Mavzu: fizika o’qitishda o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish


ASOSIY QISM 2. 1. Fizika fanidan o’quvchilar bilan mustaqil ishlarni tashkil etish



Download 297 Kb.
bet2/10
Sana15.12.2022
Hajmi297 Kb.
#887008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tozoboyeva Marjanoy 2-G fizika

ASOSIY QISM
2. 1. Fizika fanidan o’quvchilar bilan mustaqil ishlarni tashkil etish
O’quvchilarni mustaqil va hayotda faol inson qilib yetishtirish tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. O’quvchilarda mustaqillikni shakllantirish deganda ikkita masala kozda tutiladi. Ulardan biri bilish faoliyatida mustaqil bilmlar olishni rivojlantirish bo’lsa, ikkinchisi olgan bilmlarini mustaqil ravishda amaliyotda qollay olishlariga erishishdan iborat.
Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlarni bajarilishlari mumkin:
-o’quv va malumotnoma adabiyotlar bilan ishlash;
-masala yechishda turli ish shakllari:
-laboratoriya amaliy ishlar;
-qidiruv elementiga ega bo’lgan frontal tajribalar;
-tarqatma materiallar bilan ishlash;
-kinematik sxemalar bilan ishlash;
-o’rtoqlarining javoblari va chiqishlarni taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorash; tajribalarni kuzatish va undan xuosalar chiqarish;
-asboblar va ko’rgazmalar tayyorlash va hakozo [1].
Mustaqil ish qanday bo’lishdan qati nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajardi. U mustaqil ishining hajmi va mazmunini, darsdagi o’rnini, uslubini aniqlaydi, vazifa tuzadi, o’quvchilarga yo’llanma beradi, o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatadi. Mustaqil ishlar o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi, ular bajara oladigan va qiziqarli bo’lishi lozim.
Agar o’qituvchi o’quv jarayoniga muntazam ravishda turli ko’rinishdagi mustaqil ishlarini kiritib borsa, o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikma va malakasi shakllanib boradi. Mustaqil ishlar biror – bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Buning uchun o’qituvchi shunday vazifani shakllantirishi kerakki, unga o’quvchi qiziqib qolsin va uni iloji boricha yaxshi bajarishga intilsin. O’quvchi ishni qanday bajarishni va bajarilganligini qanday tekshirilishini ham yaqqol ko’z oldiga keltirsin. Bu ishga ongli va maqsadga yo’nalgan ravishda yondashishga, hamda uni muaffaqiyatli yakunlashga sabab bo’ladi. Bunga rioya qilmaslik ishni bajarish jarayonida o’quvchilarning bir necha marta o’qituvchiga murojat qilishiga, vaqtni ratsional sarflanmasligiga va iahni mustaqil bajarish darajasining pasayishiga olib keladi.
Mustaqil ishni bajarishda o’quvchi xaqiqatdan ham mustaqil ravishda bor kuchini sarflab ishlashga intiltirishi kerak. Lekin bunda o’quvchilarda zo’riqish paydo qilish mumkin emas. O’quvchilar ishni bajarishga ham nazariy, ham amaliyjixatdan tayyor bo’lishlari lozim.
Dastlabki davrda o’quvchilarda eng oddiy mustaqil ishni bajarish ko’nikmasi shakllantirilishi kerak. Bunga sxema va chizmalarni chizish, oddiy o’lchashlarni bajariash, murakkab bo’lmagan masalalarni yechish va hakozolar kiradi. O’qituvchi o’quvchiga ishni davom ettirish uchun yo’l – yo’riqlar ko’rsatadi. Bunday holatlarda bajarilgan ish to’la mustaqil bajarilgan bo’lmaydi. Lekin, keyinchalik unga nisbatan yuqoriroq darajadagi ishlarni bajarishga zamin hozirlaydi.
O’quvchilarga shunday ishni berish kerakki, u tayyor nusxadan ko’chiradigan yoki qolipi aniq berib qo’yilgan bo’lmasligi kerak.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda o’qituvchi aynan bir xil ishni turli o’quvchilar bir xil vaqt davomida bajarishlarni hisobga olishi kerak.
Sinfda bajarilayotgan ishlarni kuzatib turib, o’qituvchi ishlarini bajarib bo’lgan o’quvchilarni aniqlashi va ularga biroz murakkabroq bo’lganishlarni berishi lozim. Ayrim o’quvchilarga dastlabki bajariladigan mashiqlar miqdorini kamaytirib berish mumkin. Boshqalari asalaning yangiligi bilan, mazmunining noana’naviyligi bilan qo’llaniladigan usul va vazifaning amaliy axamyati bilan erishiladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlarini rejali va doimiy ravishda o’quv jarayoniga kiritish kerak. Faqat mana shu shart bajarilgandagina ularda qat’iy ko’nikma va malakalar shakllanadi. Mustaqil ishlarning samaradorligi, pedagoglarning barchasi bilan fanlararo aloqani yo’lga qo’ygan holda amalgam oshirilsa, yuqori bo’ladi.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda o’quv materialini bayon qilish bilan birga, bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga doir mustaqil ishlar ni hamohang olib boorish kerak. Bu ishda mustaqil ishlar bilan haddan tashqari shug’ullantirib yuborish, dasturiy materiallarni o’rganish tezligiga ta’sir qilishi mumkin.
Har qanday turdagi mustaqil ishlarni o’quvchilar tomonidan bajarilganda rahbarlik ro’li oqituvchiga tegishli bo’lishi kerak. O’qituvchi mustaqil ishlar mavzularini tanlaydi va uni rejali ravishda o’quv jarayoniga kiritishni o’ylaydi. Har bir mustaqil ishning maqsadini, mazmunini va xajmini, uning darsdagi o’rnini, o’rganish usulini belgilaydi. U o’quvchilarni o’z-o’zini nazorat metodlariga o’rgatadi, uning sifatini nazorat qiladi hamda har bir o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga oladi.
Darslik o’quvchilar tomonidan fan asoslarini egallashlardagi asosiy vositdir. Umumiy o’rta ta’lim maktabda o’qish davrida o’quvchilar kitob bilan ishlanganda quyidagi ko’nikma va maakaga ega bo’lib chiqishlari lozim:
hodisalarning asosiy begilarini, qonunlarining mohiyatini ajrata olishlari;
rasm, chizma va grafikardan foydalana olishlari;
o’qiganarining rejalarini tuza olishlari;
o’qiganlarini o’z tillari bilan mantiqan ketma-ket va boshqa materiallar bilan to’dirilgan holda bayon qila olishlari;
mustaqil ravishda formulaning matematik kelib chiqishini tushuna olishlari
mundarija, nom va ism ko’rsatkichlaridan foydalana olishlari;
katalog bilan ishlay olishlari va bibliografiya tuza olishlari lozim.
Kitob bilan va yordamchi adabiyotlar bilan ishlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichning vazifasi o’quvchilarda kitob bilan ishlashning boshlang’ich ko’nima va malakasini hosil qilishdan iborat. Bunda o’quvchilarga sodda matnlar berilib, o’quvchilar uni o’qib, o’qituvchi odindan qo’ygan savollarga javob topadilar.
Ikkinchi bosqichda murakkabroq masala quyilib, o’quvchilar oldindan tayyorlab quyilgan, bir turdagi ko’pgina matnarga oid bo’lgan umumashtiruvchi rjaar asosida matndagi asosiy firlarni ajratadilar. Hodisa, fizik kattalik va qonunlarning umumlashgan rejalari quyidagichadir [2].

Download 297 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish