Mavzu: Ehtiyot choralari



Download 131,35 Kb.
bet4/7
Sana31.12.2021
Hajmi131,35 Kb.
#245157
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EHTIYOT CHORALARI

1-bosqich. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yuzasidan iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarish. Bu bosqichda prokuror yoki prokurorning roziligi bilan tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 236, 242-243moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarishga haqli. Surishtiruv jarayonida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi aniqlansa, surishtiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 342-moddasiga muvofiq, surishtiruv yuritish muddati o‘tishini kutmasdan, ishni darhol tergovchiga o‘tkazadi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda, shaxs gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan jinoyat, uning tavsifi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchini qamoqqa olish zaruratini tasdiqlovchi asoslar, shuningdek shaxsga nisbatan boshqa turdagi ehtiyot chorasini qo‘llash maqsadga muvofiq emasligi haqidagi xulosalar bayon etilishi lozim. Qarorga iltimosnomani asoslantiruvchi zarur materiallar (jumladan, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorlar, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221 va 225-moddalari asosida tuzilgan ushlab turish bayonnomasi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlarga doir hujjatlar, himoyachining orderi yoxud himoyachidan voz kechish haqidagi bayonnoma va boshqa hujjatlarning nusxalari) ilova qilinadi. Zarurat bo‘lganda, sudga mazkur hujjatlarning asli taqdim qilinishi mumkin.

Iltimosnoma va materiallar sudga ushlab turish muddati tugashidan kamida o‘n ikki soat oldin taqdim qilinadi.

Qonunda belgilangan ushlab turish yoki qamoqda saqlab turish muddati o‘tgandan so‘ng sudga taqdim etilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Bunday hollarda, ushlab turilgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxsni ozod qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 234moddasi va 240-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hal etiladi. Shu bilan birga, bunday iltimosnoma sudga qonunda belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng, biroq ushlab turish yoki qamoqda saqlab turish muddati o‘tgunga qadar taqdim qilingan taqdirda, sud tomonidan uni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan esa sud xususiy ajrim chiqaradi.



2-bosqich. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani sudda ko‘rib chiqish. Yuqorida tilga olingan iltimosnoma qonunga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal etishi lozim bo‘lgan sudya tortishuv protsessi qoidalariga rioya etadi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma material kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida, lekin O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 226moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ushlab turish muddati oxiridan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Ushlab turish tariqasidagi protsessual majburlov chorasi qo‘llanilmagan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma ham o‘n ikki soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash jinoyat protsessining eng dastlabki davriga taalluqli bo‘lganligi bois, jinoyat ishi materiallari uncha ko‘p bo‘lmaydi va ular bilan tanishib chiqish uchun o‘n ikki soat juda ko‘plik qiladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi (agar u ishda qatnashayotgan bo‘lsa) ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili va tergovchining bu jarayonda ishtirok etish huquqi qonunda belgilab qo‘yilgan. Bu bilan esa, qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash masalasida sudga taqdim etilgan dalillarni tomonlarning tortishuvi prinsipi asosida tekshirib, qonuniy qaror qabul qilishga zamin yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 20 va 51moddalarida nazarda tutilgan hollarda sud majlisida tarjimon va himoyachining ishtiroki ta’minlanishi shart. Iltimosnomani ko‘rishda boshqa shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rish joyi, sanasi va vaqtini belgilaydi hamda bu haqda iltimosnoma kiritgan prokurorni xabardor qiladi. Prokuror yoki uning topshirig‘iga ko‘ra tergovchi sud majlisi ishtirokchilarining, shu jumladan, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining sudga kelishlarini ta’minlaydi. Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning (ayblanuvchi va tarjimon bundan mustasno), sud majlisiga kelmaganligi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rish uchun monelik qilmaydi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rishga, faqat unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan holdagina yo‘l qo‘yiladi.

Ayblanuvchi ishtirokisiz ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni qo‘llash masalasi hal etilayotgan vaqtda sud majlisida advokatning ishtirok etishi shartligi, ayblanuvchi topilgandan keyin qamoqqa olish masalasini uning ishtirokida qaytadan ko‘rib chiqish lozim.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala sudning binosida, yopiq sud majlisida har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan alohida ko‘rilib, majlis sudya tomonidan qanday iltimosnoma ko‘rib chiqilishini e’lon qilishdan boshlanadi. Iltimosnomani ko‘rib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanib, u qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish zaruratini asoslab beradi. So‘ngra gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek tergovchi (agar u majlisda hozir bo‘lsa) eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. So‘ngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.




Download 131,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish