Mavzu: Dastlabki tergovni to‘xtatib turish va qayta boshlash. Reja: kirish


Dastlabki tergov tushunchasi va vazifalari



Download 148 Kb.
bet2/6
Sana12.10.2022
Hajmi148 Kb.
#852605
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dastlabki tergov

1.Dastlabki tergov tushunchasi va vazifalari.
Dastlabki tergov — bu jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslami aniqlash va ulami fosh etish, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlashga qaratilgan protsessual qonunchilikka qat’iy rioya qilgan holda tegishli vakolatga ega bo'lgan mansabdor shaxslar, ya’ni tergovchilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.Mazkur faoliyat prokuratura, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati organlari tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi (JPKning 344-moddasi). Prokuror va tergovchidan tashqari hech qanday boshqa muassasalar yoki shaxslar dastlabki tergov faoliyatini amalga oshirishi mumkin emas.
Dastlabki tergovni amalga oshirishdan maqsad quyidagi natijalarga erishish hisoblanadi:
• jinoyatni ochish;
• aybdomi fosh etish va aybsizni reabilitatsiya qilish;
• sud muhokamasini o'tkazish uchun yetarli bo'ladigan daliliy bazani shakllantirish;
• ayblanuvchining sudda shaxsiy ishtirokini ta’minlash;
• jinoyat natijasida yetkazilgan zarami qoplash to'g'risida qabul qilinishi mumkin bo'lgan sudning qarorini ijro etilishini ta’minlash bo'yicha choralar ko'rish.
Bu maqsadlarga quyidagi vazifalami bajarish orqali erishiladi:
• dalillami izlash, to'plash va tekshirish;
• zarur hollarda protsessual majburlov choralarini qo‘llash,
• ayblanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqini ta’minlash;
• jinoyat ishini sudga o‘tkazish yoki jinoyat ishini tugatish.
Dastlabki tergovni amalga oshirilishining majburiyligi — dastlabki tergovning umumiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, aytish kerakki, jinoyat protsessual qonunchiligining rivojlanish tarixi shunday davrlami o‘z ichiga oladiki, ularda dastlabki tergov barcha jinoyat ishlari bo‘yicha majburiy emas edi.Ba’zan jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritish surishtiruv bilan cheklanar edi. Amaldagi Jinoyat protsessual kodeksi bo‘yicha barcha jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov o‘tkazilishi shart. Biroq,aytish kerakki, jabrlanuvchi (fuqarolik da’vogar) yoki uning vakili tomonidan JPKning 583-moddasiga asosan, yarashuv to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa, bu hollarda dastlabki tergov amalga oshirilmaydi. Bunday arizada yetkazilgan zararni qoplash va yarashuv munosabati bilan jinoyat ishini yuritishni tugatish haqida iltimos ko‘rsatiladi.Bu hollarda surishtiruvchi, tergovchi, gumon qilinuvchining (ayblanuvchining) roziligi asosida yetti sutka ichida ishni sudga jo‘natish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Tergovga tegishlilik. Oldin aytib o‘tganimizdek, dastlabki tergov prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari,shuningdek, prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. E’tiborga olish kerakki, dastlabki tergov amalga oshiriladigan ishlarni taqsimlash jarayoni tartibsiz amalga oshirilmaydi. Bu masala qoidalari JPKda belgilangan tergovga tegishlilik instituti bilan tartibga solinadi.
Tergovga tegishlilikni aniqlaydigan belgilarga quyidagilar kiradi: jinoyatlar toifasi va ularning turi (predmet belgisi); jinoyat sodir etish joyi (hududiy belgi); jinoyat subyekti (shaxs belgisi).Tergovga tegishlilik haqidagi qoidalar JPKning 345—346-moddalarida mavjud.Predmet belgisi tergovga tegishlilikni sodir etilgan jinoyatning tarkibiga qarab aniqlaydi. Mazkur belgi bo‘yicha jinoyat ishlarining prokuratura, ichki ishlar va MXX tergovchilari tergoviga tegishliligi aniqlanadi.Prokuratura tergovchilari eng xavfli bo'lgan shaxsga qarshi jinoyatlarni tergov qiladi: odam oldirish, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar; ekologiya sohasidagi jinoyatlar, davlat hokimiyatiga qarshi jinoyatlar, odil sudlovga qarshi jinoyatlar, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar.Ichki ishlar organlari tergovchilari bosqinchilik, talonchilik jinoyatlari, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar, ayrim iqtisodiy jinoyatlar bo'yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi.MXX tergovchilari — davlatga xoinlik qilish, josuslik, kontrabanda, qo‘poruvchilik,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish va boshqa ishlar bo‘yicha tergov olib boradilar.
Tergovga tegishlilikning shaxs belgisi jinoyat subyekti bilan bog‘liq. U harbiy xizmatchilaming, shuningdek, prokurorlar va prokuratura organlari tergovchilarining jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha tergovga tegishliligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.Hududiy belgi jinoyat sodir etilgan joyi bo‘yicha tergovga tegishliligini aniqlaydi. Lekin jinoyatni tez, to‘la va xolisona tergov qilish uchun u jinoyat aniqlangan joy bo‘yicha yoki ayblanuvchi, gumon qilinuvchi turgan joyi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Mazkur belgi ilgari aytilgan barcha belgilar bilan uyg‘unlanishi mumkin.Shunday qilib, har bir jinoyat ishining tergovga tegishliligi predmet va hududiy belgilar yoki shaxs va hududiy belgilar majmuyi bilan aniqlanadi.Tergovchi ish uning tergoviga tegishli emasligini aniqlab, barcha kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini amalga oshirishi va ishni tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborish uchun prokurorga berishga majbur. Jinoyat sodir etish joyi belgisi bo‘yicha tergovga tegishliligi masalasi tergov boshlangan tuman prokurori tomonidan hal etiladi.
Dastlabki tergov tizimini (surishtiruv va dastlabki tergov) bir necha bosqichga bo‘lgan holda tavsiflash mumkin. Birinchi bosqich umumiy tergov deb nomlanandi. Bu bosqichda hodisa aniqlanishi fakti bo‘yicha (ayblanuvchi bor-yo‘qligidan qat’i nazar) tergov amalga oshiriladi. Keyin umumlashtirilgan tergov deb nomlangan ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqich davrida ayblanuvchi aniqlangan bo‘ladi va dastlabki ayblov e’lon qilish boshlanadi. Dastlabki tergovning uchinchi, oxirgi bosqichi maxsus tergov deb nomlanadi. Bunday nomlanish quyidagilar bilan shartlangan: oldingi bosqichlarda jinoyat ishida muayyan shaxsni ayblanuvchi sifatida jalb etish (ayblov e’lon qilish) amalga oshirilgan va endi bu bosqichda yakuniy ayblovni aniqlashga qaratilgan muayyan ayblanuvchiga nisbatan tergov amalga oshiriladi. Dastlabki tergov, nafaqat, ayblov xulosasini tuzgan holda ishni sudga yuborish bilan, balki jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror bilan yoki tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qollash to‘g‘risidagi qaror bilan tugallanishi mumkin (JPKning 372-moddasi).
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, dastlabki tergov-bu sudgacha ish yuritishning bir qismi bo‘lib, ish holatlari bo‘yicha uning xulosalari sud uchun dastlabki xarakterga ega bo‘ladi va ular sud tomonidan dalillami bevosita o‘rganish sharoitida, taraflaming teng huquqliligi va o‘zaro tortishuvi asosida tekshirilishi lozim bo‘ladi.



Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish