Mavzu: Favqulotta vaziyatda axolini muxofaza qilish. Jamoa himoya vositalari



Download 38,13 Kb.
bet3/3
Sana20.07.2022
Hajmi38,13 Kb.
#830235
1   2   3
Bog'liq
hfx 10 favqulotda vaz

1.Geologik xavfli hodisalar:
-odamlar o‘limiga, ma’muriy ishlab chiqarish binolarini, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy yo‘nalishdagi binolarining va uy-joylarining turlicha darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan zil-zilalar;
-odamlar o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar.
2.Gidrometeorologik xavfli hodisalar.
-odamlar o‘limiga aholi punktlarini, ba’zi sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’ektlarini suv bosishiga infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar.
-aholi punktlaridagi sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish
lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chqilari, kuchli shamollar, dovullar, jala va boshqa xavfli gidrometerologik hodisalar.
Geologik favqulodda holatlarga – vulqonlar otilishi va yer qimirlashlari kiradi. Yer qimirlashi – eng xavfli va vayron qiluvchi favqulodda holatdir. Yer qimirlaganda atrofni o‘rab turgan fazoda seysmik zarb kuzatiladi, vulqonlar otilishi, sunamilar paydo bo‘lishi, tog‘ qatlamlarini so‘rilishi, qor va muzliklarni ko‘chishi va boshqa hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yer yuzasidagi yer qimirlash kuchini ball orqali ifodalash, uning ob’ektga ta’sirini esa yer qimirlashning intensivligi sifatida qabul qilingan. Yer qimirlash kuchi 1 dan 4 ballgacha bo‘lganda binolar va inshootlarga zarar yetmaydi, yer yuzasida va suvlarda o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
1 balli yer qimirlashda yer faqat maxsus moslamalar orqali aniqlanadigan sezilarsiz silkinadi.
2 ballik yer qimirlashni nihoyatda tinch holatda turgan kishilargina sezishi mumkin.
3 balli yer qimirlashni osilgan narsalarni juda yengil tebranishi orqali diqqat bilan turgan odamlar sezadi.
4 balli yer qimirlashini tinch turgan mashina va osilgan buyumlarni yengil silkinishi orqali sezish mumkin. 4 balli yer qimirlashni bino ichida o‘tirgan ko‘pchilik odamlar sezadi.
Yer qimirlashi 5 ball bo‘lganda pollar va oraliq to‘siqlar g‘ichirlaydi; oynalarni zirillashi, ochiq deraza va eshiklarni harakatlanishi, oqmaydigan suv yuzasida kichik to‘lqin hosil bo‘lishi kuzatiladi, atrofdagi buyumlarni silkinishi sezilarli bo‘ladi.
6 balli yer qimirlashi ko‘pchilik binolarni yengil shikastlanishi, bir kavatli g‘ishtli, toshli va paxsali uylarda yetarlicha buzilishlar kuzatiladi. Nam yerdlarda 1 sm kenglikdagi yoriklar paydo bo‘ladi. Xonadagi osilgan narsalar silkinadi, ba’zan kitob javonidan kitoblar, shkaflardagi idishlar qulaydi, yengil mebellar joyidan suriladi, yurayotgan odamlarni muvozanati buziladi.
Yer qimirlashi 7 ball bo‘lganda binolar sezilarli darajada shikastlanadi, ayrim hollarda ular buziladi. Yo‘llarda yoriqlar hosil bo‘ladi, quvurlarga ulangan joyidan darz ketadi, toshli to‘siqlar shikastlanadi. Quruq yerda ingichka yoriqlar hosil bo‘ladi, yer cho‘kishlari va ko‘chkilari sodir bo‘lishi mumkin. Suvlarning yangi manbalari hosil bo‘lib
esqilari yo‘qoladi. Xonadagi osilgan buyumlar kuchli silkinadi, yengil mebellar joyidan siljiydi. Odamlar qo‘shimcha tayanchlardan foydalanmasdan harakatlana olmaydi. Bunda xonadagi barcha odamlar xonani tark etishi lozim bo‘ladi.
8 balli yer qimirlashda ko‘pchilik binolarda yetarlicha buzilishlar sodir bo‘lishi, ayrimlari esa butunlay buzilishi mumkin. Tog‘ qoyalarida va nam yerda ko‘plab yoriqlar paydo bo‘ladi; tog‘ qatlamlarini ko‘chishi kuzatiladi. Suv hovzalarida suv loyqalanadi, quduqlarda suv manbai va sathi o‘zgaradi. Xonalardagi mebellar joyidan qo‘zg‘aladi, ba’zan qo‘lab tushadi, yengil buyumlar joyidan sakrab turadi va og‘naydi. Odamlar qiyinchilik bilan oyoqda tik turadi. Barcha odamlar xonani tark etishi lozim.
9 balli yer qimirlashda temir yo‘llarni qiyshayishi, yo‘llarning ustki qatlamini shikastlanishi, tutun chiqarish quvurlari va bashnyalarni buzilishi sodir bo‘ladi.
Ko‘pchilik binolar qo‘lab tushadi. Yerda kengligi 10 sm gacha bo‘lgan darzlar hosil bo‘ladi.
Xonadagi mebellar qulaydi va sinadi. Hayvonlarning bezovtaligini oshishi kuzatiladi.
10 balli yer qimirlashi ko‘plab binolarni vayron bo‘lishiga, dambalarni sezilarli shikastlanishiga sabab bo‘ladi, yo‘llarga darz ketadi, tik turgan minoralar va boshqa minoralar, yodgorliklar, haykallar qulaydi. Yerda eni 1 m gacha bo‘lgan yoriqlar hosil bo‘ladi. Qoyalarni va dengiz qirg‘oqlarini qulashi, yangi ko‘llarni paydo bo‘lishi va boshqa shunga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Hayvonlarning inoqligi buzilib, o‘zaro agressivligi
kuchayadi.
11 balli qimirlashda binolarni umumiy vayron bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Quvurlar butunlay ishdan chiqadi. Katta masofadagi temir yo‘li yaroqsiz holatga keladi. Yerning yuzasida ko‘psonli yoriqlar hosil bo‘ladi, yerning yuza qatlamida vertikal siljishlar ro‘y beradi. Suv manbalarining rejimlarida kuchli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, suv hovzalarining va yer osti suvlarining sathi o‘zgaradi. Xonalarda, qurilish vayronalari ostida sezilarli darajada odamlarni halok bo‘lishi va hayvonlarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi.
12 balli yer qimirlashda bino va inshootlar butunlay vayron bo‘ladi. Aholining sezilarli qismi kuchkilardan halok bo‘ladi. Yer qatlamida vertikal va gorizontal darzlar va siljishlar hosil bo‘ladi. Ko‘llar, sharsharalar hosil bo‘ladi, daryolarning oqim yo‘nalishlari o‘zgaradi. Tog‘li rayonlarda hayvonlar, o‘simliklar ko‘chkilardan halok va nobud bo‘ladi.
Vulqon otilishietarlicha xavfga ega bo‘lgan geologik hodisa hisoblanadi. Yer qatlamida sodir buluvchi, otiluvchi jarayonlar hozirgacha yetarlicha o‘rganilmagan.
Meteorologik favqulodda holatlar. Meteorologik favqulodda holatlarga suv bosishlari, bo‘ronlar, dovullar, girdoblar, suv toshqinlari, yer so‘rilishlari, qor ko‘chkilari, yer kuchishlari va boshqalar kiradi. Suv bosishi bu ma’lum hududni daryo, ko‘l va dengizlar sathining ko‘tarilishi natijasida vaqtinchalik suv bosgan hududlardir. Bu holat kuchli yomg‘ir yog‘ishi, muzliklarning tez erishi, suv hovzalari va gidrotexnik inshootlar dambalarini buzilishi, dengiz tomondan daryolarga suvlarni shamol yoki
sunami orqali haydalishida yuz beradi. Suv bosishlari qisqa (bir necha soatdan bir necha haftagacha) va uzoq muddatli (2 haftadan ortiq) bo‘ladi. Suv bosishi vaqtida odamlar sog‘ligi va hayoti uchun real xavf tug‘iladi, inshootlar va kommunikatsiyalar vayron bo‘ladi, uskunalar ishdan chiqadi, hayvonlar halok bo‘ladi, suv ostida qolgan ekin va moddiy boyliklar yo‘qotiladi. Bundan tashqari suv bosish hududida hamda aholi ko‘chirilgan
joyda sanitar-gigenik va sanitar-epidemiologik holat yomonlashadi. Suv bosishidan ko‘riladigan zararni kamaytirish uchun aholii o‘rtasida ogohlantirish ishlari olib boriladi. Ogohlantirish ishlari ikki turga bo‘linib uzoq muddatli va bevosita suv bosishi xavfi vujudga kelgan joyda amalga oshiriladi. Birinchi holatda profilaktik tadbirlar daryo, ko‘llar hovzalarida va dengiz qirg‘og‘idagi suvdan qo‘riqlash kompleks
tadbirlari doirasida umumiy tartibda olib boriladi. Ogohlantiruvchi ishlarga suv bosishi xavfi vujudga kelganda Gidrometxizmatining signali va xabaridan so‘ng kirishiladi. Odatda suvni tarqalib ketishini cheklash uchun chiqarish kanallari qaziladi, dambalar va himoya to‘siqlari quriladi, yertulali binolar germitiklanadi, birinchi qavatdagi derazalar va eshiklar suv kirmaydigan qilib yopiladi. Avariya holatlari yuz berishi vaqtida kerakli jihozlar va materiallar, rezina etik zahiralari, kiyimlar, qumli xaltalar tayyorlanadi. O‘lchash jihozlari, zarur holda kuzatish postlari o‘rnatiladi. Amaliyotning ko‘rsatishicha amalga oshirilgan ushbu tadbirlar yo‘qotishlarni 60 % gacha kamaytiradi. Agar suv bosishi yuz berib, odamlar suv bosgan zonada qolsa ularni qutqarish uchun qayiq, katerlardan va odamni ushlab tura oladigan qo‘ldan tayyorlangan boshqa vositalardan foydalanish mumkin.
Download 38,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish