Mavzu: Fransiyada Lyudovik XIV ning ichki va tashqi siyosati Kirish


Lyudovik XIV davrida Fransiyaning tashqi siyosati



Download 0,79 Mb.
bet6/7
Sana06.06.2022
Hajmi0,79 Mb.
#640728
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xurramov Abror Fransiyada Lyudovik XIV ichki va tashqi siyosati

2.2. Lyudovik XIV davrida Fransiyaning tashqi siyosati
Fransuz armiyasini tashqi urushdan bo‘shatib olmoq uchun, u Vestfaliya Myunster shahrida Gabsburglar bilan olib borilayotgan muzokaralarni tezlashtirishga xarakat qildi. Lekin Fransiyaning og‘ir ahvolga tushib, qolganligini bilgan Ispaniya sulx, tuzishdan bosh tortib, Fransiya bilan Ispaniya o‘rtasidagi urush xarakatlari o‘ttiz yillik urush tamom bo‘lganidan keyin yana 11 yil davom etdi. Germaniya sulh tuzishga, aksincha bajonu dil rozi bo‘ldi. Fransiyaning sulx tuzishga shoshilishi Germaniya imperatorini batamom tor-mor bo‘lishdan xalos qilib qoldi. G‘alaba samaralarini ma’lum darajada qo‘ldan berib qo‘ygach, Mazarini allaqachon ishg‘ol qilgan Elzasning bir qismigina Fransiyaga qo‘shib olinishi va Fransuzlarning yuz yildan beri qo‘l ostida bo‘lib kelayotgan Mets, Tul va Verden qal’anlariga nisbatan bo‘lgan huquqlarning rasmiy jihatdan tan olinishi bilan cheklandi. 22
Vestfaliya sulxnomasi izzat hurmat bilan imzolanganidan keyin, oradan sal vaqt o‘tmay, kutilmagan holda saroy a’yonlari Parijdan Ryuelga qochdi. Mazarini parlamentga va xalqqa bergan hamma va’dalaridan qaytdi. Rokrua va Loni yonidagi g‘alabalar bilan shuxrat qozongan shaxzoda Konde boshchiligidagi qirol kushinlari 1648 yilning dekabrida Parijni qamal qila boshladi. Parijliklar o‘z "burjua gvardiya" sini keng xalq lashkarlariga aylantirib, uch oy vaqt davomida qaxramonona jang qildilar. Gien, Normandiya, Puatu va boshqa viloyatlar parijliklarga aktiv yordam berdilar. Qishloqlar "Mazarini" chilarga qarshi urush olib borish uchun qurollandilar. Qamal vaqtida Parijda burjuaziya bilan xalq o‘rtasida uncha- muncha ixtilof ro‘y berib, qambag‘allar aldovchilarga qarshi g‘alayonlar ko‘tarib, ularning mol-mulklarini mudofaa ehtiyojlari uchun musodara qilishni talab etdilar. Viloyatlardan Parij parlamentiga ommaning to‘lqinlanayotganligi haqida ma’lumotlar kelib turdi. "Xalqning kun tartibida hamma vaqt qo‘zg‘olon masalasi turibdi"-deb xabar qilgan edi bir intendant. Angliyada qirolning qatl qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bu mansabdorlarga alohida ta’sir qilgan edi. Parijda tarqalgan ba’zi varaqalarda Anna Avstriyskaya va Lyudovik XIV ga nisbatan munosabatda inglizlardan ibrat olishda chaqirishgan edi. Uylarning devorlariga yopishtirilgan plakatlar va ko‘chalarda nutq so‘zlovchi notiqlar Fransiyada respublika joriy qilishga chaqirdilar. Fronda vaqtida chiqarilgan varaqalar, broshyura va kitoblarda ko‘pincha juda ilg‘or, jasurona ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g‘oyalar bor edi. "Erkin fikr" samarasi bo‘lgan bu asarlarning fransuz jamoatchiligi fikrining rivojlanishida roli juda katta bo‘ldi. Frondaning birinchi davrining atoqli ideologlari, jumladan Mazarinaga qarshi mardonavor yozilgan asarlar va "Boshqa Olam va oyga sayohat" nomli ajoyib satirik asar avtori Serano de Berjerak hamda qirol hokimiyati xalq bilan tuzilmagan shartnomadan kelib chiqqan degan nazariyani ilgari surgan va vakolatli organ tomonidan cheklab qo‘yiladigan burjua- dvoryanlar monarxiyasi o‘rnatilishini talab etgan Klod Joli edi.
Fransiya Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda g‘oyat darajada holdan toygan edi. Bu urushning 1713 yilda tamom bo‘lishi Fransiya absolyutizmi uchun chindan ham halokatdan qutilishi bo‘ldi. Biroq darhol moliya reformalari o‘tkazish zarur edi. Kamomad, 2, 5 milliard divrga etib, sof yillik davlat daromadidan 32 baravar ortiq edi. Jamiyatdagi kayfiyat shu qadar yomon ediki, Lyudovik XIV o‘lgan vaqtda xalqning nafrat bildirishidan qo‘rqib, uni shoshib-pishib, dabdabasiz dafn qildilar. Taxt Lyudovik XIV ning evarasi - Lyudozik XV ga meros qoldi, bu vaqtda u 5 yoshda edi. Lyudovik XIV vasiyat qilgan bo‘lishiga qaramay, Parij parlamenti Lyudovik XIV ning jiyani, gersog Flip Orleanskiy regent deb e’lon qilindi, Parij parlamentining ilgarigi vaqtidagi huquqlarini tiklashga va’da oldi.


Xulosa
Lyudovik XIV davrida amalga oshirilgan tadbirlar, o‘z-o‘zidan ma’lumki, avval davlatning moliya resurslarini va qudratini juda oshirdi. Lekin pirovard-oqibatda burjuaziyaning davlatga kredit berishni yomonlashtirdi. Dvoryanlarning kaltabinlik bilan o‘tkazgan siyosatining umumiy xususiyatlari, ya’ni Lyudovik XIV absolyutizmning qanday absolitizm ekanligini ko‘rsatib beruvchi xususiyatlar ana shulardir. Lyudovik XIV hukmronlik kilgan davrining oxirgi davrida bunday siyosat dastlabki vaqtlardagiga qaraganda uncha izchillik bilan olib borilmadi, buning sababi pulga muhtojlikning tobora kuchayib borishi bo‘lib, muhtojlik siyosiy prinsiplarga qaramay, sinalgan vositalarni ishga solishga, hatto lavozimlarni sotishga majbur etdi. Lyudovik XIV tomonidan o‘z hukmronligi davrining boshidan oxirigacha olib boriladigan ichki siyosatining asosiy vazifasi dvoryanlarning markazlashgan diktatura o‘rnatishga qaratilgan dasturni amalga oshirishdan iborat bo‘ldi
XVII asrning oxiri — XVSH asrning boshlarida Fransiyani ichki va xalqaro axvoli yomonlashdi.XVIII asrda Fransiyada kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi tezlashdi.Bu jarayon bilan bog‘liq o‘zgarishlar jamoat ongida, jamiyatning ijtimoiy tarkibida bo‘lib o‘tardi. Bunday xolatda sodir
bo‘layotgan jarayonlar xukumronlik qilayotgan feodal absolyutistik tuzum bilan ziddiyatga kelar edi.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish