Yirtqichlik bir turdagi organizmlarning boshqa turdagi organizmlar (bitta yoki bir nechta) bilan oziqlanishdan iborat. Biotsenozda yirtqichlarining sonini hamda ularning qurbonini a tartibga soluvchi evolyutsion mexanizm xususiyati mavjud. Yirtqichlarni yo’q qilish ularni qurbonlarini yashash qobiliyatini pasayishiga, ya‘ni tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Parazitizm bu har xil turdagi organizmlarning biotik aloqalar shakli bo’lib, unda bulardan bittasi boshqasining hisobiga, uning tanasi ichida (endoparazitizm) yoki tashqarisida (ektoparazitizm) yashaydi. Parazit bilan organizm egasi orasidagi aloqaning uzoq davom etishiga bog’liq holda doimiy parazitizm yoki statsionar va vaqtinchalik parazitizimlarga ajratiladi. Parazitizmning mezoni uning o’ziga xosligi hisoblanib, ya‘ni evolyutsin mexanizm moslashishi hisobiga kun kechiradi. Raqobat – bu turlararo va turlar ichidagi shunday munosabatki, bunda populyatsiyalar (alohida tur) oziqlanish va yashash muhitining sharoitlari uchun bir-birlari bilan kurashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |