Mavzu: Fuqarolik, oila va mehnat huquqini o`qitishning nazariy-huquqiy asoslari Reja


Mehnat huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va sub'ektlari haqidagi bilimlarni yetkazib berish yo‘llari



Download 31 Kb.
bet3/5
Sana26.06.2022
Hajmi31 Kb.
#705771
1   2   3   4   5
Bog'liq
9fmvEAn4YYNnc7ieQOmL8z5nCeKlwsAG07YvUuZa

Mehnat huquqi tushunchasi, predmeti, tamoyillari va sub'ektlari haqidagi bilimlarni yetkazib berish yo‘llari.
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kenges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda*, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt)** bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘maklashadi.
Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.
Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bir taraflama o‘zgartirilishi mumkin emas. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmagan masalalar mehnat to‘g‘risidagi shartnoma taraflarining kelishuvi asosida, o‘zaro kelishilmagan taqdirda esa, — mehnat nizolarini ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal qilinadi.
Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Belgilangan yoshga yetgan (77-modda) hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning subyektlari bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. O`zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi 36 moddadan iborat qonuni qabul qilingan bo`lib, ushbu qonunning yangi tahriri Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda maqullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22-sentabrda imzolangan.
Barcha korxonalarda, shuningdek ta’lim muassasalarida xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish talablari Mehnat Kodeksi va “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi.
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlardan ya’na biri “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-Konvensiyadir. “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-Konvensiya (Jeneva, 1930-yil 28-iyun, XMT Bosh konferensiyasining 14-sessiyasida qabul qilingan) O‘zbekiston Respublikasi 1997-yil 30-avgustda ratifikatsiya qilingan.
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir a’zosi zo‘raki yoki majburiy mehnatni qo‘llashning barcha shakllarini imkon qadar qisqa muddatda bekor qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun "zo‘raki yoki majburiy mehnat" atamasi ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif etmagan har qanday shaxsdan har qanday jazolash tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni anglatadi.
Majburiy mehnatni tugatishga qaratilgan xalqaro hujjatlardan ya’na biri, “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-son Konvensiya (1957-yil 25-iyun, Jeneva, XMT tomonidan qabul qilingan) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 498-I-sonli «Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida»gi qarori bilan ratifikatsiya qilingan va 1997-yil 15-dekabrdan kuchga kirgan.

Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish