Mavzu: Endokrin tizim fiziologiyasi Asosiy savollar



Download 27,43 Kb.
bet6/10
Sana08.04.2022
Hajmi27,43 Kb.
#537692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
№8 узб

Qalqonsimon bez. Bu ichki sekretsiya bezlari orasida eng kattasi bo’lib (15-30g), har xil diametrli follikullardan tashkil topgan. Follikullarning ichki yuzasi kubik epitelial hujayralar bilan qoplangan. Bu hujayralarning asosiy xususiyati qondagi yodni kimyoviy va elektrik gradientga qarshi ajratib olib, uni gormonal faol organik moddalarga aylantirishdan iborat. Bezning asosiy gormonlari tiroksin va triyodtironin follikulalar epiteliyi ishlagan kolloidning tarkibida bo’ladi. Follikulalar atrofida tireokaltsitonini sintezlovchi parafollikulyar hujayralar joylashgan. Folikullar atrofidagi bo’shliqdan juda ko’p kapillyarlar o’tadi. Bu kapillyarlar orqali bezga gormonlarni sintezlanishi uchun zarur bo’lgan moddalar etkazilib, tayyor gormon qonga chiqariladi. qalqonsimon bez gormonlar yod va tirozin aminokislotasidan sintezlanadi. qon plazmasidagi yodning 90-95% teroksin tarkibida bo’ladi. Tireoid gormonlarning faqat 0,1% plazmada erkin, qolgan qismi oqsillarga bog’liq xolda bo’ladi. Fiziologik fallikga erkin tiroksin ega bo’ladi.
Tireoid gormonlar ko’plab metobolik jarayonlarni o’zgartirib, to’qimalarning o’sishi va etilishiga tasir qiladi. Kartikoid va tireoid gormonlar organizmning muhit o’zgarishlariga xususan, mavsumiy o’zgarishlariga moslashishini taminlaydi. Bu gormonlar organizmga yuborilganda asosiy modda almashuvi oshadi, kislorod sarflanishi va karbonat angidrid chiqarishi ko’payadi. Gormonlar mitoxondriyalaridagi oksidlanish va oksidlanishli fosforlanish jarayoniga bevosita tasir qiladi.
Hujayralarda oqsil sintezi tezlashib, yog’ va uglevodlar ko’proq parchalanadi.
Tireoid gormonlar to’qimalarning katexolaminlariga nisbatan sezgirligini oshiradi. Bu gormonlar miqdori qonda ko’paysa, adrenalin va noradrenalining juda ham ozginasi periferik qon tomirlarini toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi.
Qalqonsimon bez faoliyatining xaddan tashqari kuchayib ketishi tireotoksikozga olib keladi va organizmda quyidagi o’zgarishlar ro’y beradi: 1) MAT qo’zg’aluvchanligi oshadi odam serjaxl bo’lib qoladi, bexuda bezovtalanadi, yig’laydi, uyqusi buziladi; 2) qo’llarida titrash (tremor) paydo bo’ladi; 3) taxikardiya ro’y berib, arterial qon bosimi ko’tariladi; 4) nafas o’zgaradi, o’pkaning daqiqalik havo almashinuvi (ventilyatsiyasi) ko’payadi; 5) meda-ichak tizimining harakatlari kuchayadi; 6) ko’z yorig’i va qorachiq ken-gayadi hamda ko’z chaqchayadi.
Qalqonsimon bez bolalik davridanoq sust ishlaganda kretinizm ro’y beradi. Kretinlarning bo’yi o’smay qoladi, gavda nisbatlari o’zgaradi, yani qo’l-oyoqlari kalta, boshi katta bo’ladi, balog’atga etish to’xtaydi, ruxiy rivojlanishdan orqada qoladi. Tili og’ziga sig’may og’zidan chiqib turadi. Bu miksedema (shilimshiq shish) belgilaridan biridir. Miksedema voyaga etgan odamning qalqonsimon bezi sust ishlaganda kuzatiladigan xolat. Uning ko’pgina belgilari tiretoksikoz alomatlarining teskarisi. Miksedemaga uchraganlarning asosiy modda almashinuvi 30-40% ga sekinlashib ketadi. Tana harorati pasayadi, bradikardiya, gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida azo va to’qimalarning hujayraaro bo’shliqlarida albumin va mutsin miqdori ko’payib, bu erdagi suyuqlikning onkotik bosimi oshib ketadi. Natijada to’qimalarda suv yig’iladi, «shilimshiq shish» paydo bo’ladi. Kretin xastaligiga uchragan bolaning tili shishib ketish sababli og’ziga sig’may qoladi. MAT faoliyati buzilishi natijasida miksedema kasaliga uchraganlarning fikr yuritishi va so’zlashi qiyinlashadi, unga xech narsaga ishtiyoq bo’lmaydi. Boshqa endokrin bezlar, xususan jinsiy bezlar faoliyati buziladi.
Tireoid gormonlarning qondagi miqdori barqarorligini gipofizning tireotrop gormoni taminlaydi. Treotrop gormonning qonga o’tish tezligi, o’z navbatida, rilizining gormonlarining faolligiga bog’liq. Tireotrop gormonlarini qondagi miqdori kamaysa yoki organizmning bu gormonlarga extiyoji oshsa, masalan, organizmga sovuq tasir qilganda, gipotalamusning gipofizotrop sohasidan tireotropin – rilizing gormonning adenogipofizga o’tishi tezlashadi, qonda tiretrop gormon miqdori oshib, follikullardan tireoid gormonlarining qonga o’tishi tezlashadi. Agar triyodtironin va tiroksinning qondagi miqdori oshsa, rilizing gormonning faolligi pasayadi, tiretropin miqdori ham kamayadi, natijada qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdori kamayadi. Demak, qalqonsimon bez faolliyatini boshqarishda ham manfiy qaytar aloqa tamoyili muhim rol o’ynaydi.

Download 27,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish