2.2. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar mavzusini o‘qitish
Bu mavzuni bayon qilishda o'quvchilarga chizmalarda har xii shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanilsa sezilarli daraja grafik ishlarining hajmi kamayib, chizmalar ancha soddalashishini aytish kerak. Chizmalarda qo'llaniladigan ayrim shartlilik va soddalashtirishlarni o'qituvchi tomonidan tayyorlangan o'quv plakatlaridan ham ko'rsatish mumkin (61 va 62- shakllar).
Shunday qilib, uzun buyumlar (val, dasta, shatun, sterjen va boshqalar)ning chizmada uzib tasvirlanishi ham soddalashtirish hisoblanadi (62-shakl). Ikkita aylanish jismlarining kesishish (o'tish) chiziqlarini chizmada aniq yasashlar talab qilinmagan hollarda standartlarda ularning soddalashtirib tasvirlashga ruxsat berilgan. Grafik ishlarga mehnat sarfini kamaytirish va chizmalarni soddalashtirish maqsadida KHY A T DSTlari tasvirlarda qator shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanishga ruxsat bergan. Ularning ko'pchiliklari bilan tatlishib o'ti/di. Ayrimlari haqida quyida ma'iumot beramiz:
1. Agar tasvir simmetrik figura shaklida bo'lsa, uning yarmini, yoki undan sal ortiqroq qismini (bu holda uzish chizig'i to'lqinsimon yoki tutash siniq chiziq bilan ko'rsatiladi) tasvirlashga ruxsat qilinadi (63-shakl).
2. Tishli g'ildirak stupitsasi, shkivdagi teshik hamda shponka o'yiqlarini detaIning to'liq tasviri o'miga faqatgina teshik yoki o'yiq konturlarini tasvirlashga ruxsat beriladi (64-shakl).
3. Maxovik, shkiv, tishli g'ildiraklaming kegay(spitsa)lari, mustahkamlik qovurg'alaridagi yupqa devor kabilar kesuvchi tekislik o'q yoki elementning uzun tomoni bo'ylab yo'nalgan hollarda shtrixlanmasdan tasvirlanadi (65-shakl).
4. Dumaloq flanesda joylashgan teshiklar kesuvchi tekislikka tushmagan hollarda ham qirqimda ko'rsatiladi (65-shakl, b).
5. Sirtlaming kesishish (o'tish) chiziqlarini aniq qurish talab qilinmaydigan hollarda ko'rinish va qirqimlarda ulaming proyeksiyalarini soddalashtirib tasvirlashga ruxsat beriladi (66-shakl). Bir sirtdan ikkinchisiga ravon o'tish konturgacha biroz yetmay qoladigan ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi yoki bu chiziq butunlay ko'rsatilmaydi. Chizmada bir nechta bir xil teshiklar simmetrik joylashgan hollarda chizma bajarishni tezlashtirish uchun ulaming bittasi tasvirlanib, boshqalarining faqat markazlari ko'rsatiladi(67-shakl).
Xulosa
Chizma bu maxsus chizma asboblari yordamida ma’lum qonun va qoidalar asosida bajarilgan tasvir bo‘lib, u bizga buyum haqida, ya’ni uning ichki va tashqi tuzilishlari, o‘lchamlari bo‘yicha to‘la ma’lumot beradigan hujjatdir. Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizma alohida o‘rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayyorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig‘iladi. Chizma o‘ziga xos grafik baynalminal (internatsional) til bo‘lib, texnika sohasida savodli har bir kishi uchun u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir. Asosan, chizma informatsiya uzatishning grafik vositasi hisoblanib, u texnik g‘oyani ifodalashning eng tushunarli vositasi hisoblanadi. Chizmalar bir zavoddan ikkinchi zavodga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi. Chizmani o‘qiy oladigan har qanday ixtisosli kishi ularni tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o‘rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har bir kishi chizmachilikni yaxshi bilishi va o‘zlashtirishi lozim. Biroq chizmalar faqat texnikadagina zarur bo‘lib qolmay, insonning ko‘p kasblari uchun ham doimiy yo‘ldoshdir. Chizmalarga qarab turar joy binolari, to‘g‘onlar, shaxtalar, elektr stansiyalari, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari quriladi, kiyim-bosh, poyafzallar tikiladi, mebel yasaladi, shahar va qishloqlar ko‘kalamzorlashtiriladi. Texnikani o‘zlashtirish va uni rivojlantirish uchun malakali ishchi, muhandis, konstruktor va musavvirdizaynni ham chizmani bajarishi va uni o‘qiy olishi kerak, chunki chizma atrofimizdagi, mavjud olamdagi narsalarni o‘rganish vositalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har qanday inson chizmachilikni yaxshi bilishi lozim. Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ta‘lim sohasidagi tub islohotlarga e‘tibor oshib bormoqda. Chunki kelajak avlodni bilimli, har tomonlama yetuk shaxs qilib tayyorlashda pedagog o‘qituvchilar oldiga katta mas‘uliyat yuklamoqda. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti natijasida muhandislik fanlariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Men o’z kurs ishimning I bobida chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar haqida to‘xtalgan bo‘lsam, kurs ishimning II bobida esa chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar mavzusini o‘qitish metodikasi haqida yanada kengroq yoritgan holda o‘z kurs ishimni yakunladim. Biroz kamchiliklar bo‘lsada, o‘z ishimni to‘laqonli yorita oldim deb o‘ylayman. Va ushbu ishimni yozish davrida o‘zimda ko‘plab tajribalar va bilimlar egalladim. Kelgusida shu olgan bilim va ko‘nikmalarim asosida o‘z kasbimning mohir ustasi bo‘lishimga ishonaman.
Urganch Davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo`nalishi talabasi Rajabova Husniya Saparboy qizining chizmachilik fanidan “Chizmalarda shartlilik va soddalashtirish” mavzusidagi kurs ishiga -son umumta’lim maktabi o`qituvchisi tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |