Mavzu: diagnostika va qaror qabul qilish amaliy dasturlari



Download 22,3 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2022
Hajmi22,3 Kb.
#677558
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish-Pulatova G

Diagnostika (yun. diagnostikos — aniqlashga qodir) — klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlimi. D. fan sifatida uch asosiy qismga boʻlinadi: 1) bemorning shikoyatlarini yigʻish va oʻrganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, yaʼni bemorni tekshirish usullari; 2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi taʼlimot (semiotika); 3) bemorni tekshirib, olingan maʼ-lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashqis qoʻyish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, yaʼni tashhis metodikasi.
Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday oʻtgani, mehnat va turmush sharoiti yo oʻzidan, yoki yaqin kishilaridan (goʻdak bolani tekshirishda onasidan) soʻrab olinadi, yaʼni anamnez toʻplanadi. Anamnez toʻplash va bemorning kasallik tarixini toʻgʻri bayon qilib berish tashhis uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega.
Obʼyektiv tekshirishda bemor koʻzdan kechiriladi va palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya metodlari qoʻllaniladi. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, koʻruv va eshituv, taʼm va hid biluv oʻtkirligini aniklash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini oʻrganish D.ning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda t-rasi va qismlari oʻlchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan aʼzolarni tekshirishda har xil koʻzgular (quloq, burun, hiqildoq, qin koʻzgulari) va optik asboblar (koʻzni tekshirishda — oftalmoskop, qiziloʻngachni koʻrishda — ezofagofibroskop, meʼda-ichak tekshirishda — gastroduodenofibroskop, kolonoskop va h.k.)dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qogʻozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya)ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potensiallarining oʻzgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroensefalografiya) ayniqsa kimmatli usuldir. 20-asr oxirida ichki aʼzolar kasalliklari D.sida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qoʻllanila boshladi. Baʼzi kasalliklarni aniklashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, kon aylanish, ajratish aʼzolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar alma-shinuvining buzilishi aniklanadi. Lab.da qon, siydik, axlat, balgʻam, shuningdek, koʻmik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punksiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyo-viy tekshirishdan oʻtkaziladi (qarang Biopsiya). Kasallikni qoʻzgʻatgan mikroblar va immunitetnk aniklash maqsadida oʻtkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar D. uchun katta ahamiyatga ega. Hoz. radiotelemetrik D. usuli (biror koʻrsatkichni masofadan oʻlchash) ishlab chiqilgan.
Ayrim hollarda kasallik simptomlari kam, chalkash boʻlishi yoki tipik boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda differensial D. usuli qoʻllaniladi: vrach bemorda topilgan simptomlarni taxmin qilinayotgan kasalliklarga mos kelish-kelmasligini mukammal tahlil qilib, taxmin qili-nayotgan kasalliklarni hisobdan chiqara boradi va shu yoʻl bilan muayyan xulosaga kelgach, kasallikka tashhis qoʻyadi.
Funksional kasalliklar D.sida tashhis qoʻyishda asosiy va yoʻldosh kasalliklar hamda asoratlar sabablari aniklanadi, sistema va aʼzolar faoliyatining buzilish darajasi belgilanadi, tekshirilayotgan bemorning shunday kasallik bilan ogʻrigan boshqa bemordan farq kiladigan fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Patologo-anatomik D.da bemor vafot etganidan keyin uni yorib olingan maʼlumotlar va toʻqimalar biontatini taxlil qilish asosida tashhis qoʻyiladi. D.ni takomillashtirishda telekommunikatsiya, internet va elektron aloqalardan foydalanish mumkin.
Veterinariya D.si umumiy va maxsus boʻladi. Umumiy D.da kasal hayvonni roʻyxatga olinadi, analizlar yigʻiladi, shilliq qavati, limfa tu-gunlari, yungi, terisi tekshiriladi, harorati oʻlchanadi va h. k. Maxsus D.da esa ichki aʼzolar, kon, siydik, oshqozon va ichaqdagi narsalar, orqa miya suyukligʻi, goʻngi va b. tekshiriladi.
XULOSA
Tibbiyotda qaror qabul qilish(Clinical Decision Support System) tizimi intelektual tizim bo`lib , bu ttizim hamisha bemorlarni kasalliklarini yengillashtirishda va doctorlarga qaror qabul qilishda yordam beradi. Bu tizim har bir fuqoroni kasallikdan ozod etishda va kelajakda sog`lom avlod yetishib chiqishida yordam beradi. Shifoxonalarda bemorlarning kasalligi bo`yicha doctorlar qaror qabul qilishi bilan birgalikda vaqtdan yutishda hamda hujjatlar aylanishida ham kata yordam beradi. Kompyuterlarning shifohonalarda va poliklinikalarda paydo bo'lishi ko'p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o'zgartirib yuboradi. Endi siz tug'ridan-tug'ri shifokor huzuriga yul olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo'yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo'lsangiz, sizniki ham bo'ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo'lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu erning o'zida shifokor kompyuterga kiritib qo'yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma'lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo'yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo'lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin.
Download 22,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish