Mavzu: chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar hisobi reja: Buxgalteriya hisobida chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish tartibi



Download 295,76 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2022
Hajmi295,76 Kb.
#410849
1   2   3   4
Bog'liq
moliyaviy hisob must ish

3. Kurs farqlari hisobi

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar balansning valyuta moddalarini har oyi hisobot oyining oxirgi sanasi va xoʻjalik operatsiyalarni amalga oshirish sanasida Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashni amalga oshiradi.

Qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:

1. Quyidagilar qayta baholanmaydi:

a) chet el valyutasiga sotib olingan xo'jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, oʻrnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo'yilmalari, tovar-moddiy qiymatliklari; b) ustav kapitali miqdori va xoʻjalik yurituvchi subyektning, shuningdek chet el investitsiyalariga ega boʻlgan korxonalarning ta'sischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbatlari.

Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari toʻgʻri olib borish usuli qoʻllanilganda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi - 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyotining kredeti boʻyicha;

b) salbiy kurs farqi - 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyotining debeti bo‘yicha.

2. Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari jamgʻarish usuli qoʻllanilganda ular vujudga kelgan vaqtda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi - 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyotining krediti boʻyicha - ularning joriy qismi va (yoki) 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotining krediti boʻyicha - ularning uzoq muddatli qismi;

b) salbiy kurs farqi - 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyotining debeti boʻyicha - ularning joriy qismi va (yoki) 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotining debeti boʻyicha - ularning uzoq muddatli qismi.

Jamgʻarish usulini qo'llash natijasida jamgʻarilgan kurs farqlari moliyaviy-xo'jalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi:

a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo'yicha - ularning toʻlanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) bo'yicha;

b) boshqa hollarda - balansning tegishli valyuta moddalari bilan xoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilishi boʻyicha.

3. Kurs farqlaridan vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar va xarajatlarning joriy qismini oʻtkazish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi boʻyicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:

debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

b) salbiy kurs farqi boʻyicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o'tkazilganda:

debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;

kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;

Jamgʻarilgan kurs farqlarini moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining natijalariga mazkur Nizomning 22 bandida ko'rsatilgan tartibda olib borish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi:

debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyoti;

b) salbiy kurs farqi:

debet 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyoti;

kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti.

Kurs farqlarini buxgalteriya hisobida yuritishni soddalashtirish maqsadida kechiktirilgan daromadlar va xarajatlar schyotlarida mos ravishda aks ettirilgan ijobiy va salbiy kurs farqlarini hisobdan chiqarishni hisobot oyining oxiridagi chet el valyutasining bir birligiga toʻgʻri keladigan kurs farqining oʻrtacha miqdori boʻyicha amalga oshirishga ruxsat etiladi (kurs farqini oʻrtacha miqdori boʻyicha hisobdan chiqarishning shartli misoli mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan).

Kurs farqlarini olib borishda qo'llanilayotgan usullar xo'jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisob siyosatini kalendar yil davomida oʻzgartirmasligi lozim, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot" (1998-yil 14-avgust, ro'yxat raqami 474 - Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999 y., 5-son)ning 56-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Kurs farqlarini olib borishning jamlash usulidan toʻgʻri olib boorish usuliga oʻtishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldin toʻplangan kurs farqlari xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har oyda (bir me'yorda) hisobdan chiqarib boriladi.

Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida oʻrnatilgan hollarda har bir ta'sischi tomonidan ulushlarning kiritilishi Markaziy bankning ulushni kiritish sanasidagi kursi bo'yicha amalga oshiriladi.

Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida oʻrnatilgan hollarda va ustav kapitaliga ulushlar kiritish milliy valyuta - soʻmda yoki boshqa mulk shaklida amalga oshirilganda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.

Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda ta'sis hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari oʻrtasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qo'shilgan kapital sifatida 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyotida aks ettiriladi.

Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav kapitalini shakllantirishda ta'sis hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari oʻrtasida vujudga keladigan salbiy kurs farqi buxgalteriya hisobida 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyotining debetida ustav kapitalini shakllanishida vujudga kelgan oldingi ijobiy kurs farqi summasi chegarasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishdagi salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarga olib keladi.

Chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitali oshirilganda (kamaytirilganda) buxgalteriya hisobi maqsadida ustav kapitalining faqat oshirilgan (kamaytirilgan) qismi ta’sis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar ro'yxatdan o'tkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo'yicha milliy valyutaga qayta hisoblanadi.

Ustav kapitalini qo'shimcha oshirilganligi (kamaytirilganligi)ni shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining buxgalteriya hisobi ushbu Nizomning 30 va 31-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Agar chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitalining oshirilishi munosabati bilan ulushlar kiritish qonunchilikka muvofiq ta'sis hujjatlariga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazishga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, buxgalteriya hisobida ushbu xo'jalik operatsiyasi ta'sischilarga qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6600)ning kreditida aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻliqlikda aks ettiriladi.

Sugʻurta tashkilotlarida Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablagʻlarini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi "Devalvatsiya uchun rezerv" schyotiga olib boriladi. Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablagʻlarini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan salbiy kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi "Devalvatsiya uchun rezerv" schyotiga oldingi ijobiy kurs farqlari summasi chegarasida kamaytirishga olib boriladi. Salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarga olib boriladi.

Jamgʻarish usulida 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar", 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar", 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar", 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotlarida hisobga olingan kurs farqlari "Buxgalteriya balansi" (1-sonli shakl)ning aktiv va passivining tegishli qatorlarida va boshqa hisobotlarning tegishli moddalarida aks ettiriladi.

Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari moliyaviy hisobotning "Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot" (2-sonli shakl), statistik hisobotning "Korxonaning xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobot" (5-5-sonli shakl) va boshqa hisobotlarning tegishli moddalarida aks ettiriladi.

Kurs farqlarini oʻrtacha miqdor boʻyicha hisobdan chiqarishga shartli misol




Download 295,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish