurslar bozor i orqali ancha to’liq va yorqin namoyon bo’ladi. Shu sababli bozor ning ikki turi va uning sub’ektlari o’rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko’rgazmali tavsifini keltiramiz.




Download 83,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish