Mavzu: desmurgiya. Qattiq bog'lamlar. Reja: Qattiq bog’lamlar haqida



Download 439,24 Kb.
bet2/4
Sana15.04.2022
Hajmi439,24 Kb.
#553294
1   2   3   4
Bog'liq
qattiq bog;lamlar

TRANSPORT TAXTAKACHLASH
Bemorni bir joydan boshqa manzilga o'tkazish uchun transport immobilizatsiyasi, ya'ni taxtakachlash alohida ahamiyatga ega. Chunki uning tartibining buzilishi, bir-biriga to'g'rilab qo'yilgan suyak siniklarining siljishiga, shokning transportirovka vaqtida og'irlashishiga, katta magistral tomirlarning suyak siniqlari bilan birga shikastlanishiga, siljishiga va shunga o'xshash asoratlarga sabab bo'ladi.
Transport shinalariga qo'yiladigan shartlar quyidagilardan iborat:
1. Ular mustahkam, yengil va qo'llash uchun sodda bo'lishi lozim. 2. Ular bilan faqatgina shikastlangan joy mustahkamiashishidan tashqari, yaqin oradagi bo'g'im ham taxtakachlanishi kerak. Masa-lan, son suyagi singanda oyoqning uchta bo'g'imi qotirilishi kerak.
3.Shinalardan foydalanganda tomir, nerv tolalari qisilmasligi kerak. Yopiq suyak shikastlarida transport taxtakachlar kiyim ustidan qo'yilsa, ochiq suyak shikastlarida avvalo jarohatga sterillangan bog'lam qo'yiladi, keyin taxtakachlanadi. Buning uchun shaxsiy individual paketlardan foydalanilsa bo'ladi, u bilan bog'langach, ustidan shina qo'yiladi. Simli shinalami bemorga qo'yishdan oldin ular paxta va doka bilan o'rab chiqiladi. Suyak va bo'g'imlarning bo'rtib chiqqan sathlarida yara-chaqa boimasligi uchun qo'shimcha paxtadan yostiqcha qo'yiladi. Qo'1-oyoq shinalar bilan fiksatsiya qilinganda barmoq va panjalar ochiq qoldiriladi. Shinalar bint bog'lami bilan qotiriladi, bu holda singan suyak siniqlaii bir biridan siljimasligi kerak. Iloji bo'lsa, qo'1-oyoqqa funksional holat beriladi . Transport shinalar fiksatsiya va distraksiya qiluvchi shinalarga bo'Iinadi. Fiksatsiya shinalaridan tananing ma'lum qismini ushlab turish uchun foydalaniladi. Buning uchun standart hisoblangan narvonsimon simli Kramer shinasi (a-rasm), to'rsimon Esmarx shinasi b.d-rasmlar), plastmassali yoki shishadigan pnevmatik shinalarni misol qilib keltirsa bo'ladi . Bularga tez, ma'lum bir shakl keltirsa bo'ladigan Kramer shinasi kiradi. Undan faqat fiksatsiya qilish uchun emas, balki davolash uchun ham foydalaniladi. Bilak, barmoqlar va tovon shikastlanganda Esmarx shinasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Issiq suvga solinganda kishi tanasining kerak bo'lgan sathiga moslashtirish iloji bo'lgan sintetik plastik shinalar amaliyotda keng qo'llanilmoqda. Shina asta-sekin sovib, qurigach, uzoq vaqt davomida keltirilgan shaklni saqlab turadi. Shishirish, havo yuborish natijasida kerakli shaklni oluvchi pnevmatik shina klapanli polietilen qopchalardan tashkil topgan. Qo'l yoki oyoqqa qo'yilgan shina havo bilan shishiriladi, shinalar tomondan shikastlangan joyni mustahkam tutib turadi. Agar ixtisoslashgan maxsus shinalar topilmasa, qo'l ostidagi narsalardan ham foydalansa bo'ladi, buning uchun fanera, taxtacha, daraxt novdasi, to'g'ri tayoq va shu kabilarni, ya'ni moslashtirilgan shinalarini qo'Ilash mumkin. Bu narsalar bo'lmasa, shikastlangan qo'lni bemor tanasiga, oyoqni sog' oyoqqa fiksatsiya qilish mumkin. O'mrov suyagi singanda paxta-doka bilan moslashtirilgan halqadan foydalanish mumkin. Umurtqa pog'onasi yoki chanoq suyagi shikastlansa bemorni transport taxtakachlash uchun uzun serbar taxtalardan foydalanilib yotgan holatida davolash muassasasiga olib boriladi. Uning uchun qattiq zambillarni ishlatsa bo'ladi. Kalla suyagi shikastlanganda Yelanskiy shinasidan foydalaniladi . Son va chanoq-son bo'g'imi shikastlanganda tortuvchi Diterixs shinasi qo'llaniladi . Bu shina ikkita yassi taxtadan iborat bo'lib, uzuni oyoq va tananing tashqi tomoniga, kichigi esa oyoqning ichki tomoniga moslashgan. Tashqi va ichki taxtakachlarda teshiklar bo'lib, shikastlangan oyoqni qo'yish uchun 1.5 m uzunlikdagi enli bint o'tkaziladi, tashqi shina bo'lagi bemorning qo'ltig'idan tovonini 10-15 in yopib turguncha qo'yiladi, kichik qismi esa ichki tomondan, chov sohasidan boshlab tovondan 10-15 sm chiqib turguncha qo'yiladi. Shinaning suyak bo'rtmalariga qo'ltiq, chov sathlariga tegib turuvchi qismlariga qo'shimcha paxta-dokali yostiqchalar qo'yiladi, so'ngra ko'krak qafasiga, belga, chanoq-son bo'g'irniga, tizza va boldir sathlariga sirkulyar bint turlari bilan qotiriladi. Qo'shimcha kamarlar bilan shina bo'yin va bel salhlari orqali mustahkamlanadi. Ikkala shina qismlari (ichki va tashqi qismlari) uchidan ko'ndalang shina moslamasi bilan bir biriga biriktiriladi, o'rtasidagi teshikdan o'tgan bint bog'lami bilan oyoq me'yorda tortib turiladi. Ba'zan shikastlangan oyoqning pastki tomonidan Kramer shinasi qo'shimcha fiksatsiya qilinadi. Ekstenzion moslamalar va davolash shinalari travmatologiyada keng qo'llaniladi, ular to'g'risida darslikning singan suyaklarni davolash qismida to'liqroq ma'lumot beramiz. Ekstenzion shinalar qo'1-oyoqni tortib turish bilan birga, davolash davrida ularni uzunasiga cho'zish imkonini beradi. Masalan, yelka suyagi diafizar singanda abduksion tanadan uzoqlashtiruvchi shina qo'yiladi. Bu shina yelka suyagini uzunasiga cho'zishi ham mumkin. Shuningdek, tanadan uzoqlashtiruvchi tanaga maxsus kamarlar bilan qotiriladigan SITO shinasidan foydalaniladi

Download 439,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish