Mavzu: Fan ijtimoiy-madaniy hodisa Reja: 1


Fan olam haqidagi bilimlar tizimi (olam, jamiyat, inson), fan



Download 68,35 Kb.
bet2/12
Sana04.02.2022
Hajmi68,35 Kb.
#428369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-мавзу ИТМ

Fan olam haqidagi bilimlar tizimi (olam, jamiyat, inson), fan yangi bilimlarni egallashdagi inson faoliyati; fan jamiyat, davlatni tashkil qilish shakl (institut)laridan biri. Falsafa ensiklopedik lug‘ati»da (M.1983) «fan» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Fan reallik haqidagi obyektiv bilimlarni tayyorlash va nazariy tizimlashtirish funksiyasi xos bо‘lgan inson faoliyati sohasidir. Tarixiy taraqqiyotda fan jamiyatda ishlab chiqarish kuchiga va muhim ijtimoiy institutga aylanadi. Fan tushunchasi о‘zida yangi bilimni egallashdagi faoliyat va shu faoliyat natijasida dunyoning ilmiy manzarasi haqidagi shu davrgacha bо‘lgan ilmiy bilimlarni mujassamlashtiradi». «Fan» atamasi ilmiy bilimning alohida sohalarini belgilashda ham ishlatiladi1.
1994 yilda nashr qilingan «Qisqacha falsafa ensiklopediyasi»da (M. 1994) shunga о‘xshash ta’rif beriladi: «Fan (yunoncha episteme, lotincha scientia)-reallik haqidagi obyektiv bilimlarni yaratish va nazariy sxemalashtirish funksiyasiga ega bо‘lgan inson faoliyatining sohasidir»2. Barcha davr va xalqlarda mavjud bо‘lgan madaniyat tarmog‘i sifatida fan yaratuvchilari mustaqil funksiyani bajaruvchi yunonlar bо‘lib, keyinchalik, buni madaniy hayotning alohida ideali sifatida Yevropa xalqlariga yetkazdilar (aniqrog‘i, Yevropa xalqlari bu idealni qabul qilganlar). Fan inson bilimining mohiyatini tashkil qiladi3.
Hozirgi vaqtda fan avvalo ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bо‘ladi. Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bog‘liq ekanligi, ijtimoiy kontekstda о‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi va о‘zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki xil munosabat qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, aniq bilim olish va yaratishga bо‘lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga kelgan va о‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir kо‘rsatadi.
Ijtimoiy madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yо‘nalishda davlat boshqaruv tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bо‘ladi.
Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalarda boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga oshishini nazarda tutadi, jamoa sifatidagi fan esa bu kafedralar, bо‘limlarda ishlayotgan olimlar xodimlar, ularga odamlarning tipik kо‘rinishiga xos bо‘lgan barcha fazilatlar xosdir.Shu bois, jamoa sifatidagi fanda munofiqlar, haqiqiy fan fidoiylari, fikr о‘g‘rilari va amalparastlar faoliyat yuritadi.
Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida qaralishi shu bilan izohlanadiki, uning asoslarini о‘rganish tо‘g‘risida sо‘z yuritilgan taqdirda bugungi kunda biz fan deb ataydigan hodisaning chegarasi «madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan о‘zining dastlabki – faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va «haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bо‘ladi.
Ijtimoiylik munosabatlarining о‘zi odamlarning odamlar xususidagi munosabatlari va odamlarning narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlarning barcha jabhalariga kirib boradi, u odamlar о‘rtasidagi munosabatlarning asosiy negizlaridan ham, narsalarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat shakllaridan ham о‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan bо‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, degan xulosa kelib chiqadimi yoki, aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. Shu narsa aniqki, fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’nalarga, qabul qilingan qadriyatlar va meyorlarga tayanadi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan jamiyat mulkiga aylangan va ijtimoiy xotirada saqlanayotgan bilimlarni о‘zlashtirmasdan rivojlana olmaydi. Fanning madaniy mohiyati uning axloqiy tamoyillar va qadriyatlar bilan boyib borishiga sabab bо‘ladi. Fan etosining yangi imkoniyatlari intellektual va ijtimoiy mas’uliyat muammosi, qarorlar qabul qilishning shaxsiy jihatlari, ilmiy hamjamiyat va jamoadagi ma’naviy muhit muammolarida namoyon bо‘ladi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fanni tushuntirishning mushkulligi shu bilan izohlanadiki, fan о‘z erkinligidan voz kechmaydi va ijtimoiy munosabatlar kontekstiga butunlay singib ketmaydi. Fan, hech shubhasiz, «kommunitar (kollektiv) korxona»dir. Biron-bir olim о‘z hamkasblarining yutuqlariga, odamzotning umumiy xotirasiga tayanmasligi mumkin emas. Fan juda kо‘p odamlarning hamkorligini talab qiladi, u intersubyektivdir.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizatsion rivojlanish tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi taklif qilgan tasnifga kо‘ra sivilizatsiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy yondashuv sivilizatsiyalarning ikki xili: an’anaviy va texnogen sivilizatsiyalarni hisobga olib, umumiy sivilizatsion farqlashni taklif qiladi. Texnogen sivilizatsiyalar XV-XVII asrlarda Yevropa mintaqasida texnogen jamiyatlar paydo bо‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qо‘shilib ketgan, ayrimlari esa, texnogen va an’anaviy mо‘ljallar о‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan.
Texnogen rivojlanishning madaniy matritsasi uch bosqich: oldindustrial, industrial va postindustrial bosqichlardan о‘tadi. Texnika va texnologiyaning rivojlanishi uning muhim kо‘rsatkichiga aylanadi. Rivojlanishning texnogen tipi – bu tabiiy muhitning jadal sur’atlarda о‘zgarishi, uning odamlar ijtimoiy aloqalarining faol о‘zgarishi bilan birikishidir. Texnogen sivilizatsiya yuzaga kelganiga 300 yildan sal kо‘proq vaqt bо‘lgan. U ancha agressiv bо‘lib, kо‘pgina eski madaniy an’analarning halokatiga sabab bо‘ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati maydoniga aylanadi. Inson о‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga turtki beruvchi markaz sifatida amal qiladi. «Kuch» tushunchasi ishtirokidagi umumiy madaniy munosabatlar tavsifi shundan kelib chiqadi: ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy kuchlar, intellektual kuchlar va h.k.
An’anaviy va texnogen jamiyatlarda shaxs erkinligi muammosiga nisbatan munosabat ham har xildir. An’anaviy jamiyatga shaxs erkinligi umuman xos emas, shaxs imkoniyatlarini faqat muayyan korporatsiyaga mansublik orqali, korporativ aloqalar elementi sifatida rо‘yobga chiqarish mumkin.
Texnogen jamiyatda har xil ijtimoiy birliklar va madaniy an’analar bilan о‘zaro munosabatlarga kirishish imkonini beruvchi shaxs erkinligi himoya qilinadi. Inson faol mavjudot sifatida tushuniladi. Uning faoliyati ekstensiv bо‘lib, sirtga, tashqi dunyo va tabiatni bо‘ysundirish va о‘zgartirishga qaratiladi. Biroq tabiat har xil texnogen mashg‘ulotlar uchun tubsiz rezervuar bо‘lishi mumkin emas, chunki inson faoliyati azaldan biosfera dominanti emas, balki uning komponenti hisoblanadi.

Download 68,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish