Mavzu: Cho‘l zonasi



Download 41,29 Kb.
bet2/4
Sana14.04.2023
Hajmi41,29 Kb.
#927896
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Cho‘l zonasi dorivor o‘simliklari.

Gipsli cho‘llarga uchlamchi past tekisliklar, qadimiy tekisliklar va qoldiq past tog‘lardan tashkil topgan maydonlar kiradi. Umuman, yurtimizcho‘l mintaqalarida gipsli cho‘l salmoqli o‘rin egallaydi. Respublikamiz hududida eng yirik gipsli cho‘l Ustyurtdir. Shuningdek gipsli cho‘llarga Konimex, Qarnab, Malik cho‘l massivlari, Nurota tog‘ etaklari va Qizilqumning past tog‘lik maydonlari kiradi. Gipsli cho‘llarning tabiiy sharoiti o‘ta noqulay. Hududning asosiy tuproq tipi qo‘ng‘ir bo‘z tuproqlar hisoblanadi; u o‘z navbatida, fizik suv xususiyatlari jihatidan o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi uchun unchalik qulay bo‘lmagan tuproqlar jumlasiga kiradi. Chunonchi, gipsli cho‘llarga xos xarakterli bo‘lgan xususiyat - tuproqda gips (CaSO4+6H2O) qatlamining yuza (20-80sm) joylashganligidir. Kristall yoki amorf shaklli gips qatlamidan keyin turli tog‘ jinslari joylashgan. Ularning sho‘rlanishdarajasi turlicha. Garchand gipsning o‘zi o‘simliklarga bevosita kimyoviy salbiy ta’sir qilmasada, mexanik to‘siq sifatida ularning ildizsistemasining tuproqda chuqurroq rivojlanishida ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tekisliklardan tashqari gipsli cho‘l hududlariga Tomdi tog‘, Sultonuyaz tog‘, Kuljuk tog‘, Ariston - Beltog‘, Murun tog‘ kabi past tog‘liklar ham kiritiladi. Ularning o‘simlik qoplami asosan tekislikdagi gipsli cho‘l o‘simliklari tarkibidan keskin farq qilmaydi va har jihatdan ularga yaqin hisoblanadi.
Gipsli cho‘l hududlarining - o‘simliklar qoplami anchagina siyrak bo‘lib, o‘simliklarning tarkibi, zichligi jihatidan qumli cho‘llardan ancha past; masalan; ulardagi ozuqabop turlarning miqdori 30 dan ortiq bo‘lsa, qumli cho‘llar sharoitida ularning soni qariyib 2 barovar yuqori. Gipsli cho‘lning eng ko‘p tarqalgan yaylov tiplari - buta-barra o‘tli va yarim buta-barra o‘tli yaylovlar hisoblanadi. Mazkur yaylov tiplari shuvoq, quyrovuq, tatir, cho‘g‘on, qora saksovul, singren, qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, arpaxon, seta, baliqko‘z kabi turlardan tashkil topgan. Gipsli cho‘l yaylovlarining - yillik ozuqa zahiralari gektaridan yillar bo‘ylab 0,5- 2,0 sentner atrofida o‘zgarib turishi qayd qilingan (Granitov, 1964).
Gipsli cho‘l yaylovlariga xos yana bir holat shundaki, ko‘pchilik maydonlarda yoz mavsumi davomida vitaminlarga boy ko‘katlarning kamchilligi, ozuqabop o‘simliklar vegetatsiyasining pasayishi yoki tugashi hisoblanadi.

Download 41,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish