Mavzu: fanga kirish. Umumiy epidemiologiya. Epidemik jarayon haqidagi ta’limot. Asosiy epidemiologik tushunchalar. Nazariy qism



Download 375,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana11.03.2023
Hajmi375,97 Kb.
#918030
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Nazariy material

 
 
Epidemik jarayon haqidagi ta’limot. Epidemik jarayonning rivojlanishida ijtimoiy 
va tabiiy sharoitlarning roli. Epidemik jarayonning rivojlanishida epidemiologik 
nazariyalarning roli. Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. Epidemiyaga qarshi 
chora tadbirlar va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkillashtirish asoslari.
Epidemik jarayon deganda nimani tushunasiz? 
Epidemik jarayon bu kasallik qo‘zg‘atuvchisi va odam organizmi orasidagi o‘zaro 
ta’sirning populyatsiya darajasida namoyon bo‘lishidir. 
Epidemiya o‘chog‘i nima? 
Epidemiya o‘chog‘i bu ma’lum vaqt oralig‘ida odamlarga yuqumli kasallik 
qo‘zg‘atuvchilari yuqish ehtimoli bo‘lgan hudud chegarasidir. 
Epidemiya o‘chog‘ining chegarasi va vaqt bo‘yicha davomiyligi nimalarga 
bog‘liq ? 
Epidemiya o‘chog‘ining chegarasi va vaqt davomiyligi uning 3 ta elementi 
tabiatiga bog‘liq bo‘ladi: 


1)
Kasallik chaqiruvchilarining tarqalish nuqtai nazaridan qaralganda kasal 
kishilar 
2)
Kasallik yuqtirish havfi nuqtai nazaridan qaraganda sog‘lom kishilar. 
3)
Odamlarning kasallanish havfi nuqtai nazaridan qaralganda tashqi muhit. 
Agar epidemiya o‘chog‘ida 1 ta kasallanishdan boshqa kasallanish 
takrorlanmasa bu kasallik o‘chog‘i nima deb ataladi? 
Agar epidemiya o‘chog‘ida 1 ta kasallanishdan boshqa kasallanish takrorlanmasa 
bu kasallik o‘chog‘i 1 ta kasallik o‘chog‘i deb ataladi. 
Agar kasallik o‘chog‘ida yana qayta kasallanish takrorlansa, bu qanday kasallik 
o‘chog‘i deb ataladi? 
Agar kasallik o‘chog‘ida yana qayta kasallanish takrorlansa, bu kasallik o‘chog‘i 
ko‘p sonli kasallik o‘chog‘i deb ataladi. 
Yuqumli kasalliklarning nechchi xil o‘chog‘i mavjud? 
1.tabiiy o‘choq 
2.antropurgik o‘choq (ya’ni insonlar tomonidan yaratilgan o‘choq). 
Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishida qanday kasallanish 
turlarini bilasiz? 
1.endemik kasallanish (endemiya) 
2.ekzotik kasallanish. 
Endemik kasallanish yakkam dukkam kasallanish hollari. 
Epidemik kasallanish esa: 1) Muayyan hududda bir vaqtning o‘zida aholi orasida 
kasallanishning ko‘payib ketishi( epidemik portlash). 2) epidemik kasallanish(tor 
ma’noda tushuniladi). 3) pandemiya. 
Sporadik kasallanish deb nimaga aytiladi? 
Sporadik kasallanish deb ma’lum hududda, muaynyan vaqt oralig‘ida ma’lum 
turdagi yuqumli kasallik bilan odatdagi kasallanishga aytiladi. 
Epidemiya nima degani? 
Epidemiya tushunchasi bilan kasallanishning vaqt va hudud bo‘yicha avj olib 
rivojlanishiga aytiladi. 
Pandemiya deb nimaga aytiladi? 


Pandemiya deb, kasallanish ko‘rsatkichlari darajasi va ko‘lami bo‘yicha nihoyatda 
keng tarqalishiga (bir necha mamlakatlar, qit’alar ) aytiladi. 
Epidemiyaga qarshi tadbirlarning turlari qanday? 
Epidemiyaga qarshi tadbirlar quyidagilardan iborat: 
1.Kasallik manbai; tashxisiy, bemorni ajratish, davolash va qoidali chegaralab 
qo‘yish. Sanitariya veterinariya va deratizatsion. 
2.Yuqish mexanizmi; sanitariya gigienik. Dezinfeksion va dezinseksion. 
3.Organizmning kasallikka moyilligi; immunoprofilaktika ...shoshilinch 
profilaktika. 
4.Umumiy; laboratoriya tekshirishlari.Sanitariya maorifi ishlari. 
Tanlab olingan belgilar bo‘yicha epidemiyaga qarshi tadbirlarni qo‘shimcha
ravishda guruhlash nimalardan iborat? 
Tanlab olingan belgilar bo‘yicha epidemiyaga qarshi tadbirlarni qo‘shimcha 
ravishda guruhlash: 
1.Epidemiyaga qarshi vositalar(dori darmonlar) talab qiluvchi; davolash, 
deratizatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, immunoprofilaktika, shoshilinch 
profilaktika, laboratoriya tekshirishlari. 
2.Epidemiyaga qarshi vositalar(dori darmonlar) talab qilmaydigan; bemorni ajratib 
qo‘yish, qoidali chegaralab qo‘yish, sanitariya veterinariya tadbirlari, sanitariya 
gigienik tadbirlar, sanitariya maorifi. 
3.Dispozitsion; immunoprofilaktika va immunokorreksiya, shoshilinch 
profilaktika. 
4.Ekspozitsion; ajratib qo‘yish va davolash, qoidali chegaralab qo‘yish tadbirlari, 
sanitariya veterinariya tadbirlari, sanitariya gigienik tadbirlar, deratizatsiya, 
dezinfeksiya, dezinseksiya. 
5.Umumiy; sanitariya maorifi, laboratoriya tekshirishlari. 
6.Profilaktik; ma’lum shart sharoitlardan kelib chiqadi. 
7.Epidemiyaga qarshi epidemiya o‘chog‘ida o‘tkaziladigan tadbirlar; ma’lum shart 
sharoitlardan kelib chiqadi. 

Download 375,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish