Mavzu: Chet el investitsiyalari harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solish masalalari



Download 183,3 Kb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi183,3 Kb.
#219770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliya kurs ishi


Mavzu: Chet el investitsiyalari harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solish masalalari.

Reja:


Kirish.

1.Soliq mexanizmi orqali investitsiyalar harakatini tartibga solishning ahamiyati va mohiyati.

2.Investitsiyalar harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solishning amaldagi tahlili.

3. Chet el investitsiyalari harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solishning rivojlantirish masalalari.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish bo’yicha hukumatimiz tomonidan katta ishlar olib borilmoqda. Bu islohotlarni amalga oshirish katta miqdorda moddiy, moliyaviy va intelektual investitsiya manbalarini izlashni taqozo etadi. Kurs ishining maqsadi mamlakatimizning investitsion faoliyati va iqtisodiyotimizni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rnini tahlil qilish va shu bilan bir qatorda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni soliqlar yordamida tartibga solish hisoblanadi. Kurs ishining vazifasi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni soliqlar vositasida rag’batlantirish va shuningdek ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif–tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

- xorijiy kapital ishtirokidagi subyektlar vositasida rag’batlantirishning mohiyati va ahamiyatini yoritish;

-xorijiy kapital ishtirokidagi subyektlarning byudjet oldidagi majburiyatlari va soliqlar vositasida rag’batlantirish mexanizmini tahlil qilish;

-iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy kapital ishtirokidagi subyektlarni qo’llab-quvvatlash va soliqlarning rag’batlantiruvchi ahamiyatini oshirish masalalarini bayon etish.

Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi: O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, I.A.Karimov asarlari, Sh.M.Mirziyoyev farmonlari, vatanimiz va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari va maqolalari. Mazkur ilmiy tadqiqotlar ushbu muammolar bo`yicha Davlat Statistika Qo`mitasining statistika ma`lumotlaridan foydalanildi. Kurs ishi kirish, 3ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, maqsadi va vazifalari keltirilgan.

Birinchi rejada soliq mexanizmining investitsiyalar harakatini tartibga solishdagi roli vaahamiyati o’rganilgan.

Ikkinchi reja investitsiyalar harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solishning amaliy tahliliga bag’ishlanadi.

Uchinchi reja chet el investitsiyalarining harakatini soliq mexanizmi orqali tartibga solishda bajarilgan ishlar va muammolar o’rganilgan.

Kurs ishining xulosa qismida mavzuni o’rganish natijasida nazariy va amaliy xulosalar umumlashtirilgan.

1. Soliq mexanizmi orqali investitsiyalar harakatini tartibga solishning ahamiyati va mohiyati.

Soliqlaming iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar ortasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy tolovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bolib, milliy daromadning bir qismi bolgan pul mablaglarini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.

Soliqlaming mohiyati ulaming bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Hаг bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. Soliqlaming funksiyalari togrisida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud bolishi mumkin emas, deb qaralardi. G’arb iqtisodchilari ko’pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. Bu konsepsiyaga kora soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag’batlantirish va daromadlami boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror osishni taminlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Biz kurs ishiga aloqador bo’lgan soliqning rag’batlantirish, tartibga solish, fiskal funksiyalariga to’xtalib o’tamiz.

.

Soliqlaming asosiy funksiyasi - fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so’zidan olingan bolib, xazina degan manoni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat korsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bolagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman ishlab chiqarish sohasini saqlab turish va rivojlantirish maqsadida undirib olish yoli bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish - soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.



Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini kopaytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko’proq etibor bergan sari moliyaviy resurslami koproq sarflaydi, lekin soliq tizimi ozining fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o’sishiga, jamg’arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bolishiga yo’l qoymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. Soliqlaming ushbu funksiyasi orqali paydo boladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yonaltiriladi. Ya’ni soliqning fiskal funksiyasi orqali davlat rivojlanmagan soha va yo’nalishlarga investitsiya kiritadi yoki davlat kafolati ostida chet el investitsiyalarini jalb etadi. Investitsion muhit va investitsion jozibadorlikning oshishiga sabab bo’ladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo’llanadi, yani aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlami bir qismi qayta taqsimlanadi.

Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi

Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlaming ikkinchi muhim funksiyasi ulaming iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan "soliq muhiti"ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir korsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Bunga misol qilib mamlakatda rivojlangan sohalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xuddi shu turdagi mahsulotlarning import qilnishiga turli boj va soliq stavkalarining oshishi misol bo’la oladi yoki aksincha mamlakatda rivojlanmagan sohani rivojlantirish maqsadida ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish maqsadida davlat o’sha soha ishlab chiqaruvchilari uchun turli xil soliq va boshqa turdagi imtiyozlar berishi mumkin. Soliqlaming tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlami ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bolgan yo’nalishda ragbatlantirish zarurati saqlanib qoladi.

Soliqlaming rag‘batlantirish funksiyasi

Ragbatlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mоl-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi tasir korsatadi, yani soliq yukuni kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag`batlantiradi. Soliqlaming ragbatlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qollab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlaming erkin faoliyat kosatishi ta’minlanadi.

Soliqlaming nazorat funksiyasi

Soliqlaming nazorat funksiyasi soliq tolovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq korsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq tolovchilar ozlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.

Vatanimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish va investitsiya faoliyati taraqqiyotini ta’minlash qulay investitsiya muhitini barpo etishni talab qiladi. Mamlakatimizda “Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi”ning tashkil etilgani chet el investitsiyalarini jalb etishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamg‘armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va yo‘l- kommunikatsiya sohasidagi strategik muhim investitsiya loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan iborat.



Shu bilan bir qatorda O’zbekiston oldida bir qancha muammolar mavjud, ularni hal etishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim deb topdik:

  • - xorijiy investorlargava milliy ishlab chiqaruvchilarga bir xil imkoniyat, imtiyozlar yaratish;

  • qo’shma korxonalarni tashqi bozorlarga yo’naltirilgan faoliyatini jadallashtirish, valyuta oqimini barqarorlashtirish. Bunga rag’batlantirish uchun turli xil kommunal xizmatlardan qisman ozod etish va soliq, yig’im, bojxona to’lovlaridan to’liq ozod etish orqali erishish;

  • investitsiyalarning hududiy bir yoqlamalik xususiyatini oldini olish maqsadida, viloyatlarni rivojlanganlik darajasi bo’yicha 3 guruhga bo’lib, sust rivojlangan regionlarga investorlar uchun ko’proq soliq va boshqa imtiyozlar yaratish;

O’zbekiston investitsion siyosatining asosiy qurollaridan biri – Davlat investitsiya dasturidir. U investitsiyalar manfaatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish va optimallash, shuningdek ular uchun imtiyozli rejim joriy etilgan sohalarni aniqlashga qaratilgan.


Download 183,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish