Mavzu davlat shaharsozlik kadastri



Download 1,24 Mb.
bet1/5
Sana11.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#774302
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fayzullayev Muxriddin

TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI 27-20 GURUH TALABASI FAYZULLAYEV MUXRIDDINNING ZAMONAVIY SHAHARSOZLIK KONSEPTSIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISHI

Mavzu DAVLAT SHAHARSOZLIK KADASTRI

Reja: 1. Davlat shaharsozlik kadastri 2. Davlat shaharsozlik kadastri tarkibi 3. Shahar yerlarining bosh vazifasi 4. Xulosa


Davlat shaharsozlik kadastri - aholi yashash joylari hududlaridagi barcha er maydonlari bo’yicha tizimlashtirilgan, ishonchli ma’lumotlar to’plami(ma’lumotlar bazasi). Davlat shaharsozlik kadastrida har bitta erdan foydalanuvchi sub’ekt bo’yicha erdan foydalanuvchining, er egasi yoki mulkdorining nomi ko’rsatiladi, yuridik maqomi, er uchastkalarining umumiy shakli, joylashgan o’rni, maydoni, er turlari, toifalari, ularning qulayliklari, sifati va bahosi to’g’risidagi mukammal ma’lumotlar beriladi.
Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy printsiplari hisoblanadi:O’zbekiston Respublikasining butun hududini to’Hq qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qo’llanish; kadastr axborotlarini shakllantirish usullarining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatli-ligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish qulayligi.Hududlardan amalda foydalanilishi, foydalanish shartlari, shaharsoz-lik boyliklari va hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi.SHaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda er uchaskalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar o’rtasidagi hududlarning ko’chmas mulki boshqa ob’ektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yig’indisi tushuniladi.
Davlat shaharsozlik kadastri quyidagilardan iborat bo’ladi: topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari;hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to’g’risidagi ma’lumotlar;muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, shuningdek hudud- laming obodonlashtirilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar;hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni va ularni qurishni shaharsozlik ji- hatidan rejalashtirish to’g’risidagi ma’lumotlar;
hududlami zondlash va hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari to’g’risidagi ma’lumotlar;uy-joy fondining texnik holati to’g’risidagi ma’lumotlar; shaharsozlik faoliyati ob’ektlari monitoringi ma’lumotlari.Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hududiy arxitektura va qurilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Davlat shaharsozlik kadastri ob’ektlari to’g’risidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi.Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri ob’ektlari to’g’risida-gi huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish ma’lumotlarining bosh-lang’ich manbai sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega bo’ladi.Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish qog’oz va yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.Davlat shaharsozlik kadastri ob’ektlari to’g’risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish