Mavzu: Eritmalarning kristallanishi. Isitish, suyuqliklarni sovitish va bug'ni kondensasiyalanishi



Download 179,68 Kb.
bet1/5
Sana10.06.2022
Hajmi179,68 Kb.
#649771
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Eritmalarning kristallanishi. Isitish, suyuqliklarni sovi


1-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Eritmalarning kristallanishi. Isitish, suyuqliklarni sovitish va bug'ni
kondensasiyalanishi.


Eritma yoki erigan qotishma tarkibidan kristallar holatida qattiq fazani hosil qilish jarayoni kristallanish deb ataladi. Kristallanish jarayoni eritishning teskarisi hisoblanadi. Ikkala jarayon ham qattiq faza-suyuqlik sistemasida yuz beradi. Kristallanish jarayoni odatda suvli eritmadagi kristallanishi lozim bochlgan moddaning eruvchanligini kamaytirish orqali, ya`ni uning haroratini ochzgartirish yoki erituvchining bir qismini bug`latish yochli bilan amalga oshiriladi. Erigan qotishmalardan kristallarni ajratib olish uchun esa ular sovitiladi.
Kristallanish jarayoni eritmadagi qattiq faza eruvchanligining o’zgarishiga asoslangan. Harorat ortishi bilan moddalarning eruvchanligi ko’payib, ular yaxshi eruvchanlik xususiyatiga ega bo’ladi. Harorat ortishi bilan ba`zi moddalarning eruvchanligi kamayib ketadi va ular yomon eruvchan moddalar hisoblanadi.
Berilgan haroratda eritmaning qattiq faza bilan muvozanat holatida bochlishi to’yingan eritma deyiladi. To’yingan eritma tarkibidagi erigan moddaning miqdori eruvchanlik darajasini belgilaydi. Eruvchanlik erigan moddaning va erituvchining xossalariga, haroratga hamda qo’shimcha komponentlarning borligiga bog`liq. To’yingan eritma o’z tarkibida imkoni boricha ko’p miqdorda erigan modda ushlaydi. Bu holatdagi eritma turg`un bo’ladi.
O’ta to’yingan eritma esa o’z tarkibida eruvchanlik xususiyatiga nisbatan ortiqcha miqdorda erigan modda ushlaydi. Shu sababli o’ta to’yingan eritmalar turg`un bo’lmaydi. Bunday eritmalardan ortiqcha erigan moddalar kristall holida ajraladi, so’ngra esa eritma yana to’yingan holatga o’tadi.
Eritmalarning o’ta to’yinish holatiga quyidagi usullar bilan erishish mumkin:
1) ochiq idishda erituvchining bir qismini bug`latish;
2) bug`latish qurilmasida qaynayotgan eritmadagi erituv­chining bir qismini bug`latish;
3) eritmaga suvni o’ziga tortuvchi moddalarni qo’shish;
4) to’yingan eritmani sovitish.
Sanoatda kristallanish jarayoni quyidagi bosqichlarda boradi:
1) kristallanish;
2) hosil bo’lgan kristallani eritmalardan ajratib olish;
3) kristallarni yuvish va quritish.
Kimyoviy texnologiyada kristallanish turli moddalarni toza holatda olish uchun keng qo’llaniladi. Oziq-ovqat sanoatida kristallanish jarayoni qand-shakar ishlab chiqarishda, glyukoza olishda, konditer sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Kristallanish jarayoni moddalarni ajratishning boshqa usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
1) energetik xarajatlari past, chunki moddalarning solishtirma suyulish issiqligi ularning bug`lanish solishtirma issiqligiga nisbatan 6-8 marotaba kam bo’ladi;
2) ish haroratlari past;
3) yaqin qaynovchi komponentli va azeotrop aralashmalarni ajratish imkoniyati mavjud;
4) erituvchilarni ishlatishga ehtiyoj yo’q;
5) modda suyultirilgan holatdan kristall holatga o’tganida katta termodinamik ajratish koeffitsiyentiga ega bo’lganligi sababli kristallanish yuqori samaradorlikka ega.


Download 179,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish